Keyingi yillarda mamlakatimizda inson qadri, huquq va manfaatlarini taʼminlaş, jamiyatimizda tinçlik, döstlik va hamjihatlik muhitini mustahkamlaş, aholi, ayniqsa, ehtiyojmand toifalarni ijtimoiy himoya qiliş borasida amalga oşirilayotgan keng kölamli islohotlarimiz tufayli muqaddas islom dinining insonparvarlik mohiyati, özaro ahillik, saxovat va şukronalik ğoyalarini özida mujassam etgan muborak Ramazon oyi xalqimiz qalbiga yanada yaqin va möʼtabar ayyomga aylanmoqda.
Ijtimoiy-maʼnaviy hayotimizdagi örni va ahamiyati tobora ortib borayotgan Ramazon oyini munosib kutib oliş va yuqori saviyada ötkaziş, diniy-maʼrifiy, madaniy qadriyatlarimizni asrab-avaylaş va uluğlaş maqsadida:
- 2026 yilda muborak Ramazon oyining boşlanişi 19 fevral kuniga töğri kelişi haqidagi Özbekiston musulmonlari idorasining axboroti maʼlumot uçun qabul qilinsin.
- Qoraqalpoğiston Respublikasi Vazirlar Kengaşi, viloyatlar va Toşkent şahar hokimliklari Din işlari böyiça qömita, Özbekiston mahallalari uyuşmasi, Ijtimoiy himoya milliy agentligi, Özbekiston faxriylarining ijtimoiy faoliyatini qöllab-quvvatlaş “Nuroniy” jamğarmasi va boşqa hamkor taşkilotlar bilan birgalikda mamlakatimizda Ramazon oyini milliy anʼana va qadriyatlarga mos tarzda ötkazişga doir çora-tadbirlarni amalga oşirsin.
“Ramazon — mehr-muruvvat, ahillik va şukronalik oyi” degan ezgu ğoya asosida:
(a) kam taʼminlangan, ehtiyojmand, ijtimoiy himoyaga muhtoj insonlarni har tomonlama qöllab-quvvatlaş;
(b) mahallalarni özaro hurmat, hamjihatlik, adolat va tarbiya maskaniga aylantiriş;
(v) yer, suv, havo va tabiiy muhitni asraş, muqaddas qadamjolar, ziyoratgoh va qabristonlarni obod etiş;
(g) Ramazon oyi bilan boğliq tadbirlarni isrofgarçilikka yöl qöymasdan, ixçam, mazmunli va tejamkorlik asosida ötkazişga alohida eʼtibor berilsin.
- Özbekiston Milliy teleradiokompaniyasi, Özbekiston Milliy axborot agentligi va boşqa ommaviy axborot vositalariga Ramazon oyini ötkaziş bilan boğliq tadbirlarni keng yoritiş tavsiya etilsin.
- Mazkur qarorning ijrosini nazorat qiliş Özbekiston Respublikasining Boş vaziri A.N. Aripov va Özbekiston Respublikasi Prezidentining maslahatçisi R.Q. Davletov zimmasiga yuklansin.
Özbekiston Respublikasi
Prezidenti Ş. Mirziyoyev
Toşkent şahri,
2026 yil 16 fevral