Oila — inson kamolotiga poydevor bölişi bilan birga, mehr-oqibat va sadoqat asoslari şakllanadigan muqaddas maskandir. Bu maskanning fayzi, avvalo, undagi tarbiya, özaro hurmat, ahillik va avlodlar örtasidagi maʼnaviy boğliqlik bilan belgilanadi. Namangan viloyati Uyçi tumanining “Islomobod” mahallasida istiqomat qiluvçi Asadillo ota Rahmatullayev va turmuş örtoqlari Jamilaxon ayaning ibratli hayoti ana şunday ezgu qadriyatlar bilan yöğrilgan.
Asadillo ota yaqinda tabarruk 76 yoşni qarşiladilar. Jamilaxon aya bilan oila qurganlariga esa 51 yildan oşdi. Ular yarim asrdan ziyod vaqt davomida hayotning turli sinov va quvonçlarini birgalikda boşdan ötkazib, bir-birlariga suyanç, maslakdoş va hamroh bölib kelmoqdalar. Bu davr mobaynida ularning oilasi mehr-muhabbat, özaro işonç, sabr-toqat va masʼuliyat kabi ezgu fazilatlar bilan ziynatlandi.
Oilaviy hayotning asl mohiyati ham, avvalo, ana şunda — yillar ötişi bilan qadri ortib boradigan sadoqatda, qiyinçiliklarni birgalikda yengişda, farzandlar kamolini körişdan topilgan baxt va şukronalikdadir.
Asadillo ota va Jamilaxon aya beş nafar öğilni voyaga yetkazib, ularga nafaqat ota-onalik mehrini, balki halol mehnat qiliş, kattalarni hurmatlaş, kiçiklarga izzat körsatiş, el-yurtga naf keltiriş kabi hayotiy saboqlarni ham singdirdilar. Farzandlarini mehnatsevar, odobli va jamiyatda öz örniga ega insonlar etib tarbiyalaş yölidagi saʼy-harakatlari ularning ota-onalik burçiga neçoğli masʼuliyat bilan yondaşganini körsatadi. Zero, farzandga qoldiriladigan eng qimmatli meros faqat moddiy boylik emas. Uning qalbida naqş kabi işlangan yaxşi tarbiya, halollik, insoniylik va mehnatsevarlik kabi fazilatlar har qanday boylikdan ustun turadi, aslida. Bunday tarbiya olgan farzandlar qayerda bölmasin, ota-onasi bergan saboqlarni hayot mezoniga aylantiradi, öz xatti-harakatlari bilan oila şaʼnini uluğlaydi.
Bugun Asadillo ota va Jamilaxon ayaning xonadonlarida ana şu tarbiyaning samarasini köriş mumkin. Yigirmaga yaqin nabira va 12 nafar evara uçun ularning borligi, duosi va hayotiy tajribasi — katta baxt. Bu ikki nuroniy farzandlari, nabiralari hamda evaralarining taʼlim-tarbiyasiga alohida eʼtibor qaratib keladilar. Ularni ilm olişga, kitob mutolaa qilişga, dunyoqaraşini boyitişga, maʼnaviyatli va bilimli insonlar bölib ulğayişga undaydilar. Öz navbatida, bunday xonadonlarda ulğaygan yoşlar kattalarga hurmat, ota-onaga ehtirom, qarindoşlarga oqibat va jamiyat oldidagi masʼuliyatning mohiyatini anglab boradilar. Şu tariqa oilada qaror topgan yaxşi anʼanalar bir avloddan ikkinçisiga ötib, milliy qadriyatlarimizning bardavomligini taʼminlaydi.
Bugungi şiddatkor zamonda yoş avlodning bilimli, mustaqil fikrlaydigan, yuksak axloqiy fazilatlarga ega insonlar bölib kamol topişi har bir oilaning muhim vazifasiga aylanmoqda. Bu borada katta avlodning hayotiy tajribasi, pand-nasihatlari va şaxsiy namunasi alohida qimmatga ega.
Munavvar Abdurahmonova,
“Nuroniy” jamğarmasi Uyçi tumani bölimi mutaxassisi.