Joriy yilning 16 aprel kuni Özbekiston Respublikasi Prezidentining “9 may – Xotira va qadrlaş kuniga tayyorgarlik köriş va uni ötkaziş çora-tadbirlari töğrisida”gi qarori qabul qilindi.
Qaror bilan 9 may – Xotira va qadrlaş kuniga bağişlangan tadbirlarga tayyorgarlik köriş va ularni ötkaziş dasturi tasdiqlandi.
Qarorga köra, Dasturda nazarda tutilgan tadbirlar “Burç, jasorat, matonat!” şiori ostida ötkaziladi hamda madaniy-maʼrifiy tadbirlar, “uç avlod uçraşuvlari”, tasviriy sanʼat körgazmalari, ijodiy keçalar, tanlovlar va ommaviy sport musobaqalari taşkil etiladi.
Ikkinçi jahon uruşi qatnaşçilari va frontorti mehnat faxriylari, şuningdek, mustaqillik yillarida xizmat burçini bajariş çoğida halok bölgan harbiy xizmatçilar va huquqni muhofaza qiluvçi organlar xodimlarining oila aʼzolariga moddiy va maʼnaviy yordam körsatiladi.
Ikkinçi jahon uruşi va mehnat fronti faxriylarining öz xohişlariga köra respublika hududidagi sanatoriylarga 1 nafar kuzatuvçisi bilan birga bepul yuborilişi taʼminlanadi.
Toşkent şahrida 2026 yil 9 may kuni soat 21.00 da Xotira va qadrlaş kuniga bağişlangan bayram muşakbozligi taşkil qilinadi.
Manbaa: @huquqiyaxborot.