
Yangi ÖZBEKISTONDA nuroniylarni ijtimoiy himoya qiliş, ularning salomatligini asraş, turmuş şaroitini yaxşilaş davlat siyosati darajasiga kötarilgani inson qadrini uluğlaş yölida olib borilayotgan ezgu islohotlarning amaliy ifodasi sifatida barçamizda çuqur şukronalik hissini uyğotmoqda.
Ayniqsa, mahallalar va oilalarda ijtimoiy-maʼnaviy muhitni yaxşilaş, yoşlarni kasb-hunarli, bilimli, salohiyatli qilib vatanparvarlik ruhida tarbiyalaş yölida Prezidentimizning nuroniylarga bildirayotgan yuksak işonçi va eʼtibori ularga kuç-quvvat berib, ğayratlantirib yubordi, desak, mubolağa bölmaydi.
Keksalar hayot maktabi, sabr-toqat, halollik va fidoyilik timsolidir. Bugun nuroniylar mahallaning maʼnaviy ustuni va yoşlar tarbiyasida zamonaviy taʼlim hamda milliy qadriyatlarni bir-biriga tutaştiruvçi maʼnaviy köprikka aylandi. Yoşlarga hayotiy tajribasi, ibratli maslahatlari bilan yöl körsatayotgan otaxon va onaxonlarimiz mahallalarda jinoyatçilikning oldini oliş, oilalarda soğlom muhitni mustahkamlaşga bebaho hissa qöşib kelmoqdalar.
Dunyoda notinçliklar sodir bölyotgan, davlatlar örtasida iqtisodiy qarama-qarşilik, xavfsizlikka tahdidlar ortib borayotgan bugungi kunda mahallalarda hamjihatlik muhitini asraş, yoşlar tarbiyasiga, ayniqsa, ularni turli zararli odatlar taʼsiriga tuşib qolmasligiga alohida eʼtibor qaratiş eng dolzarb masala bölib turibdi.
Hurmatli Prezidentimiz Şavkat Mirziyoyev 2025 yilning 26 dekabrida Oliy Majlis va xalqimizga yöllagan Murojaatnomasida bu masalaga alohida töxtalib, “Yurtimizdagi har bir bola, har bir yoş — bizning farzandimiz, ularni giyohvandlik çangaliga taşlab qöyişga aslo yöl qöymaymiz. Giyohvandlikni tag-tomiri bilan butkul yöqotiş, yoşlarimizda kuçli maʼnaviy-ruhiy immunitetni şakllantiriş böyiça barça kuç va imkoniyatlarimizni safarbar qilamiz”, — dedi.
Şuningdek, davlatiiz rahbari mazkur Murojaatnomada: “Oldimizga qöygan maqsadlarni faqat özimiz — katta hayotiy tajribaga ega mahalla raislari va faollari, hurmatli nuroniylarimiz, opa-singillarimiz, serğayrat yoşlarimiz, ziyolilarimiz, işbilarmon tadbirkorlarimiz, Vatan posbonlari, bir söz bilan aytganda, butun xalqimiz bilan birgalikda amalga oşiramiz”, — deya alohida taʼkidladi.
Murojaatnomada belgilangan vazifalar mohiyatini aholi örtasida keng tarğib etayotgan nuroniylar öz oldiga yangi masʼuliyatli vazifalarni belgilab olişdi va amaliy işlarni boşlab yuborişdi.
Özbekiston faxriylarining ijtimoiy faoliyatini qöllab-quvvatlaş “Nuroniy” jamğarmasi ham Özbekiston mahallalari uyuşmasi hamkorligida 2026 yil 30 yanvar kuni qabul qilingan qöşma qarorga köra, mahallalarda ijtimoiy-maʼnaviy muhitni yaxşilaş, aholi örtasida hamjihatlikni mustahkamlaş hamda milliy urf-odatlar va qadriyatlar asosida haşar işlarini samarali taşkil etiş maqsadida mamlakatimiz mahallalaridagi 159931 ta köçaning har biriga nuroniylarni “köçabay” biriktiriş belgilandi.
Mazkur hujjatga köra, mahallalar faoliyatini yanada samarali taşkil etişda mahalla fuqarolari yiğini raisi, uning keksalar va faxriylar işlari böyiça maslahatçisi, “mahalla yettiligi”, “Keksalar maslahati” guruhining hamkorlikdagi faoliyatini tizimli ravişda amalga oşirilişini taʼminlaşga eʼtibor qaratildi.
Tahlillar şuni körsatadiki, mahallalarda yuzaga kelayotgan köplab muammolar — oilaviy nizolar, yoşlar bandligi, ijtimoiy beparvolik, jinoyatçilikka moyillik — eng avvalo, maʼnaviy böşliq bilan boğliqdir. Bu böşliqni esa nuroniylarning hayotiy tajribasi, yoşlarga bölgan mehri, işonçi, maslahat va ögitlari bilan töldiriş yaxşi samaralarni bermoqda.
Şuningdek, kambağallik, işsizlik va jinoyatçilik darajasi yuqori bölgan mahallalarda nuroniylarning hayotiy tajribasi va maʼnaviy taʼsiri aholi bilan özaro suhbatlarda, olib borilayotgan tizimli işlarda ijobiy samara bermoqda. Çunki yoşi uluğlarimiz nafaqat muammoni köradi, balki uning sababini tuşunadi va har bir köçada aholi bilan suhbatlaşib, özaro işonç asosida iş olib boradi. Bu esa joylarda islohotlar ijrosini samarali taʼminlaşga xizmat qilmoqda.
Xususan, bugun aholining eng ehtiyojmand qatlamlari bilan işlaşda ham nuroniylar öz hayotiy tajribalari va yuksak maʼnaviy nufuzi bilan faol qatnaşmoqdalar.
Özbekiston Respublikasi Prezidentining 2024 yil 25 noyabrdagi “Kambağallikdan — farovonlik sari” dasturini amalga oşirişga faol nuroniylarni jalb etiş çora-tadbirlari töğrisida”gi 405-sonli Qaroriga köra, 2025 yilda mamlakatimizning 9452 ta mahallasida 28356 nafar nuroniy 211426 nafar kambağallik reyestrida turgan oila bilan iş olib borişdi. Faol nuroniylarning amaliy işlari natijasida 156693 ta oila kambağallikdan çiqarildi. Kambağallik reyestrida turgan oilalarning 130918 nafar farzandlari qöşimça darslar va tögaraklarga jalb etilgan bölsa, 27371 nafar yoş hunarmand va ustalarga şogirdlikka biriktirilib, kasb-hunar egallaşi taʼminlandi.
Kambağallik reyestrida turgan oilalarning farzandlariga öquv jihozlari, parta va stullar, sport kiiymlari olib berildi. Şuningdek, nuroniylar kömagida kambağallik reyestrida turgan oilalarga bölib tölaş şarti bilan texnika vositalari (köçma dökon, kiçik işlab çiqariş uskunalari) olib berildi.
“Kambağallikdan — farovonlik sari” dasturi doirasida nuroniylar davlat taşkilotlari bilan hamkorlikda faqatgina iqtisodiy kömak beriş bilangina çeklanib qolişmayapti. Balki maʼnaviy tarbiya, sabr-toqat, şukronalik va mehnatga hurmat kabi qadriyatlarni yoşlarga singdirib, mahallalarda boqimandalik kayfiyatidan voz keçiş, mehnat qiliş orqali farovon hayotga erişiş ğoyasini ham keng tarğib etişmoqda. Bu esa, öz navbatida, mahallalarda barqaror farovonlikning maʼnaviy poydevorini yaratişga xizmat qiladi
Şu bilan birga, nuroniylar oilalardagi muammolarni barvaqt aniqlab, qiyinçilikka tuşib qolgan yoşlarga tegişli taşkilotlar orqali kömaklaşib, mahallada özaro hamjihatlik va yordam muhitini şakllantirişmoqda. Natijada yoşlar, yoş oilalar, işsiz fuqarolarning davlat tomonidan yaratilayotgan imkoniyatlarga nisbatan xabardorligi taʼminlanib, imtiyozli kreditlar, subsidiya va bandlik dasturlaridan foydalanişga bölgan işonçi ortmoqda. Aynan şu işonç kambağallikdan çiqiş yölidagi eng muhim omillardan biri hisoblanadi.
Nuroniylar taşabbusi bilan taʼlim maskanlarida olib borilayotgan “Nuroniylar soati” maʼrifiy darslari, “Bir nuroniy — ön yoşga masʼul” tamoyili asosidagi tizimli işlar ham yuz minglab yoşlarimiz hayotiga yangilanişlar va özgarişlar olib kirmoqda.
Nuroniylar taşabbusi bilan taʼlim maskanlarida olib borilayotgan “Nuroniylar soati” maʼrifiy darslari, “Bir nuroniy — ön yoşga masʼul” tamoyili asosidagi tizimli işlar ham yuz minglab yoşlarimiz hayotiga yangilanişlar va özgarişlar olib kirmoqda.
Ekologik barqarorlikni taʼminlaş va maʼnaviy tarbiyani uyğunlikda olib borişda ham nuroniylarning muhim örni bor. “Yaşil makon” umummilliy loyihasi doirasida nuroniylarning faol iştiroki yoş avlod uçun jonli namuna bölib xizmat qilmoqda. Kuzgi va bahorgi köçat ekiş mavsumlarida daraxt ekiş şunçaki tadbir emas, balki tabiatga masʼuliyatli munosabatda böliş, kelajak oldidagi burçni his etişda maʼnaviy maktab vazifasini ötamoqda.
Mahallalar va oilalardagi hamjihatlik, ahillik va totuvlik köp jihatdan nuroniy otaxon va onaxonlarga boğliq. Ular oilalarda sabr, matonat, qanoat, özaro hurmat kabi qadriyatlarni tarğib etiş orqali mojarolarning oldini olişmoqda.
“Nuroniy” jamğarmasi va Özbekiston mahallalari uyuşmasi hamkorligida har bir köçaga faol nuroniylarning “köçabay” biriktirilişi esa qadriyatlarimizni yanada sayqallaş, mahallaning ijtimoiy-maʼnaviy muhitini soğlomlaştirişda muhim ahamiyatga ega böladi. Mahallalardagi haşarlar, obodonlaştiriş, kökalamzorlaştiriş işlari, Navröz va sumalak sayllarida nuroniy oqsoqollarning boş-qoş bölişi qöni-qöşnilar va mahalla ahli örtasida özaro hamjihatlik, ahillik muhitini mustahkamlaydi. Yoşlarning özi tuğilib ösgan mahallasiga bölgan mehrini kuçaytiradi.
Albatta, hali oldimizda turgan vazifalar juda köp. Prezidentimiz taşabbusi bilan yoşlarning bilim olişi, salohiyatini yuzaga çiqarişi, kasb-hunar egallab, el-yurtimiz ravnaqi yölida munosib xizmat qiladigan yetuk kadrlar bölib ulğayişi uçun keng imkoniyatlar yaratilayotgan, ularning tarbiyasiga alohida eʼtibor qaratilayotgan bugungi kunda farzandlarimizning adaşib turli yot ğoyalar taʼsiriga berilişidan, jinoyatçilik yöliga kirib qolişidan asraş, soğlom va totuv oilalarda, bağri butunlikda ulğayişini taʼminlaş biz, keksalarning avlodlar oldidagi burçimizdir.
Bu borada, ayniqsa, yoşlarimizga milliy qadriyatlarni va ona Vatanimizga mehr-muhabbat ruhini singdirişimiz muhim maʼnaviy-ijtimoiy poydevor hisoblanadi. Şu maʼnoda, biz, nuroniylardan bugun mamlakatimizdagi har bir yoşning, har bir öğil-qizimizning taqdiriga daxldorlik masʼuliyati bilan işlaşimiz, öz hayotiy tajribalarimiz asosida oilalardagi totuvlik muhitini asraşimiz talab etilmoqda.
Özbekiston faxriylarining ijtimoiy faoliyatini qöllab-quvvatlaş “Nuroniy” jamğarmasi bilan Özbekiston mahallalari uyuşmasi hamkorligida mamlakatimizdagi har bir köçaga nuroniylarning “köçabay” biriktirilayotgani milliy qadriyatlarimizni asraş va yoşlarimizni zamonaviy ruhda tarbiyalaşda özaro uyğunlikni taʼminlaşga va jamiyatda maʼnaviy yuksaliş va ijtimoiy barqarorlikni mustahkamlaş yölida xizmat qilişi, bu jarayonda mahallalarda tarbiya borasidagi özbekona gözal qadriyatlarimiz qayta sayqallanib, nuroniylarning bugungi islohotlardagi faol iştiroki va taşabbuskorligi yanada kuçayişi şubhasiz.