Umrimiz — murakkab keçmişlar silsilasi. Unda sinovlar, saboqlar, yöqotiş va yutuqlarimiz bor. Ammo inson sifatida yaşamoqning haqiqiy bahosini faqat şaxsiy muvaffaqiyatlar bilan emas, balki ortda qoladigan izlar — xuşxulq avlod, mustahkam oila, qaror topgan bardavom qadriyatlarga boğlasak, mezonni töğri qöygan bölamiz.
“Qöşa qariş saodati” loyihasi doirasida Toşkent viloyati Parkent tumanidagi 29-sonli bolalar musiqa va sanʼati maktabida ötkazilgan “Ularning hayoti biz uçun ibrat” mavzusidagi maʼnaviy-maʼrifiy uçraşuv ayni hayot haqiqatini yana bir bor yodimizga soldi. Unda iştirok etarkanmiz, oila — jamiyatning eng muhim tayançi, uning barqarorligi millat maʼnaviyati poydevorini mustahkamlaşdagi asosiy omillardan biri ekanligi amalda yaqqol namoyon böldi.
Zotan, bundan közlangan asosiy maqsad ham şu — salkam yarim asr davomida yelkama-yelka turib umr keçirayotgan, qöşa qariş baxtiga erişgan ibratli oilalarni jamoatçilikka tanitiş, şu orqali aholi, ayniqsa, yoşlarda oila institutiga nisbatan masʼuliyat va ehtirom tuyğusini yanada yuksaltiriş.
Tadbirda Toşkent viloyatining turli göşalaridan kelgan mehmonlar, jumladan, “Nuroniy” jamğarmasi hamda “Buvijonlar maktabi”ning viloyat va tuman-şahar tuzilmalari vakillari, Parkent tumani hokimligi masʼullari, mutasaddi idora va taşkilot rahbarlari iştirok etdilar. Uçraşuv avvalida hududda istiqomat qiluvçi yettita ibratli oila nomi öqib eşittirilib, davraga taklif etildi.
“Nuroniy” jamğarmasi Toşkent viloyati bölimi raisi Abdusamad Nosirov sözga çiqib, ayni kunda yurtimiz, xususan, Toşkent viloyatida amalga oşirilayotgan keng kölamli bunyodkorlik işlari aholining ijtimoiy farovonligini oşiriş, maʼnaviy muhitni soğlomlaştiriş borasida salmoqli natijalar berayotganini taʼkidladi. Şuningdek, nuroniylarning jamiyat hayotidagi örni va taʼsiriga alohida töxtalib, ajrimlarning oldini oliş, yoşlarni yot ğoyalar taʼsiridan asraş, dabdababozlik va boqimandalik kabi illatlarga qarşi kuraşişda faol iştiroki hal qiluvçi ahamiyat kasb etayotganini urğuladi. Şu bilan birga, jamoatçilik faollariga bildirilgan işonçni amaliy işlar bilan oqlaş, tarğibot va tuşuntiriş işlarini yanada kuçaytiriş zaruratini misollar asosida bayon etdi.
Şundan söng Özbekiston xalq şoiri, senator, Yozuvçilar uyuşmasi viloyat bölimi rahbari Mahmud Toir bu kabi uçraşuvlar jamiyat maʼnaviy immunitetini kuçaytirişga xizmat qilişini alohida qayd etdi. Şunday ekan, yoşlarni asraş, ularni millat kamoloti yölida sobitqadam bölişga daʼvat etiş har bir ziyolining burçi ekanini taʼkidladi. Mahmud Toir öz şeʼrlaridan öqib, davraga özgaça iliqlik va ruhiy kötarinkilik ulaşdi. Qolaversa, Özbekiston Respublikasida xizmat körsatgan yoşlar murabbiysi, Jurnalistlar uyuşmasi viloyat bölimi rahbari Rahmatilla Şeraliyev ham bugungi tezkor va axborot oqimlari kuçaygan davrda oilaviy qadriyatlarni asraş nafaqat ijtimoiy, balki strategik vazifaga aylanayotganini eslatib ötdi.
Darhaqiqat, oila mustahkam bölsa, jamiyat rivojlanadi, jamiyat rivojlansa, davlat taraqqiyoti barqaror tus oladi. Qadriyatlar asralgan muhitda maʼnaviy parokandalikka örin qolmaydi.
— Biz tadbirga tayyorgarlik köriş jarayonida ibratli oilalarni tanlab oldik, — deydi tuman “Buvijonlar maktabi” guruhi rahbari Raʼno Fayziyeva. — Eʼtibor bergan bölsangiz, ularning barçasi özaro hurmat va işonç asosida oilaviy baxt poydevorini yaratganlar. Qolaversa, sevgi mohiyati hozirgi yoşlar nazdidek, moddiy barqarorlik, haşamat va doimiy izhorlar bilan emas, balki uzoq yillar davomida mehr, matonat hamda bağrikenglik bilan barpo etiladigan neʼmat ekanligi yaqqol tuşuntirib berilgani yoşlarimizga çuqur taʼsir qildi.
Sahna töridan joy olgan nuroniylar umr yölini halol mehnat, sadoqat va oilaviy barqarorlik bilan bezagan, jamiyat uçun ibrat bölib kelayotgan qutluğ insonlardir. Xususan, Aʼzamhoji ota Rözitoyev va Mehri hoji ona Rözitoyeva tumanning “Guliston” mahallasi faxri. Aʼzamhoji ota uzoq yillar davlat boşqaruvi tizimida masʼul lavozimlarda işlab, tuman hayotida faol iştirok etgan tajribali rahbarlardan. Mehri hoji ona esa taʼlim sohasida samarali mehnat qilib, neça avlod öquvçilariga saboq bergan fidoyi ustozdir. Ular tört nafar farzandni voyaga yetkazib, barçasiga oliy taʼlim oliş imkonini yaratgan.
Bugun 14 nafar nabira, 6 nafar evara ardoğida. Mirhoji ota Mirxalilov va Arofat Mirxalilovalar “Kiçikqörğon” mahallasida obrö-eʼtibor qozongan ziyolilar oilasi. Mirhoji ota umrini taʼlimga bağişlagan tajribali pedagog. Arofat opa ham mehnat faoliyati davomida jamoat işlarida faol bölgan. Yetti nafar farzandni kamolga yetkazgan bu xonadonda barça farzandlar oliy maʼlumotli, turli sohalarda samarali mehnat qilyapti. 28 nafar nabira va 8 nafar evara qalblarini quvonçga tödirgan.
Ahmadhoji ota Koraboyev va Anora hoji ona Koraboyeva “Yangi Sanganak” mahallasida uzoq yillar mehnat qilgan fidoyi insonlardir. Ahmadhoji ota aloqa sohasida muhandis sifatida işlab, tuman infratuzilmasining rivojiga katta hissa qöşgan. Anora hoji ona esa tikuvçilik sohasida mehnat qilgan. Tört nafar farzandni tarbiyalab, ularning barçasini oliy maʼlumotli qilib voyaga yetkazişgan.
13 nafar nabira va bir nafar evarasi bor. Abdumannop hoji ota Abdullayev va Raisa Abdullayevalar “Kumuşkon” mahallasida katta hurmat qozonişgan. Abdumannop hoji ota yöl qurilişi sohasida muhandis bölib işlagan, Raisa opa esa xizmat körsatiş tizimida faoliyat yuritgan. Olti nafar farzandni tarbiyalab, ularning barçasini oliy maʼlumotli etib kamolga yetkazişgan. 16 nafar nabira va 4 nafar evarali baxtli xonadonlardan.
Ibrohim Bulalov va Şoira Bulalova “Öçoq” mahallasida faol jamoatçilik va ilmiy muhitda öz örniga ega bölgan oila. Ibrohim ota ilmiy sohada va mahalla faoliyatida samarali mehnat qilgan, Şoira ona esa işlab çiqariş sohasida fidoyilik körsatgan. Beş nafar farzandni hayotda öz yölini topgan, oliy maʼlumotli insonlar sifatida tarbiyalaşgan. 16 nafar nabiraga boş.
Toştemir Murodov va Mehri Murodovalar Çangi qişloğida mehnat va sadoqat bilan obrö topgan insonlar. Toştemir ota qişloq xöjaligi sohasida rahbarlik lavozimlarida işlab, hudud taraqqiyotiga hissa qöşgan. Mehri ona tibbiyot sohasida hamşira sifatida uzoq yillar aholi salomatligi yölida mehnat qilgan. Sakkiz nafar farzandni kamolga yetkazgan, 30 nafar nabira va 10 nafar evaraga ega bu xonadon serfarzand oilaning yorqin namunasidir.
Husniddin Töqsonov va Maysara Töqsonovalar “Mozorhoji” mahallasida maʼnaviyat va sanʼat ahli sifatida eʼtirof etilgan oila. Husniddin ota sanʼat sohasida faoliyat yuritib, hozirga qadar yoş avlodga musiqa sirlarini örgatib kelyapti. Maysara ona ham mehnat faoliyati orqali oila ravnaqiga hissa qöşgan. Tört nafar farzand, 11 nafar nabirasi bor.
Saidğani Egamberdiyev va Porixa Egamberdiyeva “Boğbon” mahallasidan.
Saidğani ota ilmiy sohada katta tajribaga ega mutaxassis, Porixa ona esa tilşunoslik yönalişida taʼlim berib kelayotgan ustoz. Beş nafar farzandni oliy maʼlumotli qilib tarbiyalaşgan. 15 nafar nabira ardoğida yaşab, yarim asrdan ziyod qöşa qariş saodatini boşdan keçirişyapti. Saidğani otaning mehnat faxriysi sifatida eʼtirof etilişi bu oilaning jamiyat oldidagi xizmatini yana bir karra tasdiqlaydi. Tadbir davomida sanʼat maktabi ustozlari ijrosida yangragan musiqalaru dilrabo qöşiqlar davraga yanada fayz kiritdi. Yakunda ibratli oilalarga hamkor taşkilotlarning Taşakkurnomasi va esdalik sovğalari topşirildi.
Ha, ular nafaqat öz farzandlari, balki butun mahalla va jamoatçilik uçun hayot maktabi bölib kelmoqda. Qöşa qarigan oilalarga boş bölgan nuroniy otaxonu onaxonlarning fikrlari, hayot sinovlaridan ötgan mulohazalarini tinglar ekanmiz, şoirning “Har yerda baxtiyordir uyida baxti borlar” degan sözlari neçoğli haqiqat ekanligini yurak-yurakdan his etdik. Çunki baxt tasodif emas. U sabr bilan parvariş qilinadi, mehr bilan mustahkamlanadi, hurmat va sadoqat bilan asraladi. Şu maʼnoda, bunday tadbirlarda iştirok etgan jamoatçilik faollari öz hududlariga borib, şunday ibratli oilalar safini kengaytirişni maqsad qilsa, yoşlar va örta avlod vakillari sabr va qanoatning oltin hosilasini anglab yetsa, jamiyatda barqaror, maʼnan mustahkam oilalar soni ortib boraveradi.
Ilhomjon ABDUSALOMOV.