Prezident Şavkat Mirziyoyev Surxondaryo viloyatini ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantiriş masalalari yuzasidan yiğiliş ötkazdi.

– Surxondaryo nafaqat tabiati gözal zamin, balki ruhi baquvvat, ğayrati baland, oriyati mustahkam insonlar yurtidir. Surxonni rivojlantiriş Yangi Özbekistonning janubiy tayanç ustunini mustahkamlaş demakdir, – dedi davlatimiz rahbari sözining avvalida.

Ötgan davrda hududda 5 milliard dollarlik 8 mingdan ortiq loyiha işga tuşdi. Xitoy, AQŞ, Rossiya, Hindiston, Avstriya, Vengriya kabi davlatlar bilan investitsiya va savdo böyiça yana 10 milliard dollarlik kelişuvlarga erişildi.

Sönggi töqqiz yilda boğça qamrovi 28 foizdan 68 foizga oşdi, 23 ta yangi maktab qurildi, yana 448 tasi taʼmirlandi. Qöşimça 102 ming öquvçi örni yaratildi. Bu davrda qurilgan 688 ta köp qavatli uyga 32 ming oila köçib ötdi. Angor, Boysun, Jarqörğon, Sariosiyo va Termiz tumanlarida “Yangi Özbekiston” massivlari taşkil qilindi.

“Töpalang ombori suvidan foydalaniş” loyihasi hisobidan Termiz şahri va 10 ta tumandagi 563 ming aholining içimlik suv taʼminoti yaxşilandi.

Yiğilişda viloyat hokimi hamda tuman hokimlari oldida joriy yil investitsiyalarni 3 milliard dollarga, eksportni 1 milliard dollarga yetkaziş vazifasi turgani qayd etildi. Hududda kambağallikni 2,8 foizgaça, işsizlikni 4,5 foizgaça tuşiriş, Termiz şahri, Angor, Denov, Jarqörğon, Qiziriq va Muzrabotni kambağallik va işsizlikdan xoli hududga aylantiriş muhim ekani taʼkidlandi.

Surxondaryo iqtisodiyotida sanoatning uluşi sönggi 9 yilda 5 karra ösib, 10 foizga yetdi. Lekin bu hali ham kamligi körsatib ötildi.

Sanoat hajmini oşirişda viloyatdagi konlarni özlaştirişni jadallaştiriş zarurligi qayd etildi.

Joriy yilda Boysundagi “Sanjar”, Oltinsoydagi “Oqsuv”, kelasi yil “Fangart” konlarida kömir qazib olişni boşlaş topşirildi. Janubiy Afrikaning “Sosol” kompaniyasi kömirdan polipropilen, polietilen va kauçuk işlab çiqarişga qiziqiş bildirgan. Sariosiyodagi “Qorakon”, “Jemsonit”, “Çuqur”, “Bayram-1” konlariga ham xitoylik investorlar 1 milliard dollar kiritişga tayyor. Boysundagi “Bezaktop” konida tabiiy toş zaxiralari örganilmay turibdi. Uşbu konlarda zarur işlarni boşlaş vazifasi qöyildi.

Yiğilişda Termiz xalqaro savdo markazi natijalari alohida qayd etildi. Ötgan yili markazga 800 mingdan ortiq Afğoniston fuqarolari taşrif buyurib, eksport 320 million dollar bölgan.

Markaz hududini 1 ming gektarga yetkaziş belgilandi. Yangi loyihalar natijasida tadbirkorlar va xaridorlar karrasiga oşişi taʼkidlanib, qonun ustuvorligini taʼminlaş maqsadida markazda maxsus prokuratura va içki işlar bölimi faoliyati yölga qöyiladi.

Şuningdek, endi markaz hududidagi tovar savdosi va xizmatlar eksport sifatida baholanişi, ularga nisbatan qöşilgan qiymat soliği “nol” stavkada qöllanişi qayd etildi.

Davlatimiz rahbari qişloq xöjaligi imkoniyatlariga töxtalar ekan, viloyatdagi 35 ming gektar tomorqada 3-4 marta hosil olinayotgani, bunday körsatkiç boşqa birorta viloyatda yöqligini taʼkidladi.

Termiz tumanidagi “Tomorqa maktabi”ning ijobiy tajribasini butun Surxondaryoda yölga qöyiş zarurligi körsatib ötildi. Şu munosabat bilan Angor, Uzun, Denovda ham “Tomorqa maktablari”ni taşkil etiş, har bir viloyatda 2 tadan “Innovatsion tomorqa maktablari”ni işga tuşiriş topşirildi.

Surxondaryo şaroitida issiqxonadan mahsulot oliş boşqa joylarga nisbatan 2-3 barobar arzon tuşişi taʼkidlandi. Bu yil Ispaniyaning Almeriya hududi tajribasi asosida 1 ming gektarda quyoşda isitiladigan issiqxonalar taşkil etilişi, bunday issiqxona quradigan tadbirkorlarga yer 5 yilga bepul ijaraga berilişi, yer osti suvi uçun tölovdan 3 yilga ozod qilinişi qayd etildi.

Viloyatda foydalanilmay turgan yana bir katta imkoniyat yaylovlar ekani taʼkidlandi. Jumladan, Boysunda 197 ming gektar yaylov borligi, agar Darband daryosidagi nasoslar tiklanib, suv çiqarilsa, 10 ming gektar yaylovni foydalanişga kiritiş imkoni mavjudligi aytildi.

Zaxiradagi yaylov yerlarini özlaştiriş uçun boşlanğiç narx normativ qiymatning 1 foizi miqdorida belgilanib, auksionga çiqarilişi taʼkidlandi. Auksiondan yer olgan tadbirkorlarga 10 yilga, 4 yillik imtiyozli davr bilan 14 foizli kredit ajratilişi, har ön gektarga suv olib keliş uçun 120 million sömgaça subsidiya beriladi.

Viloyatda parrandaçilik, çorvaçilik, asalariçilik loyihalarini amalga oşiriş çora-tadbirlari ham belgilab olindi.

Yöl va transport infratuzilmasi viloyatdagi eng oğriqli masalalardan biri ekani qayd etildi. Hozirda Boysun va Denovni boğlovçi yölning 111 kilometri sement-beton qoplamaga ötkaziş loyihasi amalga oşirilmoqda. Bu yöl işga tuşsa, yuk hajmi 2 karra oşişi, taşiş vaqti 3 soatdan 1,5 soatga qisqarişi aytildi.

Joriy yilda yurtimizni Afğoniston va Tojikiston bilan boğlaydigan 178 kilometrlik magistralni kapital taʼmirlaş, “Toşğuzor – Boysun – Qumqörğon” uçastkasini tezyurar poyezdga moslaş, “Qumqörğon – Quduqli” temir yölining elektrlaştiriş işlari boşlanadi. Termiz – Istanbul, Termiz – Dubay yönalişlarida yangi reyslar taşkil etiladi.

Yangi avtobuslar olib kelinib, Şörçi, Denov, Sariosiyo, Şerobod va Boysundan Termizga olib boruvçi yöllarda qatnovga qöyiladi.

Yil oxirigaça Muzrabotdagi 56 ming aholiga ilk bor markazlaşgan içimlik suvi yetkazib beriş loyihasi yakuniga yetkazilişi, Muzrabot, Oltinsoy, Angor, Qiziriq va Boysun markazlariga kanalizatsiya olib boriş loyihalari boşlanişi maʼlum qilindi.

“Mustaqillikning 25 yilligi” yirik gazni qayta işlaş majmuasidagi texnologik murakkab masalaga hamkorlar bilan ilmiy yeçim topilgani qayd etildi.

– Biz avariyani ham töxtatamiz, Surxondaryo iqtisodiyotiga katta turtki beradigan loyihani ham boşlaymiz, – dedi Prezidentimiz.

Davlatimiz rahbari turizm salohiyatiga töxtalib, viloyatda Al-Hakim at-Termiziy, Sulton Saodat, Kokildor ota, Qirq qiz kabi 150 dan ziyod madaniy meros obʼyektlari borligi, Hisor, Boysuntoğ, Köhitang, Bobotoğda alpinizm, trekking, ekoturizm uçun katta imkoniyatlar mavjudligini aytdi. Buni töliq işga solib, yiliga 1 milliard dollarlik tuşum qiliş mumkinligi taʼkidlandi.

Eski Termiz yodgorligi töliq örganilmagani qayd etildi. Buddizm madaniyatiga oid Fayoztepa, Qoratepa, Dalvarzin, Zurmala kabi yodgorliklarning turizm salohiyatidan foydalanib, Yaponiya, Koreya, Xitoy, Tailanddan yiliga 500 ming sayyohni jalb qiliş imkoniyati borligi körsatib ötildi.

Surxondaryoda 8 mingdan ortiq yoşlar kuraş bilan doimiy şuğullanmoqda. Joriy yilda Denovdagi “Zamondoş” oromgohi negizida kuraşçilar uçun zamonaviy öquv-maşğulot bazasini qurib beriş topşirildi. Boysundagi maktab-internatda yangi öquv yilidan sport bilan birga maktab darslarini ham yölga qöyiş kerakligi qayd etildi.

Yiğilişda viloyat faollari, yoşlar va nuroniylar bilan muloqot qilindi, hokimlar va mutasaddilarning hisobotlari tinglandi. Davlatimiz rahbari belgilangan vazifalar ijrosini qatʼiy nazoratga oliş, har bir yönalişda aniq natijaga erişiş böyiça tegişli topşiriqlar berdi.

uza.uz

By Behzod

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan