“Maʼrifat, halol mehnat insonni tarbiyalaydi, oilani mustahkamlaydi”, — deydi Zokirjon ota
hamda Saodatxon aya.
Qoraboyevlar oilasi poytaxtimizning Olmazor tumani “Yangi Toşkent” mahallasida istiqomat qiladi. Hovliga kirişingiz bilan xonadonning fayzu tarovatini darrov payqaysiz: özgaça landşafT, rayhonlarning atri, har xil quşlarning xonişi qulfi dilingizni oçib yuboradi.
Xonadonning piru badavlati bölgan Zokirjon ota va Saodatxon ayalar 4 farzandni tarbiyalab, ularning taʼlimi, xulq-odobiga alohida eʼtibor qaratdilar. Şundan bölsa kerak, mahallada Qoraboyevlarning öz örni, hurmati bor.
Donişmand xalqimiz “Hunarli — elda aziz” deb bejizga aytmagan. Zokirjon ota ham bu falsafani hayot haqiqatlarining özagi deb biladi. Otaxon asalariçilik deysizmi, oşpazlik deysizmi, hammasining hadisini olgan, şu barobarda, bolalari va şogirdlariga ham örgatgan.
Zokirjon ota Qoraboyev 1962 yil Toşkent şahri Şayxontohur tumanidagi “Sağbon” mahallasida tuğilgan. Örta maktab tahsilidan söng haydovçilik maktabini bitirgan. Armiya xizmatini Afğonistonda ötagan.
— Qişloq xöjaligi texnikumida öqib yurgan paytimda işga taklif qilişdi, — deya hikoya qiladi nuroniy otaxon. — Toşkent şahar IIB Mirobod tumani 3-yonğindan saqlaş boşqarmasida dastlab haydovçi, oradan uç oyça ötib, sekretar, keyinçalik katta texnik xodim bölib işladim. Bir muddat qişloq xöjaligida mehnat qilganimdan keyin, yana avvalgi iş joyimga taklif qilişdi. Nafaqaga çiqqanimdan buyon, qölimda hunar bor emasmi, mahallada töy-maʼraka, tadbir, yiğinlarda oş damlayman. Yöldoş hoji oşpaz, Qobil hoji oşpaz, Ğofur hoji oşpaz, Akrom hoji oşpazlarga şogird tuşib, ulardan bu hunarni miridan sirigaça örgandim. Bugun, şukrki, şuning ortidan xalq xizmatidamiz.
Saudiya Arabistonida 21 ming hojiga bir martaning özida 1800-1900 kilogramm oş damlagan Zokirjon ota ota-onasini alohida ehtirom, hurmat bilan eslaydi:
— Otam, Qoraboyev Zoyir bobo Toşkent şahar quriliş boşqarmasida haydovçi bölib mehnat qilganlar, — deydi u. — Iş yerida öz örniga ega, hamkasblari orasida hurmati baland bölgan. Onam rahmatli uy bekasi edilar, uy yumuşlari barobarida, biz, bolalarning tarbiyasi bilan şuğullanardilar. Uyda sira ham böş bölmas edik. Kolxozda 20-30 sotixlab ekin yerlarida dehqonçilik qilardik. Uyimizning şundoqqina orqasi dala edi. Mavsum boşlandi degunça erta tongdan dalaga çiqardik, sabzi-piyozni ötaş deysizmi, çopiq qiliş, suğoriş deysizmi, hammasini qilardik. Çillani çilla demay, saharmardondan dalaga yöl olardik. Oçiğini aytsam, ota-onamiz bizni bolalik yillarimizdanoq mehnat bilan tarbiyalagan, irodamiz mehnatda çarxlangan.
Asalariçilikni rahmatli qaynotam Ölmas otadan örgandim. Aslini sörasangiz, Ölmas otaning asalariçilikka qiziqişining öz tarixi bor. U kişi navqiron yigitlik yillari — 21 yoşlarida qorason bölib, şifoxonaga yotgan. Bir oyoğini tizzadan kesişga töğri kelgan ekan. Şifokorlar yoş Ölmasning ahvoli yaxşi emasligini, bu bilan “uzoqqa bora olmasligini” aytgan. Ittifoqo, bir kişi unga asalarining foydasi töğrisida gapirib qolgan, dardiga darmon bölişini aytib, asalariçilik bilan şuğullanişni maslahat bergan. Şu-şu asal yetiştiriş Ölmas otaning tirikçilik manbaiga aylangan. Buni qarangki, otaxon 80 yoşga yetib vafot etdilar.
Saodatxon aya Toşkent tumanidagi “Kökterak” qişloğida tuğilib ösgan. Maktabdan söng hisobçilikka öqigan. 17 yil hisobçi bölib işlagan. Ota-onasi mehnatsevar, halol kişilar bölgan.
— Otam rahmatli asalariçilik bilan şuğullanganlar, ötkir zehnli, hisob-kitobga usta bölganlar, — deya eslaydi Saodatxon aya. — Onam uy bekasi edilar, 4 qiz, 3 öğilning tarbiyasi bilan bölib, rözğorga ham ulgurardilar. U paytlar taşiş transportlari hozirgiçalik rivojlanmagan edi. Asalari qutilarini zambilda taşir edik. Otam rahmatlining mehnatga ğayrati ğoyat baland bölgan. Qöltiqtayoqda bölişlariga qaramay, erta-yu keç işlardilar. Özlari ham tinmasdilar, bizni ham böş qöymasdilar. Öylab qarasam, mehnat faqat tirikçilik vajidangina emas, balki ötgan asr bolalarini tarbiyalaşning, vaqtini samarali ötkazişning, şuningdek, ularni yot ğoyalardan, örinsiz hoyu-havaslardan asraşning öziga xos usuli bölgan ekan. Bu masalalar bugungi ota-onalarning ham diqqat markazida bölişi zarur. Töğrisini aytsam, zamonaviy turmuş modellari ayrim hollarda oila aʼzolarini bir-biriga eʼtiborsiz qilib qöymoqda. Bolalarga vaqt ajratiş, ularni nazorat qiliş hamda töğri yölga yönaltiriş göyoki faqat maktab yoki boğçaning vazifasi sifatida qaralmoqda. Ammo har bir bolaning şaxsi, eng avval, oilada şakllanişi, rivoj topişini unutmaslik kerak.
Zokirjon ota va Saodatxon ayalarning fayzli xonadonida 12 nafar nevara ösib-ulğaymoqda. Ularning hammasi öz qiziqiş va isteʼdodiga köra, xorijiy tillar, mental arifmetika hamda sport maşğulotlariga yönaltirilgan. Uyda quşlar, parrandalarni boqiş, parvarişlaşda bobo-buvisiga kömaklaşişadi. Darhaqiqat, quş uyasida körganini qiladi, deganlaridek, bolalar ham kattalarda nimaniki körgan va haq deb bilgan bölsa, aynan şunga saʼy-ğayrat körsatadi. Bu borada Qoraboyevlarni keng jamoatçilikka namuna qilib körsatiş mumkin. Xususan, Zokirjon ota nafaqat oilaga boşçilik qilib, yoşlarga yöl-yöriq körsatadi, balki mahallada ham faol bölib, “Keksalar maslahati” guruhi aʼzolari bilan birgalikda yoşlar hamda muammoli oilalarga ijtimoiy-maʼnaviy kömak berişadi.
Mahalla qaçon gullab-yaşnaşi mumkin? Qaçonki, oilalar tinç-osuda, farovon bölsa. Şuningdek, mahalla atalmiş kiçik Vatanda özaro birlik, ahillik barqaror bölsa. Öz navbatida, Qoraboyevlar kabi xonadonlarning köpayişi, şubhasiz, mahallalar rivoji hamda ijtimoiy-siyosiy islohotlarning samaradorligiga qöl-qanot bölmoqda.
Suğdiyona SOBIROVA,
“Nuroniy” muxbiri.