Bugun taniqli davlat va jamoat arbobi, filologiya fanlari nomzodi, dotsent, “Şuhrat” medali sohibi, “Nuroniy” jamğarmasi respublika Boşqaruvi raisi örinbosari Usmonov Şuhrat Ğiyosoviç tabarruk 80 yoşga töldi.

Ustozning mazmunli va ibratli hayot yöli, ilm-fan, taʼlim, madaniyat va jamoat işlari sohasidagi köp yillik samarali mehnatlari, nuroniylar va faxriylarning ijtimoiy faoliyatini qöllab-quvvatlaş,  manfaatlarini himoya qiliş borasidagi fidokorona faoliyati alohida eʼtirofga loyiqdir.

Şuhrat Usmonov 1997 yildan “Nuroniy” jamğarmasi Markaziy Kengaşida bölim boşliği, rais örinbosari, raisning birinçi örinbosari, 2016-2017 yillarda Markaziy Kengaş raisi lavozimlarida işlagan.

Mustaqillik yillarida “Nuroniy” jamğarmasining faoliyatini yangidan taşkil qiliş, faoliyatini rivojlantirişda Şuhrat Ğiyosoviçning alohida xizmatlari borligini eʼtirof etiş joiz.

Ularning bevosita masʼulligida Özbekiston Respublikasi Prezidentining 2016 yil 28 dekabrdagi “Özbekiston faxriylarini ijtimoiy qöllab-quvvatlaş “Nuroniy” jamğarmasi faoliyatini yanada takomillaştiriş çora-tadbirlari töğrisida”gi PF-4906-sonli Farmoni hamda 2022 yil 15 martdagi PQ-167-sonli va 2023 yil 11 martdagi PQ-92-sonli Qarorlari işlab çiqilib, hozirda uşbu hujjatlarning ijrosi munosib taʼminlanmoqda.

Şuhrat Usmonovning qariyb 30 yillik umri, faoliyati mazkur jamğarma tizimi bilan boğliq bölib, uşbu davr mobaynida köplab şogirdlarni tarbiyaladi. Bugun ular davlatimiz va hukumatimiz boşqaruvi organlarida turli vazifalarda xizmat qilmoqdalar.

Şuhrat Usmonovning bevosita rahbarligida Ikkinçi jahon uruşi yillarida halok bölgan va bedarak yöqolgan 20 ming nafar özbekistonlik jangçilar nomi aniqlanib, “Xotira” kitobining qöşimça 35- va 36-jildlari naşr qilingan.

“Isteʼdodning olmos qirralari”, “Döstlik sahifalari”, “Hayot gulşani” kabi risolalar, 60 dan ziyod ilmiy-ommabop maqolalar filologiya fanlari nomzodi, dotsent Şuhrat Usmonov qalamiga mansubligi bilan bir qatorda, ustoz ijodkor “El ardoğida”, “Yillar va taqdirlar”, “Fidoyi umr guldastasi” kabi kitoblarga hammuallif hisoblanadi.

2009 yildan buyon Özbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Afv etiş masalalari böyiça komissiyasi aʼzosi, 2023 yildan Içki işlar vazirligi huzuridagi Jamoatçilik kengaşi aʼzosi sifatida jamoatçilik işlarida ham faol iştirok etib kelmoqda.

Şuhrat Usmonovni tabarruk 80 yoşi bilan muborakbod etib, hamişa bugungidek bardam va şijoatli bölib, farzandlar, şogirdlar ardoğida, hamkasblar davrasida 100 yoş bilan yuzlaşib yuring, deya tilak bildiramiz.

By Behzod

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan