Köçalar — suv sepilgan toza,
Islohotlar elda ovoza.
Boğlar içra sarxil mevalar,
Dilni yoqar ötli şevalar.
Nuroniylar bordir bu elda,
Şundan quvonç yordir köngilga.
Oğizbirlik, ahillik yaşar,
Haşarlari yurtga yaraşar.
Bu zaminda niyatlar yaxşi,
Farovonlik — hayotning naqşi.
Nuroniylar bunda eng faol,
Umr böyi işlagan halol.
Yaşaş zavqi — dilda mujassam,
Hurmat qilgan aslo bölmas kam.
Kim hunarmand, kimlar tadbirkor,
Intilganga omad, tole yor.
Nuroniylar erur zör mayoq,
Şundan gulga burkangan har yoq.
Tonglar oppoq, musaffo osmon,
Zamonamiz tinç, dorilomon.
Sözingizda nuri hikmat möl,
Körsatasiz doim töğri yöl.
Nuroniylar, bölingiz omon,
Mudom turing Ezgulik tomon!
Ibrohim Yusupov,
Xorazm viloyati.
Istiqlolning yoşi — Öttiz beş
Istiqlolning yoşi — öttiz beş,
Farovondir, elning işi beş.
Yeru kökni munavvar etgan,
Oftobu Oy tunu kunda eş.
Vatan ozod, erki qölida,
Çin qardoşlar uning yölida.
Gul çeçaklar çaman-çölida,
Istiqlolning yoşi — öttiz beş.
Muzlar erib, qalblarda köklam,
Kunlarimiz kundan-kun körkam.
Qança suyib ardoqlasang kam,
Istiqlolning yoşi — öttiz beş.
Uqtiraman öğilu qizga,
Köz tegmasin turmuşimizga,
Havas qilar Yer yuzi bizga,
Istiqlolning yoşi — öttiz beş.
Sarbonimiz oqilu bardam,
Yuksaklarni zabt etar har dam,
Mukarramdir hazrati odam,
Istiqlolning yoşi öttiz beş.
Uluğ neʼmat tinç ötgan har on,
Ibrat olsin bizlardan jahon,
Yölimizni yoritar Qurʼon,
Istiqlolning yoşi — öttiz beş.
Şavkatlidir hur Özbekiston,
Jannatmonand, boqiy guliston,
Xazon bilmay yaşnasin böston,
Istiqlolning yoşi — öttiz beş.
Iqbolimiz abadiy bölsin,
Olam quvonç, şodlikka tölsin.
Omonulloh Mutal.