Davlatimiz rahbari Şavkat Mirziyoyevning “Muborak Qurbon hayitini nişonlaş töğrisida”gi Qarori qabul qilindi.

Unga köra, Özbekiston musulmonlari idorasining axboroti inobatga olinib, yurtimizda Qurbon hayitining birinçi kuni 2026 yil 27 may – çorşanba kuni etib belgilandi va uşbu sana mamlakatimizda bayram sifatida keng nişonlanadi.

Jamiyatimizda insonparvarlik, saxovat va hamjihatlik kabi ezgu qadriyatlarni mustahkamlaşda uşbu muborak ayyom alohida ahamiyat kasb etişi taʼkidlangan.

Hujjatga muvofiq, Mehnat kodeksi va Prezidentning tegişli Farmoniga asosan özbekistonliklar uşbu bayramda ketma-ket 5 kun dam olişadi.

Bunda 27 may (çorşanba) – bayram kuni, 28 may (payşanba) va 29 may (juma) – barça xodimlar uçun qöşimça dam oliş kuni, 30 may (şanba) – olti kunlik iş haftasidagilar uçun qöşimça dam oliş kuni (beş kunliklar uçun odatiy dam oliş kuni) hamda 31 may – yakşanba kuniga töğri keladi.

Sanalarning bunday tartibda belgilanişi yurtdoşlarimizning bayramni oila davrasida mazmunli ötkazişlariga xizmat qiladi.

Qaror bilan Qurbon hayitini milliy anʼanalarga uyğun va yuqori kayfiyatda ötkaziş böyiça tegişli taşkilotlarga aniq topşiriqlar berildi.

Xususan, mahalliy hokimliklar va hamkor idoralar tomonidan ijtimoiy kömakka muhtoj insonlarni qöllab-quvvatlaş çoralari köriladi.

Şuningdek, Turizm qömitasi va Transport vazirligi bayram kunlarida aholining möʼtabar ziyoratgohlar hamda tarixiy qadamjolarga qulay va xavfsiz sayohatlarini taşkil etiş maqsadida barça zarur şaroitlarni yaratadi.

Dilyara Sirojiddinova

By Behzod

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan