— deydi uyçilik faxriy pedagog Malikaxon aya Nasriddinova

Mamlakatimiz mustaqilli­gining 35 yilligi tantanalariga tayyorgarlik körilayotgan bugungi kunda yurtdoşlarimizning xonadonlarida ham özgaça fayz, özgaça şukuhga duç kelasiz. Uyçi tumanining “Yangi çek” mahalla fuqarolar yiğinidagi Nasriddinovlar oilasi bilan yaqindan tanişib, bu fikrimizga yana bir bor amin böldik.

Hovliga kirişingiz bilan mehnatkaş, sarişta va oqila bekaning, tadbirli oila boşliğining fayzini his qilasiz. Xonadon bekasi, faxriy pedagog Malikaxon aya Nasriddinova bilan suhbatlaşar ekanmiz, bu xonadon tutumlarida yoş oilalarga saboq bölgulik manzaralarning juda köpligi, odamiylik, mehr-oqibat tuyğularining ustuvorligini kördik.

Darhaqiqat,  totuv oilalar jamiyat tayançi, baxti. Şu maʼnoda, bu yil yurtimizda oila muqaddasligi, milliy qadriyatlar va ahillik muhitini keng tarğib etişga qaratilgan “Yangi Özbekistonning ibratli oilasi” körik-tanlovining ötkazilgani eʼtiborga molik voqelik böldi. Quvonarlisi, Malikaxon aya Nasriddinova ham “Ibratli oila” kökrak nişoniga munosib deb topildi.

Malikaxon aya Nasriddinova dastlab Çust pedagogika bilim yurtida tahsil oldi.

— Çim ustida xokkey böyiça jamoaning eng umidli öyinçilaridan biri edim, — deya sözlaydi aya. — Tört yil davomida qizlar bilan köplab musobaqalarda qatnaşib, ğolib bölganmiz. Qişloqning oddiy qizi xokkeyçi bölişiga ruxsat berişganmi, deb öylayotgandirsiz? Men yetti öğil orasida ösgan yolğiz qiz edim. Otam rahmatli, ismlari Tursunboy edi, menga işonardilar. Hammaga qarşi çiqib bölsa ham, orzu-istaklarim amalga oşişi uçun barça şaroitni yaratib berardilar.

Bilim yurtini tugatib, tumandagi 31-maktabga işga kelgan Malikaxon Nasriddinova yigirma yoşida oila qurdi. Hayotini sovçilik va ota-ona roziligi bilan savdo sohasi vakili va tadbirkor bölgan Sodiqjon aka Nasriddinov bilan boğlab xato qilmaganini juda qisqa fursatda anglab yetdi. Sodiqjon akaning işbilarmonligi, Malikaxon ayaning mehnatkaşligi bilan oila bugungidek mustahkam ildizli bir boqqa aylandi.

Tört qayinsingil va tört qaynisi bölgan katta oilaga kenja kelin bölib tuşgan Malikaxon ayaning bu xonadonda tup qöyib, palak yozib ketişida qaynonasi Turğunçaxon buvining xizmati katta böldi. Qaynonasi unga kelinlik vazifalarini öz örnida uddalaşni emas, avvalo, yangi oiladagi opa-akalari, singillari bilan qarindoşlik, jigarçilik riştalarini mahkam boğlaşni örgatdi. Malikaxon aya 27 yil qaynona xizmatini heç oğrinmay qildi. U paytlarda öqituvçilar ham, öquvçilar ham dala işiga jalb qilinardi. U işdan çarçab kelyapman demadi, biron marta uxlamasa uxlamadiki, betob qaynonasining oş-ovqatini doim tayyor qilib qöydi.

Kun keldiki, Muhabbatxon, Rohatxon, Raʼnoxon, Öktamxon ismli qayinsingillari hamda Rahimaxon, Mahmudaxon, Maryamxon kabi ovsinlari bilan haqiqiy opa-singildek yaqin bölib ketişdi. Çinakam qadriyat deb mana şu suloladagi mehr-oqibatni aytsa böladi. Ovsinining bir öğli Malika ayaga: “Nasib qilsa, sizni Umra ziyoratiga yuboraman”, deganini eşitib, töğrisi, biroz hayratlandim. Ovsinni yoxud qayinsingilni duşmandek köradigan, har işda bahslaşib, qasdlaşişga odatlanganlar ozmunçami hayotda, degan öy könglimdan ötdi.

— Biron marta ham oramizdan sovuq gap ötmagan, — deydi Malikaxon aya. —  Ovsinlarimdan ham, qaynisingillarimdan ham minnatdorman, kasbimda ham, oilamda ham qadr topişimda, bolalarimni oyoqqa qöyişimda ularning xizmati bor. Ular mening opalarim, singillarim. Ota-onamning yolğiz qizi edim, taqdir meni şunça opa-singillar bilan siyladi, ming şukr!

Malikaxon aya keyinçalik işdan ajralmagan holda Namangan davlat universitetiga öqişga kirdi. Maktabgaça taʼlim metodikasi fakultetida tahsil olayotgan yillarida bolalari ança yoş, maktabdagi işi ham yetarliça edi. Aya boşlanğiç sinflarga — birinçi sinfdan törtinçi sinfga qadar     28-30 öquvçiga saboq berardi. Yuqori sinf öqituvçilari ayaning qölidan çiqqan sinfni talaşişsa, ayrim ota-onalar “farzandim Malikaxonda öqiydi” deb, hatto bolasini maktabga  bir yil keçiktirib bergan vaqtlari ham bölardi.

— Öqimaydigan öquvçi bölmaydi, — deydi faxriy pedagog. — Qalbi zabt etilmagan bola böladi. Bolaning köngliga kira olsangiz, u har bir saboğingiz tugul, har sözingizni quloğiga quyib oladi. Boşlanğiç sinfda öqitgan sobiq öquvçilarimning oldi hozir qirq yoşdan oşgan. Katta lavozimlarda, masʼuliyatli vazifalarda işlayotganlari köp. Abdurasul Nişonov, Hasanboy Töyçiboyev, Oybek Badalov, Qodirjon Yunusov, Ilyosbek Ustaboyev, Boburjon Tursunov, Sohibjon Tursunov… Eh-he, aytaversam, yuzdan oşib ketsa kerak ular soni! Bayramlarda, tuğilgan kunimda qönğiroq qilib, tabriklaşadi. Oradan şunça yil ötsa ham, har birini ovozidanoq taniyman. Pedagoglik sohasida nimagaki erişgan bölsam, ustozlarim Nurxon Jamolova, Toşpölat Tojiboyev, Ergaşali Xalilov, Zohidaxon Obilovalardan olgan qimmatli saboqlari tufayli deb bilaman.

Malika aya 37 yil davomida bir maktabda ilmiy bölim mudiri, uslubçi, psixologlikni ham qöşimça tarzda olib bordi. Bugun uning izidan Nurxon Inamova, Madinaxon Bekmirzayeva kabi şogirdlari kelyapti.

2021 yilda Malikaxon aya nafaqaga çiqdi. Qolgan umrini, hayotini oilasiga, nabiralari tarbiyasiga bağişlaşni istadi. Bilasizmi, odamlar şunda nima deyişdi? “Maktabning vijdoni ketibdi”, deyişdi… Malika aya 30 öquvçining onasi bir kundan navbati bilan bolalar tuşligi uçun ovqat tayyorlab kelsa, öttiz birinçi kuni u uyida ovqat pişirib, maktabga olib borardi. Bu odatini ota-onalar qarşilik qilsa ham, kanda qilmasdi. Şunçaki dars ötayotgan öqituvçini özgarmagunça tinç qöymasdi. “Ilm – bolalarning haqqi. Xiyonat qilişga haqqingiz yöq”, derdi… Şuning uçun u maktabning vijdoniga aylangan edi.

Malikaxon aya elda hurmat-eʼzoz topganidan, oilasi tinç, halovatga töla, farzandlari xalq xizmatida ekaniga şukronalar keltiradi. Umr yöldoşi Sodiqjon akadan uning har qanday vaziyatda unga yelka tutib bergani, ota deyişga arzirli inson bölgani, öğillar tarbiyasida masʼuliyatni unutmagani, rözğorida kamlik körsatmagani uçun minnatdor böladi. Uç farzand — uç öğil bugun ota-ona bergan tarbiyani oqlab kelişyapti. Dilşodbek Toşpölatov energetika sohasi vakili, tönğiç kelin Nasibaxon 20-maktabda biologiya fanidan öquvçilarga dars beradi. Dilşodbek va Nasibaxon Fozilbek, Imronbek va Xadiçaxonlarni tarbiyalab kelişyapti.  Örtança öğil Doniyorbek tuman tez tibbiy yordam bölimida haydovçi, örtança kelin Eʼzozaxon esa hamşira. Ularning farzandlari Umarxon, Oyişa va Muhammadayub. Ular ham boşqa nabiralar kabi xonadon quvonçlari.  Davronbek iqtisodçi. Kenja kelin Madinaxon ham pedagog, 10-maktabning matematika fani öqituvçisi. Ularning bir öğli bor, ismi Muhammadyusuf.

— Aslida ham, oila qörğonining ğiştlari oqillik va sabrdan yaralişi kerak. Oilaning fayzu barakasi onalarning oqilaligi, qaynonalik mahorati va  buvilik zakovatiga boğliq, — deydi Malikahon aya.

— 41 yillik ibratli hayot yöliga ega bu oila har jihatdan boşqalarga örnak bölişga arziydi, — deydi “Yangi çek” mahalla fuqarolar yiğini xotin-qizlar faoli Sohibaxon Töyçiboyeva. — Nasriddinovlar oilasi kabi “Ibratli oila” degan nomga tom maʼnoda munosib oilalarning taqdirlangani yurtimizda mustahkam oilalar soni ortişiga xizmat qiladi.

Şahlo TOŞBEKOVA,

Namangan viloyati.

By Behzod

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan