Öğil-qizim, dunyoda

Yursang hamki piyoda,

Umring bölgay ziyoda,

Agarda duo olsang…

 

Öynab-kulib yurarsan,

Mudom rohat körarsan,

Davru davron surarsan,

Agarda duo olsang…

 

Maʼrifatda hikmat köp,

Uluğlar poyini öp,

Işlaring böladi xöb,

Agarda duo olsang…

 

Hurmat qilu izzat top,

Ilm duri — behisob,

Izlan va intil şitob,

Agarda duo olsang…

 

Oçil bobong duoda,

Qolmassan muammoda,

Baxting sadafi — şoda,

Agarda duo olsang…

 

Oçil Sattor,

mehnat faxriysi,

Pastdarğom tumani.

 

Nuroniylarim

 

Hayot sinovida toblangan,

Yurtning xizmatiga otlangan,

Yeng şimarib, raso saflangan,

Omon böling, nuroniylarim.

 

Ibratlisiz barçaga doim,

Suhbatingiz şirin, muloyim,

Sizni neʼmat etmiş Xudoyim,

Omon böling, nuroniylarim.

 

Tajribangiz — hayot maktabi,

Barkamollik —  yoşlar matlabi,

Porlagaysiz Oy, Quyoş kabi,

Omon böling, nuroniylarim.

 

Davralarning töri — sizniki,

Sayohatlar zöri — sizniki,

Özbekiston — Vatan bizniki,

Omon böling, nuroniylarim.

 

Ziyo soçib, porlab turingiz,

Saodatga çorlab turingiz,

Yonimizda  şaxdam yuringiz,

Omon böling, nuroniylarim.

Yöldoş Abrayev,

Şerobod tumani “Mehrigiyoh” MFY

“Keksalar maslahati” guruhi raisi.

By Behzod

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan