Köpni körgan nuroniylar tajribasi, maslahat va ögitlari azaldan yoşlar qalbiga  ezgulik, fidoyilik, samimiylik xislatlarini singdirib kelgan. Ayniqsa, bolajonlar yozgi taʼtilni maroqli ötkazayotgan şu kunlarda   oromgohlarda taşkil etilayotgan turli madaniy-maʼrifiy tadbirlar, keksa avlod vakillari iştirokidagi uçraşuvlar kelajagimiz egalarini quvontirmoqda.

Ana şunday maroqli tadbirlardan biri Qaşqadaryo viloyati Yakkaboğ tumanidagi Işkent qişloğida joylaşgan “Şörtan qaldirğoçi” oromgohida taşkil etildi.

“Uç avlod uçraşuvi” tadbirini oromgoh boş yetakçisi Zulfiya Aşurova kiriş sözi bilan oçdi. U öz sözida tadbir ahamiyatiga töxtalar ekan, bu kabi loyihalar keksa, örta va yoş avlod vakillari örtasida oltin köprik bölib xizmat qilişini aytib ötdi.

Tadbir davomida Özbekiston Respublikasida xizmat körsatgan yoşlar murabbiysi, xalqaro toifadagi hakam, kuraş böyiça uç karra Özbekiston çempioni Ahmad polvon Jöraqobilov, içki işlar tizimi faxriysi, 1-darajali “Mehnat faxriysi” kökrak nişoni sohibi Bahiddin Aliqulov, Samarqand şahrida faxriylar örtasida ötkazilgan respublika çempionatida iştirok etib, kuraş böyiça 1-örinni egallagan Abdujabbor Qurbonov, Yakkaboğdagi “Serob” mahallasi faol nuroniysi Sobir bobo Şukurovlarning fikr-mulohazalari, hayotiy hikoyalari yoşlarda öziga xos taassurotlar qoldirdi.

— Oromgohimiz mavsumda 1500 nafardan ortiq bolani öz bağriga olgan bölib, ularning soğlom ösişi, yozgi taʼtilni maroqli ötkazişlari uçun barça imkoniyatlarimizni işga solmoqdamiz, — deydi oromgoh rahbari Muzaffarxon Nizomov. — Ayniqsa, köpni körgan nuroniylar iştirokida ötkazilgan maʼnaviy-maʼrifiy tadbirlar bolajonlarning bir umr eslaridan çiqmaydi.

Uçraşuvda oromgoh badiiy havaskorlik jamoalarining çiqişlari davraga yanada fayz kiritdi.

 

Sayohat va ziyorat zavqi

“Nuroniy” jamğarmasi Qaşqadaryo viloyati bölimi taşabbusi bilan Nişon va Qarşi tumanlari faol nuroniylarining qadimiy hamda hamişa navqiron Samarqand şahriga sayohati taşkil etildi.

Erta tongdan “Voha travel” sayyohlik agentligi tomonidan ajratilgan maxsus avtobusda yölga çiqqan nuroniylar Samarqand şahriga yetib borib, ilk ziyoratni “Mahdumi Aʼzam” maqbarasidan boşladilar. Ötganlar xotirasiga qurʼon tilovat qilindi.

Sayohatçilar Samarqandning diqqatga sazovor joylari bilan tanişgaç, taʼmirlanib yangi qiyofa kasb etgan “Imom-al Buxoriy” majmuasini ziyorat qildilar. Tuşlikda bir piyola çoy ustida qilingan samimiy suhbatdan bahramand bölgan nuroniylar körsatilgan izzat-eʼtibor uçun davlatimiz rahbaridan minnatdor ekanliklarini izhor etib, yurtimizga tinçlik, xalqimizga xotirjamlik tilab, duolarga qöl oçdilar.

— Biz, nuroniylar uçun taşkil etilgan sayohatdan ğoyat xursandmiz, —   deydi Nişon tumanidagi “Nişon” MFY faol nuroniysi, I darajali “Mehnat faxriysi” kökrak nişoni sohibi, qişloq xöjalik fanlari nomzodi Nurali Jörayev. — Sayohat asnosida qarşilik nuroniylar bilan ham yaqindan tanişib, özaro tajriba almaşdik. Sayohat — tanga rohat, deb şunga aytsalar kerak.

Qarşilik faol nuroniy Orziqul Toğayev ham nuroniy-keksalar uçun taşkil etilgan sayohatdan mamnun ekanliklarini maʼlum qilib, kezi kelsa, bir kunlik sayohat nuroniylar uçun bir umrlik xotiraga aylanişi mumkinligini aytib ötdilar.

Şavkat SULTONOV, “Nuroniy” muxbiri.

By Behzod

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan