Özbekiston faxriylarining ijtimoiy faoliyatini qöllab-quvvatlaş «Nuroniy» jamğarmasining Vasiylik kengaşi aʼzosi Mukarram Muhitdinova 88 yoşga töldilar.
Mukarram Muhitdinova 1938 yil 3 iyunda Toşkent şahrida tuğilgan., Fizika-matematika fanlari nomzodi, dotsent. Mirzo Uluğbek nomidagi Özbekiston Milliy universitet(sobiq SAGU, ToşDU)da tahsil olib, Moskva davlat universitetida aspiranturani tamomlagan. Özbekiston Fanlar Akademiyasi Mexanika instituti kiçik ilmiy xodimi, Özbekiston Fanlar Akademiyasi Kibernetika instituti katta ilmiy xodimi, Toşkent Davlat Texnika universiteti “Amaliy matematika” kafedrasi katta öqituvçisi, dotsenti, kafedra mudiri, “ÖzbekNIPI neftegaz” instituti katta ilmiy xodimi vazifalarida faoliyat yuritgan.
Inson umrini ziynatlovçi omillar juda köp. Ilmu maʼrifat, kasb-hunar, atrofdagilarga yaxşilik qilib, ezgu işlarga boş-qoş böliş, el-yurt xizmatiga bel boğlaş, oqil va salohiyatli farzandlar östiriş… Bu röyxatni uzoq davom ettiriş mumkin. Mukarram muhitdinova bu fazilatlarning hammasini özida jamlay olgan, el-yurtga beminnat xizmat qilişni umrining mazmuni deb bilgan jamoat arboblaridan biri desak mubolağa emas. Umrining 25 yilini jamoatçilik işlariga sarflagan Mukarram opa qutluğ 88 yoşida ham ilm-maʼrifat suhbatlaridan, mamlakatimizda keksa avlod vakillariga körsatilayotgan mehru eʼtibordan ğayrat-şijoat olib yaşamoqda.
“Nuroniy” jamğarmasi Respublika Boşqaruvi jamoasi, mamlakatimizdagi barça nuroniylar nomidan Mukarrram Muhitdinovani tavallud ayyomi bilan tabriklaymiz.
Uzoq-umr, sihat-salomatlik, oilangizga baraka, tinçlik-xotirjamlik tilaymiz!