Farg'ona tumani hokimi Nodirjon Mashrapov “Mahallada obodlik va mehr-saxovat oyligi” doirasida “Novkent”dagi 98 yoshli frontorti mehnat faxriysi Qurvonbi ona Yakubova holidan xabar oldi.

Samimiy ruhda kechgan suhbat davomida nuroniyning salomatligi, yashash sharoitlari va kundalik ehtiyojlari o'rganildi. Fayzli xonadonda keksa avlod vakillariga ko'rsatilayotgan hurmat va g'amxo'rlik Yangi O'zbekiston siyosatining eng ustuvor va insonparvar yo'nalishlaridan biri ekani alohida e'tirof etildi.

Nodirjon Mashrapov, Farg'ona tumani hokimi:

— Qurvonbi ona kabi matonatli nuroniylarimiz bizning ma'naviy suyanchimizdir. Ularning bosib o'tgan mashaqqatli hayot yo'li yoshlar uchun haqiqiy ibrat maktabi sanaladi. Nuroniylarning duosini olish, ularga munosib sharoit yaratish — biz uchun eng muhim vazifadir.

Hokim Qurvonbi ona Yakubovaga mustahkam sog'liq va uzoq umr tilab, esdalik sovg'alarini topshirdi.

O'z navbatida, 98 yoshli onaxon ko'rsatilgan yuksak e'tibor va g'amxo'rlikdan mamnun bo'lib, yurtimiz tinchligi, elimiz farovonligi hamda xayrli ishlarga bosh-qosh bo'layotgan yurtdoshlarimiz haqiga duo qildi.

Maysara Nazarova.

By Behzod

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan