Yurtimizga o'zgacha shukuh olib kelgan ko'klamning dastlabki haftasida qanday ob-havo kuzatiladi?
“O'zgidromet”ning hafta kunlari uchun tuzgan prognozlariga ko'ra, hafta davomida shimoliy hududlarda deyarli yog'ingarchilik bo'lmasligi, respublikamizning boshqa hududlarida hafta boshidan oxirigacha yog'ingarchiliklar davriy tus olishi, pasttekisliklarda tanaffuslar bilan yomg'ir, tog'larda esa yomg'ir va qor yog'ishi mumkin.
Hafta ob-havosi bahor boshlariga xos bo'lib, ayrim tog'li hududlarni hisobga olmasa, sovuq havo harorati o'simliklarga jiddiy zarar yetkazmaydi.
Sinoptiklar hafta davomida kechalari va tong paytlari nol darajadan biroz yuqori, ya'ni +1…+6 daraja, kunduzlari +10…+15 daraja iliq bo'lishi, janubiy hududlarda +18 darajagacha ko'tarilishini ma'lum qilgan. Shimol va tog'li hududlarda esa kechalari -3 darajagacha sovuq, kunduzlari +10 darajadan past harorat bo'lishi mumkin. Chorshanba kuni ayrim hududlarda kuchli shamollar yuzaga kelishi ehtimoli bor.
Hafta davomida vaqti-vaqti bilan yog'ishi kutilayotgan yomg'irli havo tufayli biroz sovuq kuzatiladi.
Ushbu haftada atmosfera bosimi me'yorida bo'lgani sababli qon bosimi mavjud bemorlarga ob-havo salbiy ta'sir qilmaydi.
Internet materiallari asosida
Asolat Ahmadqulova tayyorladi.