Olam  — biz uchun sir-sinoat va mo''jizalarga to'la had-hududsiz bir makondir. Inson — mavjudotlar oliysi, u ongu tafakkuri bilan boshqa jonzodlardan ajralib turadi. Shunday bo'lsa-da, odamzod, o'rni kelganda, mitti jonzotlardan ham ibrat oladi. Hayot ma'nosini uqadi. Xulosalar chiqaradi.  

Ana shunday mehnatkash, insoniyatga foyda keltiruvchi jonzodlardan biri asalaridir. Uning ayrim ibratli xususiyatlari barchamizni hayratda qoldiradi, albatta.

  1. Asalari faqat toza va pokiza gullardan ozuqa oladi. Ya'ni u halol va pok manbani tanlaydi.
  2. Asalari avval gulni changlatadi, keyin undan ozuqa oladi. Ya'ni “olishdan oldin berish kerak” qonuniga amal qiladi.
  3. Asalari gulga butun vaznini tashlamaydi. U qanot qoqqan holda ozuqa oladi. Ya'ni boshqalarga yuk bo'lmaydi, o'zi harakat qiladi.
  4. Asalari sherigi ozuqa olayotgan gulga tegmaydi. Ya'ni birovning rizqi va mehnatiga aralashmaydi.
  5. Asalari maxsus raqs orqali yangi ozuqa manbasini boshqalarga xabar qiladi. U baxillik qilmaydi, foydali ma'lumotni boshqalar bilan bo'lishadi.
  6. Bir qoshiq asal tayyor bo'lishi uchun yuzlab asalarilar tinmay mehnat qiladi. Ammo shuncha mehnat qilsa-da, minnat qilmaydi.
  7. Asalari ozuqa izlab kun bo'yi katta masofalarni bosib o'tadi. U bahona qilmaydi, rizqi uchun harakat qiladi.
  8. Asalari o'z uyasini himoya qilish uchun jonini ham fido qilishga tayyor. Ya'ni u o'z jamoasi va makoniga sodiq.
  9. Bir uyada o'n minglab asalarilar birga yashaydi. Ular jamoa bo'lib ishlaydi, bir-birini qo'llab-quvvatlaydi.

By Behzod

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan