Maʼlumki, aholining turmuş farovonligiga erişiş, ularning dunyoqaraşi va tafakkurini ijobiy tomonga özgartiriş, bandlik masalalari ijtimoiy islohotlar zanjirida markaziy örinni egallaydi. Yurtimizda “Kambağallikdan —farovonlik sari” dasturi asosida olib borilayotgan işlar mazkur jarayonni tizimli, samarali taşkil etişda katta ahamiyat kasb etmoqda. Bunda keksa nuroniylarning faolligini alohida taʼkidlaş lozim.
Aholining turmuş darajasini sifat jihatdan yangi bosqiçga olib çiqiş maqsadida yurtimiz böylab keng kölamli işlar taşkil etilmoqda. Xususan, Toşkent viloyati Böka tumanida oilalarni qöllab-quvvatlaş, ularning muammolarini manzilli hal etiş, kambağallikni qisqartirişga qaratilgan saʼy-harakatlar izçil davom etayotir.
“Nuroniy” jamğarmasi Toşkent viloyati bölimi raisi Abdusamad Nosirov, jamğarmaning Böka tumani bölimi raisi Abdurasul Akmalov va faol nuroniylar tumandagi “Açamayli” mahallasida bölib, hududda nuroniylarning faolligini oşiriş, oilalar bilan işlaş hamda aholi örtasida özaro birlik, hamjihatlikni mustahkamlaş borasida amalga oşirilayotgan işlar bilan tanişdi.
Özbekiston Respublikasi Prezidenti Şavkat Mirziyoyev raisligida kambağallikni qisqartiriş va aholi daromadlarini oşiriş böyiça işlarni yangi bosqiçga olib çiqiş masalalari yuzasidan ötkazilgan videoselektor yiğilişida belgilangan vazifalar ijrosi doirasida mahalladagi oilalar xonadonbay örganib çiqildi.
Jarayonda nuroniylar har bir oila bilan bevosita muloqot qilib, ularning ijtimoiy-iqtisodiy holati, turmuş şaroiti, bandligi, daromad manbalari, oilada mavjud muammolar hamda qöllab-quvvatlaşga bölgan ehtiyojlarini atrofliça örgandilar.
Şuningdek, hayotiy tajribaga ega nuroniylarning oilalar bilan işlaşdagi imkoniyatlaridan samarali foydalaniş, mahallada ahillik va hamjihatlik muhitini mustahkamlaş, yoşlarni kasb-hunar va mehnatga yönaltiriş, oilaviy qadriyatlarni asraş hamda ehtiyojmand oilalarni qöllab-quvvatlaş masalalariga alohida eʼtibor qaratildi. Örganişlar natijasida har bir oilaning holatidan kelib çiqib, tegişli taşkilotlar bilan hamkorlikda hal etilişi lozim bölgan masalalar belgilab olindi.
Jumladan, işsiz fuqarolarning bandligini taʼminlaş, kasb-hunarga öqitiş, oilalarning daromad manbalarini kengaytirişga kömaklaşiş, tadbirkorlik taşabbuslarini qöllab-quvvatlaş, ijtimoiy kömakka muhtoj oilalarni tegişli mutasaddi taşkilotlarga yönaltiriş böyiça amaliy vazifalar belgilandi.
Keng doirada taşkil etilayotgan bu kabi işlardan közlangan asosiy maqsad — har bir oilaning muammosini aniqlaş bilangina çeklanib qolmasdan, uni tegişli taşkilotlar bilan hamkorlikda hal etiş, oilalarda barqarorlik va farovonlikni taʼminlaşga erişişdir.
Botir QURBONBOYEV,
“Nuroniy” jamğarmasi Toşkent viloyati bölimi boş mutaxassisi.