Yoş ulğaygani sayin aksar kasalliklar yuzaga çiqib, kişini bezovta qila boşlaydi. Yurak ham öta taʼsirçan bölib qoladi. Biroq sönggi yillardagi tahlillar, yurak kasalliklarining “yoşarib borayotganini” körsatmoqda.

Yoş ötgan sayin qon tomirlar torayib, yurak muşagi kuçsizlanadi, moddalar almaşinuvi sekinlaşadi, surunkali kasalliklar (qandli diabet, gipertoniya) köpayadi. Şu sababli yurak kasalliklari keksalar orasida köproq uçraydi. Ayniqsa, arterial gipertoniya (yuqori qon bosimi) eng köp uçraydigan kasallik hisoblanadi. Ularda boş oğriği, quloqdagi şovqin, boş aylanişi, köngil aynişi, tez çarçaş kabi belgilar kuzatiladi. Agar öz vaqtida şifokor maslahati olinmasa,  insult, yurak infarkti, buyrak yetişmovçiligiga olib kelişi mumkin.

Işemik yurak kasalligi (stenokardiya)da yurak tomirlari torayib, kislorod yetişmaydi. Bunda kökrak qafasida siqiliş yoki bosiliş, çap qöl, yelka, böyin yoki jağga oğriq tarqalişi, yuriş paytida tez çarçaş, hansiraş kabi holatlar kuzatilişi, kuçli xuruj yurak infarktiga olib kelişi mumkin.

Yurak yetişmovçiligida esa yurak qon haydaş vazifasini töliq bajara olmaydi. Tinç holatda ham hansiraş, oyoqlardagi şiş, keçasi nafas yetişmasligi, tez çarçaş, vaznning tez oşişi (suyuqlik yiğilişi) kabi belgilar kuzatiladi.

Yurakning notekis urişi, tösatdan “töxtab qolgandek” bölişi, boş aylanişi, huşdan ketiş holatlari aritmiya — yurak urişining buzilişiga olib kelişi mumkin. Ayrim aritmiyalar insult xavfini oşiradi.

Yoş ötişi bilan yurak klapanlarining qalinlaşişi, töliq oçilib-yopilmasligi hisobiga yurak klapanlari kasalliklari yuzaga keladi. Tamaki çekiş, kam harakatlaniş, yoğli va şör ovqatlarni isteʼmol qiliş, ortiqça vazn, qandli diabet, stress uni qözğatişi mumkin.

Ammo har qanday kasallik erta aniqlanib, barvaqt oldi olinsa, tegişli profilaktika çoralari körilsa, dard oğirlaşmaydi. Yurak kasalliklarida ham nazorat muhim rol öynaydi. Agar qon bosimini muntazam ölçab turiş, tuz isteʼmolini kamaytiriş, kuniga kamida 30 daqiqa piyoda yuriş, yoğli ovqatlarni çeklaş, şifokor buyurgan dorilarni uzluksiz qabul qiliş, yiliga kamida 1 marta EKG va tekşiruvdan ötişga odat qilinsa, kasallikning avj oliş ehtimoli pasayadi. Yana şuni yodda tutiş kerakki, kökrakda kuçli oğriq, tösatdan hansiraş, huşdan ketiş, oyoq yoki yuzning keskin şişişi kabi noxuş holatlar kuzatilganda darhol şifokorga murojaat qilgan maʼqul.

Azizbek Toşqöziyev,

oliy toifali şifokor, kardiolog-terapevt.

By Behzod

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan