Ulğaygan sözlar

Söz bamisoli tirik jondek hayot keçirar ekan. Unda ham tuğiliş, kamol topiş, qarib zavolga yuz tutiş bor ekan.

OLYMPUS DIGITAL CAMERA

Umr davomida inson neça qayta özgaradi. Bolalikda bir, yigitlikda özga, uluğ yoşga yetganda yana boşqa qiyofa kasb etadi. Dunyo kezib baʼzan öz yurtiga boşqa odam bölib qaytadi. Sözning ham öz qismati, tarjimai holi bölarkan. Goh uzoq-yaqin ellarda makon tutib, tamoman boşqa maʼno olib yurtga qaytar ekan.

Tilimizda istak, xohişni anglatuvçi iroda sözi bor. Bir piyola suv içişni iroda qildim, desak, aslida xato bölmaydi. Lekin biz şunday demaymiz. Çunki bu söz istak maʼnosidan ösib qalb qudratini, inson tabiatidagi mustahkamlik, qatʼiyatni anglatuvçi atamaga aylanibdi. Irodali inson endi xohiş egasi emas, balki öz xohişini boşqara olgan, kerak bölsa, köngilning hoyu-havaslariga qarşi tura oladigan insondir. Söz asl maʼnosidan uzoqlaşmagan holda ulğayib, böyiga böy, körkiga körk qöşilibdi.

Lekin şunday sözlar borki, vaqt ularni tanib bölmas darajada özgartirib yuborgan, asl maʼnodan deyarli nişon qolmagan.

 

Yod etmas emiş kişini ğurbatda kişi,

Şod etmas emiş köngulni mehnatda kişi.

 

Bu — Mirzo Boburning faryodi. Mehnat söziga eʼtibor bering. Aslida azob-uqubatni bildirgan bu sözga zamon tamoman ters mazmun bağişladi, baxt-saodat omiliga, şon-şaraf işiga aylantirdi, qonun bilan huquqiy maqom berdi.

 

Qaro közum, kelu mardumliğ emdi fan qilğil,

Közum qarosida mardum kibi vatan qilğil.

 

Hazrat Navoiyning maşhuri olam bölgan bu şohbaytidagi har uç özak söz — mardum, fan, vatan bizning zamonga kelib ulğaygan, kamol topgan, asl maʼno qobiğlarini yorib çiqib, yangi miqyosga kötarilgan atamalardir.

Mardum — inson. Fan qilmoq — ayon qilmoq, namoyon etmoq, bildirmoq. Mardumning yana bir mazmuni közning gavhari. Baytning maʼnosi — bilsangiz ham yana qaytaray — ey, qora közligim, kel, bir insoniylik körsatginu közim qorasida gavhar bölib joylaşgin. Qora köz va köz qorasi, mardumning ikki maʼnosi, şakl va mazmunning gözal va olijanobligi baytni şeʼriyatning arşiga kötarib qöygan.

Mardum sözining köz gavhari maʼnosi bugun unut böldi. Uning inson maʼnosi esa xalq tuşunçasiga aylandi. Söz keng miqyosga çiqdi, jöngina qilib aytadigan bölsak, özidan köpaydi.

“Fan” sözining bugungi kamoloti hayratlidir. Uning hunar, sanʼat maʼnolari ham, fan qilmoq şakli ham endi yöq. Fan bugun bilimlar majmuiga, ilmiy tafakkurning umumlaşma nomiga aylandi.

Baytning yana bir özak sözi — vatan. Bu yerda u joy, maskanni anglatadi.

Hozirda ham uy qurgan, joy sotib olgan odamni biz vatanli böldi, deymiz. Lekin mening vatanim falon köça, falon xonadon, deb aytmaymiz. Hovlisini sotgan odam, men vatanimni sotdim, demaydi. Şunday deb körsin-çi?!

Bugungi inson ongida Vatan muqaddas tuşunçaga aylandi. Millat uçun u — mamlakat, insoniyat uçun Kurrai Zamin qadar yuksaldi.

Moskva, Tokio şaharlarida buyuk bobomiz haykallari oçilarkan, öşa möʼtabar izdihomda turib hazratning bu ölmas baytlarini xayolda takrorlagan edim. Qarangki, ustoz Navoiy özlari özbek xalqi uçun vatan timsoliga aylanibdilar!

Erkin Vohidov,

Özbekiston Qahramoni,   

Özbekiston xalq şoiri.

By Behzod

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan