Mamlakatimizda  nuroniylarga körsatilayotgan mehr, eʼtibor va ğamxörlik qadimiy va navqiron Qöqon şahrida yaşayotgan piru badavlat otaxon va onaxonlar hayotida ham öz ifodasini topmoqda. Nuroniylar qadrlanib, ularga çeksiz hurmat-ehtirom körsatib kelinmoqda. “Nuroniy” jamğarmasi şahar bölimi raisi Manzurjon Javdatoviç Abdullayev taşabbusi va rahbarligida şahar nuroniylari har yili Respublikamizning turli şaharlari va diqqatga sazovor xuşmanzara joylariga sayohatlarga olib borilmoqda.

Manzurjon Abdullayev 2019-2020 yillarda “Nuroniy” jamğarmasi şahar bölimi raisi, 2020-2023 yillarda esa Mahalla va nuroniylarni qöllab-quvvatlaş Qöqon şahar bölimi boşliğining nuroniylar masalalari böyiça maslahatçisi vazifalarida masʼuliyatni çuqur his etgan holda faoliyat körsatdi. 2023 yil 1 maydan buyon yana “Nuroniy” jamğarmasi şahar bölimiga rahbarlik qilib kelmoqda.

Darvoqe, Manzurjon Abdullayev 1946 yil 22 oktyabr kuni Qöqon şahrida faol ijodkor-hajviy şeʼrlari bilan elga tanilgan Javdat Abdulla xonadonida tavallud topgan. Onasi Bahripoşşo Törazoda öz davrining öqimişli ayollaridan bölgan. Ular farzandlarini vatanparvar, mehnatsevar va ilmli qilib tarbiyalaşga katta eʼtibor berişgan. Otasi Javdat Abdullaning taşabbusi bilan 1937 yilda Qöqon şahrida Yozuvçilar uyuşmasi taşkil etilgan edi.

Manzurjon Abdullayev ana şunday maʼrifatli insonlar oilasida ulğaydi. Umumiy örta taʼlim maktabini bitirgaç, 1964-1965 yillarda şahardagi elektr maşinasozligi zavodida çilangar bölib işladi. Söngra Toşkent politexnika institutining kunduzgi bölimida öqib, oliy maʼlumotli injener-elektromexanik mutaxassisligiga ega bölib, Farğona şahridagi politexnikumda öqituvçi, temiryöl bölimida muhandis vazifalarida işladi. Söng bir yillik harbiy xizmatni ötagaç, Qöqon mexanika zavodida muhandislik qildi, ikki yil şahar yoşlar qömitasida kotiblik vazifasida faoliyat körsatdi. 1974-1983 yillarda esa “Farğona neftgaz işlab çiqariş” boşqarmasida markaziy xizmat  boşliğining örinbosari, boş muhandis örinbosari, Qöqon parmalaş işlari boşqarmasining işlab çiqariş bazasi boşliği örinbosari, öquv-kurs kombinati direktori, 1983-1991 yillarda esa Qöqon neft va gaz texnikumi rahbari vazifalarida samarali faoliyat körsatdi.

Şuni taʼkidlaş kerakki, Manzurjon Abdullayev qayerda va qanday vazifada işlagan bölsa, zimmasidagi vazifa masʼuliyatini hamişa çuqur his etgan holda vijdonan bajarib, hurmat-eʼtibor qozongan. U faol jamoatçi sifatida mustaqillikning dastlabki yillarida turli oqim va siyosiy xarakatlarga bilib-bilmay aralaşib qolgan yoşlar örtasida tuşuntiriş işlarini izçil olib borib, yoşlar tarbiyasida jonkuyarlik namunasini körsatgan. Natijada köplab yoşlar xatolarini anglab, töğri yölni tanlaşgan.

Hozirgi paytda Manzurjon Abdullayev “Milliy tiklaniş” demokratik partiyasidan Xalq deputatlari Farğona viloyati Kengaşi deputati sifatida faoliyat olib bormoqda.

Eʼtirof etiş kerakki, qahramonimiz Qöqon şahrining jonsarak farzandlaridan. U mustaqilligimizning dastlabki yillaridayoq şaharda tadbirkorlar uyuşmasini taʼsis etib, 300 nafardan ortiq tadbirkorlik subʼyektlarini röyxatdan ötkazişga muvaffaq bölgan.

Manzurjon Abdullayev bilan Farğona viloyati va Qöqon şahrida böladigan maʼnaviy-maʼrifiy tadbirlar: kitobxonlar konferensiyalari, xalq deputatlari Qöqon şahar Kengaşining sessiyalari, “Uç avlod uçraşuvi” tadbirlarida köpinça birga qatnaşamiz.

U işsiz yoşlarni iş bilan taʼminlaş, kam taʼminlangan oilalarga moddiy yordam körsatişdek savobli işlarga boş-qoş bölmoqda. Bu borada mahallalardagi faol nuroniylardan Sohibjon Aliyev, Anvarjon Hakimov, Muhsinjon Haydarov, Solijon Şokirov, Muhammadjon Jöraxöjayev, buvijonlardan Muhabbatxon Nazarova, Sanobarxon Alimova, Hikmatoy Ğiyosova, Afğon uruşi qatnaşçisi Ilhomjon Mansurov kabilar Manzurjonga yaqindan yordam berib kelmoqdalar.

Manzur Abdulayevning köp yillik samarali mehnatlari hukumatimiz tomonidan munosib taqdirlanib,  2024 yilda “Mehnat şuhrati” ordeni bilan mukofotlangan. Uning köksini 1-darajali “Mehnat faxriysi”, “Mahalla iftixori”, “Mehr-saxovat” kökrak nişonlari, “Özbekiston Respublikasi Mustaqilligining 30 yilligi”, “Özbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 30 yilligi”, “Özbekiston Respublikasi Mustaqilligining 35 yilligi” esdalik nişonlari bezab turibdi.

Şuni ham aytiş kerakki, Manzurjon  Abdullayev taniqli ijodkor — Özbekiston Yozuvçilar uyuşmasi aʼzosi. Uning “Nigoh”, “Yillar tilga kirganda”, “Vaqt”, “Vzglyad”, “Kokandskiy veter”kabi kitoblari adabiyot muxlislariga manzur bölgan.  Adibning köplab şeʼr va xikoyalari okean ortida — Amerikada ham eʼlon qilingan.

Xalqimizning dardu taşvişlarini xuddi özinikidek his qilib yaşayotgan jonsarak inson Manzurjon Javdatoviç Abdullayevni tabarruk 80 yoşi bilan samimiy qutlaymiz va unga mustahkam salomatlik hamda ijodiy muvaffaqiyatlar yor bölişini tilaymiz.

Yorbek Tillaboyev,

Farğona viloyati.

By Behzod

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan