Poytaxtimizning Yakkasaroy tumanida yaşovçi Bozorovlar oilasi Yangi Özbekistonning namunali oilalaridan biridir. Qaynona-qaynota duosini olgan, bir-birini hurmat qiladigan, farzand tarbiyasiga jiddiy eʼtibor qaratadigan, jamiyatga naf yetkazadigan, öz ijtimoiy mavqeyi va kasb-koriga ega bölgan bu juftlikni, tom maʼnoda, mustahkam oila asosçilaridan deyiş mumkin.

1990 yillarda Samarqanddan poytaxtga köçib kelgan yoş oila markaziy şaharda hovli-joy qildi. Bugunga kelib, öşa fayzli xonadonda farzand va nevaralar ösib-ulğaymoqda, ilm olib, kasb egallab, kamolga yetmoqda. Hovliga kirişingiz bilan işkomda osilib yotgan uzumlarni körişingiz mumkin. Xonadonning fayzu tarovati, undagi xotirjamlik, tinçlik-totuvlik oila aʼzolari töğrisida unça-munça fikr hosil qiladi kişida.

Jamşid aka va Nigoraxon opalar Toşkent şahri Yakkasaroy tumani “Töqimaçi” mahallasida istiqomat qiladi. Bozorovlar xonadoni joriy yilda ötkazilgan “Ibratli oila” körik-tanlovida ğoliblikni qölga kiritdi. Ularning oilaviy hayotida xursandçilik bilan birga, sinovli kunlar ham böldi. “Hayot bir tekis keçavermaydi, uning öziga xos pastu balandi bor. Turmuşni xuddi zinapoyaga öxşataman. Qadam-baqadam odimlaşga töğri keladi”, — deydi juftlik baxtli oilaning işonç hamda özaro qöllab-quvvatlovga asoslanişini taʼkidlab.

Jamşid aka tadbirkorlik bilan şuğullanadi, ayoli Nigoraxon opa esa Yakkasaroy tumanidagi 59-oilaviy poliklinikada boş şifokor bölib işlaydi. Ularning 3 nafar farzandi: bir qiz, ikki öğli bor. Moliya, bojxona sohalarida öqib, xorijda bilimini oşirib, bugungi kunda şu yönalişlarda işlaşmoqda.

Jamşid aka Samarqand viloyati Kattaqörğon tumani Qöşrabot qişloğida tuğilgan.

— Otam suv xöjaligida mirobçilik qilib, kolxozda mehnat qilganlar. Oilada 10 nafar farzand ulğaydik, hammamizning markaziy şaharda —Toşkentda tahsil olişimiz, oliy maʼlumotli, öqimişli bölişimizda ota-onamning roli katta bölgan, — deydi Jamşid aka Bozorov. — Onam Vazifa aya uy bekasi edilar. Biz, önta bolaning issiq-sovuğidan doimo xabardor bölar, darslarimizga yordamlaşar, şu barobarda, kolxozda ham işlardilar. Taʼlim jarayonida ustozlar barçamizdan faollikni qatʼiy talab qilardilar. Mabodo öqituvçidan dakki eşitsak, albatta, uyda ham otamizga hisob berişga töğri kelgan. Tartibsizlik qilsak, albatta, ota-onamiz maktabga çaqirilardi. Şundan bölsa kerak, hamma fanlarni özlaştirişga harakat qilardik. Rus tilini maktab davrida puxta örganganim keyinçalik asqotdi. Biz “Töqimaçi”ga köçib kelganimizda bu yerda turli millat vakillari, asosan, rusiyzabon xalq yaşardi. Şukrki, hozirgaça qöni-qöşni bilan munosabatlarimiz yaxşi.

— Mustahkam oila,  avvalo, özaro mehr-muhabbat va hurmat asosiga quriladi, — deydi Nigora opa. — Er-xotin bir-birini qadrlaşi, his-tuyğularini tuşunişi va hurmat qilişi zarur. Ikkinçi örinda — işonç va sadoqat. Oilada halollik, vaʼdaga vafo qiliş hamda bir-biriga işonç tuyğulari mustahkamlansa, turmuş farovonligiga erişsa böladi. Bundan taşqari, hurmat, murosa, masʼuliyat va burç — mustahkam oilani şakllantiradigan muhim tamoyillardan deb bilaman. Hamjihatlik va hamkorlik bilan oilaviy muammolarni birgalikda hal qiliş, quvonç va taşvişlarni birgalikda baham köriş lozim. Oilaviy daromad va xarajatlarni ham özaro kelişib, oqilona rejalaştiriş kerak. Ayol kişi “mening pulim — mening topganim” deb emas, balki oilaviy majburiyatlar ikki tomonning ham bir butun vazifasi ekanini anglaşi zarur. Oilada farzand tarbiyasi eng muhim qadriyatlardan hisoblanadi. Odatda, bunga köproq ayol kişi masʼul böladi. Otamning şu gapi yodimda: farzand — oynadir, u xalqqa sening kim ekaningni körsatadi. Şuning uçun bolalarni mehr-muhabbat, odob-axloq, halollik, milliy qadriyatlarga hurmat ruhida tarbiyalaşni ona sifatida birinçi ustuvor vazifa deb bilaman. Farzandlarning tarbiya asoslari ham birinçi navbatda, oilada şakllanadi.

Bir jihatni alohida taʼkidlaşni xohlayman: hozir aksar yoş oilalar mustaqil yaşaş tarafdori. Ammo qaynona bilan birga yaşaşning ham öziga xos tomonlari bor. Esimda, rahmatli qaynonam bağrikeng, kengfeʼl böliş kerakligini bot-bot uqtirardilar. Haqiqatan, ularning maslahat-ögitlari bugun hayotimizda asqotyapti, bolalarimiz tarbiyasida ham uning bevosita taʼsiri bor.

Bozorovlar misolida şuni köriş mumkinki, oilasida halovati, baxti bor insonlar baxtli, kuçli hamda rivojlangan jamiyatni barpo eta oladi. Yurt taqdiri — bizning qölimizda. Oilamizni asraş, istiqbolli kelajakni quriş bugun oiladagi tutumlarimiz, şaxsiy hamda oilaviy qadriyatlarimiz, özaro muomala-munosabatimizga boğliqdir.

Suğdiyona SOBIROVA  tayyorladi.

By Behzod

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan