O'zgidromet prognoziga ko'ra, avgust oyida o'rtacha oylik harorat ko'p yillik o'rtacha qiymatlarga yaqin bo'ladi. Aniqrog'i, respublika hududining katta qismida o'rtacha maksimal harorat +35…+37 darajani, janubda va cho'l hududlarda +38…+40 darajani tashkil etishi ko'rsatilmoqda.

Global isish ortidan yozning oxirgi oyida o'rtacha oylik harorat ko'tarilish tendensiyasiga ega. Iyuldan farqli ravishda, avgust oyida 40 daraja va undan yuqori bo'ladigan kunlar soni kamayadi.

Shuningdek, avgust eng qurg'oqchil oy bo'lib, yomg'ir juda kam yog'adi. Prognozlarga ko'ra, oyning oxiriga kelib, O'zbekiston hududiga salqin havo kirishi va harorat asta-sekin 25-30 darajagacha pasayishi ehtimoli bor.

Avgust oyining birinchi yarmida harorat, asosan, kechalari 24-27 daraja, ikkinchi yarmida 17-22 daraja, oyning oxiriga 12-15 darajagacha pasayadi.

Manbaa: hydromet.uz

By Behzod

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan