– Dorilarni sovuq suv bilan ichmang.
– Soat 17:00 dan keyin og'ir ovqat yemang.
– Ertalab ko'proq, kechqurun esa kamroq suv iching.
– Uyqu uchun eng yaxshi vaqt 22:00 dan 04:00 gacha.
– Ovqatdan keyin darhol yotmang.
– Nonushtani o'tkazib yubormang — u kun bo'yi energiya beradi.
– Ovqatdan keyin darhol choy yoki qahva ichmang.
– Kuniga kamida 30 daqiqa quyosh nuridan bahra oling.
– Qorong'ida telefonni uzoq vaqt ishlatmang.
– Kun bo'yi bir joyda o'tirmang, har 1 soatda 5 daqiqa xona bo'ylab yurishga harakat qiling.
– Quloqchinlarni baland ovozda eshitmang — eshitish qobiliyatini asrang.
– Ovqatni ko'p suv bilan ichib yubormang.
– Uxlash vaqtida telefonni boshingizdan uzoqroqda qoldiring.
– Mevalarni ovqatdan keyin darhol iste'mol qilmang.
– Ovqatni sekin chaynang, bu — hazmni yaxshilaydi.
– Ovqatni pishirishda ishlatilgan yog'ni qayta qizdirmang — u zararli bo'ladi.
– Har kuni yetarli miqdorda suv iching, ayniqsa, issiq paytda.
Azizbek Toshqo'ziyev,
oliy toifali shifokor,
kardiolog, nutritsiolog.