yoxud uzrga to'la 200 paket

Seuldan Kaliforniyaga 4 oylik chaqalog'i bilan uchayotgan koreyalik ayol yo'lovchilarga xalaqit qilmaslik uchun noodatiy yo'l tutdi. U har bir yo'lovchiga shovqinga qarshi quloq tiqinlari, shirinliklar solingan 200 ta paketni tarqatib chiqdi. Paket ichida jajji maktub bo'lib, unda quyidagi so'zlar yozilgan edi:

“Salom. Mening ismim Jun Vi. Endigina 4 oylikman, bugun onam va buvim bilan AQShga xolamni ko'rgani ketyapman. Bu mening birinchi parvozim bo'lgani uchun biroz asabiylashib, yig'lashim mumkin.

Xotirjam bo'lishga harakat qilaman, lekin shovqin solmayman deb va'da berolmayman. Agar yig'lab yuborsam, meni kechiring. Onam siz uchun bu paketchada shirinliklar va quloq tiqini solib qo'ygan. Juda shovqin qilsam, ulardan foydalaning. Sayohatingiz xayrli kechsin. Rahmat!”

Biroq ona behuda tashvish qilgan ekan. Jajji Jun Vi o'zini namunali yo'lovchi kabi tutib, parvozining butun 10 soatini uxlab o'tkazdi.

By Behzod

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan