Özbekiston Respublikasi Prezidentining Farmoni
Davlat idoralari va jamoat taşkilotlaridagi köp yillik samarali mehnati, özining fidoyiligi, faol va taşabbuskorligi bilan yurtimizda keng kölamli islohotlarni muvaffaqiyatli amalga oşiriş, aholi farovonligini yuksaltiriş işlariga munosib hissa qöşib kelayotgani, keksalar va faxriylarni qöllab-quvvatlaş, ularning manfaatlarini röyobga çiqariş, jamiyatda özaro hamjihatlik, mehr-oqibat muhitini yanada mustahkamlaş, yoş avlodni Vatanga muhabbat va sadoqat, milliy va umuminsoniy qadriyatlarga hurmat ruhida tarbiyalaş yölidagi ibratli faoliyati, ijtimoiy hayotdagi faol iştiroki hamda tavalludining 75 yilligi munosabati bilan «Nuroniy» jamğarmasining Namangan viloyati bölimi raisi, senator Najmiddinov Ikromxonga «Özbekiston Respublikasida xizmat körsatgan yoşlar murabbiysi» faxriy unvoni berilsin.
Özbekiston Respublikasi Prezidenti
Ş.Mirziyoyev