Navoiy viloyatining Navbahor tumanidagi Yoshlar markazida “Nuroniylar va yoshlar” uchrashuvi tashkil etildi.

Mazkur uchrashuv yoshlar qalbida Vatanga muhabbat, sadoqat, fidoyilik va mas'uliyat tuyg'ularini mustahkamlash, bugungi tinch va osoyishta hayotimizga shukrona keltirish, faxriylarning boy hayotiy tajribasi hamda ibratli saboqlarini yosh avlodga yetkazishga qaratildi.

Tadbirda Navoiy viloyati jamg'armasi raisi Sh.Nabiyev, Yoshlar ishlari boshqarmasi boshlig'i L.Qayumov, tumanning faol nuroniylari va yoshlar ishtirok etdilar.

Uchrashuvda ta'lim, tibbiyot, qurilish, sport, harbiy sohalarda faoliyat yuritgan nuroniylar o'z hayot yo'li, xizmat faoliyati, mashaqqatli, ammo sharafli mehnatlari haqida so'zlab berdilar.

Samimiy muloqot jarayonida yoshlar o'zlarini qiziqtirgan savollarga atroflicha javoblar oldilar, hayotiy xulosalar chiqardilar.

Endilikda “Birgalikda kitob o'qiymiz”shiori ostida Navbahor tumanida nuroniylar va yoshlar har oyda bittadan badiiy adabiyotni birgalikda o'qishga kelishib oldilar. Ushbu tashabbus doirasida kitobxonlik marafoni rasman boshlandi. Marafonning ilk asari sifatida o'zbek adabiyotining durdonasi — Abdulla Qodiriyning “O'tgan kunlar” romani tanlandi. Mazkur asar orqali yoshlar va nuroniylar o'rtasida ma'naviy muloqot, kitobga muhabbat va milliy qadriyatlarni yanada mustahkamlash ko'zda tutilgan.

Akmal Ahadov.

By Behzod

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan