Köksaroy qarorgohida Prezident Şavkat Mirziyoyevning yoşlar bilan muloqoti bölib ötdi.
Uçraşuvda Qoraqalpoğiston Respublikasi, viloyatlar va Toşkent şahridagi studiyalar orqali 60 mingdan ziyod yoşlar vakillari iştirok etdi.
Davlatimiz rahbari yiğilganlarni samimiy qutlab, yurtimizdagi 22 milliondan ziyod yoşlarimiz juda katta iqtisodiy, ijtimoiy va siyosiy kuç ekanini taʼkidladi. Barça darajadagi rahbarlar yoşlarni til va kasb-hunarga örgatiş, sportga jalb etiş, ğoya, loyiha hamda startaplariga kömak beriş, ularni işli va daromadli qiliş böyiça yanada faol işlaşi, birorta yigit-qizni eʼtiborsiz qoldirmasligi zarurligi qayd etildi.
Yillar davomida yaratilgan imkoniyatlar natijasida yoşlarimiz jahon fan olimpiadalarida 66 ta oltin, 147 ta kumuş, 221 ta bronza medalini qölga kiritdi. Garvard, Yel, Prinston, Kolumbiya, Kornell kabi nufuzli oliygohlarda tahsil olayotgan talaba yoşlarimiz 500 nafardan, TOP-100 talikdagi oliygohlarda öqiyotgan yigit-qizlarimiz 3,5 ming nafardan oşdi. Yoşlarimiz yaratgan 63 ta startap loyihasi AQŞ, Janubiy Koreya, Buyuk Britaniya va Birlaşgan Arab Amirliklari bozorlariga kirib borgan. Yoş sportçilarimiz xalqaro arenalarda 720 ta oltin, 671 ta kumuş, 854 ta bronza medalining sohibi böldi. Bugun yoş tadbirkorlar yurtimizdagi biznes vakillarining 35 foizini taşkil etmoqda.

Şu maʼnoda, Özbekiston Yoşlar taraqqiyoti global indeksida eng tez surʼatlarda rivojlanayotgan davlat deb eʼtirof etilgani bejiz emas. Joriy yilda Toşkent şahrida Jahon yoşlarining tinçlik sari harakati boş qarorgohi taşkil etilişi, Samarqand şahrida Yoşlar parlamenti aʼzolarining 12-global konferensiyasi, “Take Off” xalqaro startap sammiti va 46-Butunjahon şaxmat olimpiadasi ötkazilişi bu maqomni yanada mustahkamlaydi.
Davlatimiz rahbari har yili 600 ming yoş mehnat bozoriga kirib kelayotgani, 2030 yilga borib, bu körsatkiç 1 millionga yetişini qayd etib, yoşlarga öz imkoniyati va qiziqişiga mos iş topişi uçun şaroit yaratiş eng muhim masala ekanini körsatib ötdi.
Yoşlar örtasidagi sörovnoma natijasiga köra, ularning uçdan biri tadbirkor böliş istagini bildirgan.
Ötgan yili yoşlar bandligini taʼminlaş uçun banklar va Yoşlar işlari agentligiga 400 million dollar yönaltirilgani, “Yoşlar biznesi” va “Kelajakka qadam” dasturlari hisobidan 15 ming nafar yoş öz tadbirkorligini yölga qöyib, 50 ming kişini iş bilan taʼminlagani taʼkidlandi.
Bu işlarning davomi sifatida yoşlar tadbirkorligini qöllab-quvvatlaş uçun qöşimça 200 million dollar ajratilişi eʼlon qilindi.
Bunda moliyalaştiriş imkoniyatlari kengaytiriladi: özini özi band qilgan yoşlar uçun kredit miqdori 100 million sömdan 300 million sömgaça oşiriladi. Yoş tadbirkorlarning loyihalari uçun 10 milliard sömgaça kredit ajratiş mumkin böladi. Innovatsion startap loyihalariga 100 ming dollargaça investitsiya kiritişga ruxsat beriladi. Servis va umumiy ovqatlaniş sohasida 1 mingdan ziyod iş örni yaratgan mahalliy brendlardan franşiza olib, filial oçişga qiziqqan yoşlar uçun qulay moliyalaştiriş paketlari joriy qilinadi.

Joriy yildan “Kelajak tadbirkori” dasturi işga tuşirilib, yoş tadbirkorlarga 7 yil muddatgaça 15 foizli kredit ajratiş yölga qöyiladi. Xususan, özini özi band qilgan yoşlarga garovsiz 20 million sömgaça, tadbirkorlik könikmasiga ega bölib biznes boşlayotganlarga 300 million sömgaça, faoliyatini kengaytirmoqçi bölganlarga 2 milliard sömgaça, kamida 5 nafar bitiruvçini işga olgan tadbirkorlarga esa 10 milliard sömgaça kredit berilişi belgilandi.
Şuningdek, tadbirkorlikni endi boşlayotgan yoşlarning 30 foizi biznes könikmasi yetişmasligi sabab qiyinçilikka uçrayotgani qayd etildi. Şu bois, har bir hududda tadbirkorlikka öqitiş, ğoyani biznesga aylantiriş, buxgalteriya, bank, marketing, içki va taşqi bozorlarga çiqiş böyiça kompleks xizmat körsatadigan “Yoşlar biznes inkubatori” taşkil etiladi.
Nufuzli xorijiy oliygohlar ilğor tajribalar asosida yoşlarni tadbirkorlikka öqitişda hamkorlik qilişga tayyor ekani qayd etilib, kamida 40 ming yoşni biznesga örgatadigan “Yangi avlod tadbirkorlari” dasturini boşlaş belgilandi. Dasturni muvaffaqiyatli tugatgan eng yaxşi 1 ming nafar yoşning loyihasiga uç yil muddatga 200 million sömgaça 7 foizli ssuda beriladi.
Har yili “Yoş tadbirkorlar” tanlovi ötkazilib, eng yaxşi 100 ta loyihani brendga aylantiriş uçun “Yoşlar vençurs” jamğarmasidan 1 milliard sömgaça mablağ ajratiladi.
1 martdan yangi iş boşlayotgan yoş tadbirkorlarga infratuzilmaga ulaniş bilan boğliq davlat xizmatlarining xarajatlari Yoşlar tadbirkorligi jamğarmasi hisobidan qoplab beriladi.

Ijtimoiy taşabbuslar böyiça “Fikringni ber (Voice Up)” inklyuziv oromgohi tajribasi kengaytirilib, uni har bir hududda ötkaziş va 1 ming nafar yoşni qamrab oliş, eng yaxşi taşabbuslar iştirokida Samarqand şahrida Xalqaro inklyuziv yoşlar oromgohini taşkil etiş vazifasi belgilandi.
“Ösiş va rivojlaniş (Upshift)” loyihasi doirasida bu yil media, dizayn, hunarmandçilik, işlab çiqariş va innovatsiya yönalişlarida ham tanlov ötkaziladi. Eng yaxşi 40 ta startapni moliyalaştiriş uçun 2 milliard söm ajratiladi.
Texnikumlarda taʼlim dasturlarini iş beruvçilar talabi asosida yangilaş, dual taʼlimning qamrovini kengaytiriş, moddiy-texnik bazani yaxşilaş böyiça vazifalar belgilandi.
Texnikumlarga ham oliygohlar kabi “spin-off” oçişga ruxsat berilib, öquvçilarning startap loyihalariga 1 milliard sömgaça ajratiladi. Joriy yildan texnikum öquvçilari uçun ham “Işla va sayohat qil (Work and travel)” dasturi asosida 6 oy xorijda işlab, qöşimça daromad topiş imkoniyati yaratiladi, iştirokçilarga yölkira xarajatlari uçun ssuda ajratiladi.
Xorijiy til sertifikatiga ega yoşlarni qöllab-quvvatlaş mexanizmi samara bergani taʼkidlanib, sertifikat olgan yoşlar 600 mingdan oşgani, xorijiy tillarni mukammal biladigan 72 ming instruktor şakllangani aytildi. Xususiy öquv markazlarining soni 3 karra köpayib, 38 mingdan oşgan.

Xususiy öquv markazlari uyuşmasini taşkil etiş taşabbusi qöllab-quvvatlanib, uyuşma aʼzosi bölgan markazlarga binosini ijaraga bergan tadbirkorlar ijaradan olinadigan daromad va foyda soliğini tölaşdan ozod etiladi. Bunday markazlar öqituvçilarini ilğor taʼlim markazlariga stajirovkaga yuboriş amaliyoti yölga qöyiladi.
“Kömak” dasturi doirasida olis va çekka hududlarda xorijiy til öquv markazlarining faoliyatini kengaytiriş uçun 300 million sömgaça foizsiz ssuda beriladi. Olis hududlardagi öquv markazlari ijtimoiy soliqni 1 foiz, öqituvçilar uçun daromad soliğini 7,5 foiz miqdorida tölaydi (hozir 12 foiz).
Joylarda ehtiyojmand oilalardagi yoşlarni bepul öqitadigan öquv markazlariga qöşimça imtiyozlar berilişi belgilandi: yer va mol-mulk soliğidan ozod qilinadi, kommunal xarajatlarining yarmi qoplab beriladi, öqituvçilarga tölangan daromad soliği va ijtimoiy soliq “keşbek” tariqasida qaytariladi.
Volontyorlik faoliyatiga alohida eʼtibor qaratildi. Yurtimizda huquqiy asoslar yaratilgani hisobiga volontyor yoşlar 5 karra köpayib, ekologiya, tibbiy xizmat, taʼlim, favqulodda vaziyatlarda kömaklaşiş yönalişlaridagi volontyorlar soni 100 mingdan oşgani aytildi.

Volontyorlik harakatini rivojlantiriş böyiça Vasiylik kengaşini tuziş, Yoşlar işlari agentligida “Volontyorlikni qöllab-quvvatlaş” jamğarmasini taşkil etiş rejalaştirildi. Jamğarmaga har yili byudjetdan 20 milliard söm, qöşimça ravişda mahalliy byudjetlardan 3 milliard sömdan ajratiladi. Şuning hisobidan volontyorlik loyihalariga 100 million sömgaça grant beriladi, “ijtimoiy faollik kartasi” orqali ball tizimi joriy etiladi.
Yiğilişda yoş oilalarni qöllab-quvvatlaş, kitobxonlikni ommalaştiriş masalalari ham kötarildi.
Yoş oilalar uçun uy-joy ipoteka dasturi doirasida kredit stavkasining 14 foizdan oşgan qismi byudjetdan qoplab berilişi aytildi.
“Kitobxonlik madaniyatini rivojlantiriş” jamğarmasi orqali eng isteʼdodli yozuvçilarga ijodiy buyurtma berib, bir yil davomida oyiga 20 million sömdan haq tölaş, eng sara xorijiy adabiyotlarni özbek tiliga hamda milliy adabiyotni xorijiy tillarga tarjima qiliş va çop etiş xarajatining yarmini qoplaş belgilandi.
Yangi öquv yiliga qadar eng yaxşi 100 ta asardan iborat töplamni tayyorlab, barça maktab va texnikumlarga yetkaziş, eng faol kitobxon öquvçilarni 10 million sömdan mukofotlaş vazifasi qöyildi.

Kutubxona, “book cafe” va kitob dökoni oçib, oyiga 10 ming donadan ortiq kitob sotuvini yölga qöygan tadbirkorlarga 3 yilga 1 milliard sömgaça 7 foizli ssuda beriş mexanizmi nazarda tutildi.
Jazoni ijro etiş muassasalaridan qaytgan yoşlarning jamiyatga tez moslaşişi uçun “Ikkinçi imkon” loyihasi boşlanişi maʼlum qilindi. Unda 8-12 oylik intensiv kurslarda dasturlaş, veb-dizayn, kompyuter muhandisligi, boşqa kasblar va xorijiy tillarga öqitiş orqali daromadli işga ega bölişiga şart-şaroit yaratiladi.
Uçraşuv yakunida davlatimiz rahbari yoşlar bilan muloqot qilib, ularning turli sohalarga oid taklif va taşabbuslarini tingladi.
Tadbir davomida mutasaddilarning hisobotlari ham eşitildi.


