Döstlarim bölsinlar omon, boşiga dard qönmasin,
Şodligidin şodumon ul köngliga gard qönmasin.
Yaxşilar yöldoş bölib, yetsin murodiga tamom,
Nokasu nomard sabab köksiga hasrat qönmasin.
Taʼna-yu doşnom seli oqizmasin köz yoşlarin,
Aqrabodin ayrilib, bağriga ğurbat qönmasin.
Boşga kelsa har balokim, nafsu til bölğay bois,
Suhbati nodon birla söziga illat qönmasin.
Aqlu huşdan ayriga kelgay puşaymonlik tayin,
Sabriga aylab sitam boşiga minnat qönmasin.
Taqdirida bor ersa gar yöqu bor kelgay sörab,
Aldanib hoy-havasga çaşmiga zulmat qönmasin.
Döstu yor sidqi bilan Suyundik köngli obodkim,
Bu jahon ayvonida unga nadomat qönmasin.
Suyundik Mustafo Nuratoiy,
Özbekiston Yozuvçilar uyuşmasi aʼzosi,
“Döstlik” ordeni sohibi.
Kelmagunça
Qöl uzatsang oşga yetmas,
Mehnat qilib topmagunça.
Döst qadrini bilmas nodon,
Duşman jabrin totmagunça.
Hayot zavqin bilmas odam,
Majnun misol suymagunça.
Yor neligin sezmas yurak,
Işq ötida kuymagunça.
Gul qadrini bulbul bilmas,
To çamanga yetmagunça.
Baʼzi odam puşmon qilmas,
Çin olamga ketmagunça.
Qarindoşning afzalligin,
Bilmas yolğiz qolmagunça.
Duolarning quvvat-kuçin,
Sezmas odam olmagunça…
Davron Nizom, ijod ayla,
Toki devon tölmagunça.
Baytlaringda marjon sözlar —
Yulduz bölib kulmagunça.
Davron Nizom.