Butun zamin, nabototu jonzotlar olami, jamiki insoniyat hayoti uçun osmoni falakda porlab turgan quyoş neçoğli ahamiyat kasb etsa, farzand kamolida ham ota-ona, bobo-yu buvi, ustozlar ana şunday maqom va örin egallaydilar. Ular öz maʼnaviyati-yu maʼrifati, ulkan bilim va tajribasi, hayotiy saboqlari bilan murğak qalbni tarbiyalab, voyaga yetkazadi.
Bugungi kunda mamlakatimizda yoşlar tarbiyasiga alohida eʼtibor qaratilayotgani, ularning bilim olişi, salohiyatini namoyon etişi uçun yetarli şaroit va imkoniyatlar yaratilayotgani şubhasizki, kelajakda xalqimiz orasidan Al-Buxoriylar, Xorazmiylar yetişib çiqişi uçun munosib zamin hozirlamoqda.
Özbekiston faxriylarining ijtimoiy faoliyatini qöllab-quvvatlaş “Nuroniy” jamğarmasi tizimida joylarda iş olib borayotgan faol nuroniy otaxonu onaxonlar, çinakam maʼnoda, yurtimiz yoşlarining yaqin yordamçisi, maslahatgöyi va yölçiroğiga aylanmoqdalar.
Jumladan, Özbekiston Respublikasi Maktabgaça va maktab taʼlimi vazirligi hamda Özbekiston faxriylarining ijtimoiy faoliyatini qöllab-quvvatlaş “Nuroniy” jamğarmasi hamkorligida imzolangan qöşma qarorda ana şunday ezgu maqsad-vazifalar közda tutilgan.
Qöşma qarorda belgilanganidek, nuroniylarning boy hayotiy tajribasidan samarali va unumli foydalangan holda, maktabgaça va umumiy örta taʼlim taşkilotlarida tarbiyaviy işlarni tizimli taşkil etiş, öquvçi-yoşlarning intellektual salohiyati, ongu tafakkuri va dunyoqaraşini yuksaltiriş, mafkuraviy immunitetini mustahkamlaş, milliy qadriyatlar va yuksak insoniy fazilatlar hamda vatanparvarlik tuyğusi bilan yaşaydigan barkamol avlodni tarbiyalaş bugun har qaçongidan-da, muhim vazifalarimizdan sanaladi.
Uşbu qöşma qaror doirasida davomati past, fanlarni yaxşi özlaştirişga qiynalayotgan öquvçilar bilan işlaş, giyohvandlik va huquqbuzarlikka moyilligi bor yoşlarga alohida eʼtibor qaratiş, tarbiyasi oğir, muammoli yoşlar bilan keksa nuroniylarning suhbatlarini taşkil etiş, “Nuroniy — har bir oilaga masʼul” loyihasi asosida oilalarda ahillik va osoyiştalikni taʼminlaş, muammoli oilalarni öz holiga taşlab qöymay, ular bilan manzilli işlaş rejalaştirilgan.
Şuningdek, duşanba kunlari taşkil etiladigan “Kelajak soati” darslariga ijtimoiy faol, zamonaviy fikrlaydigan nuroniylarni jalb qiliş, yuqori natijalarga erişgan sportçilar, fan olimpiadalari ğoliblari, maşhur yozuvçi va olimlar, paralimpiya sport musobaqalari sovrindorlari hamda faxriy pedagoglarning özlari tahsil olgan umumiy örta taʼlim taşkiloti öquvçilari bilan uçraşuvlarini ötkaziş belgilangan.
Uşbu vazifalarni bajariş yuzasidan “Nuroniy” jamğarmasi Samarqand viloyati bölimida ham qator tadbirlar amalga oşirilmoqda. Masalan, viloyatdagi barça umumtaʼlim maktablarining 7-11-sinflariga şu sinflarda nabiralari taʼlim olayotgan faol, fidoyi buvijonlar va piru badavlat otaxonlar murabbiy etib biriktirildi. Maʼlumki, 7-11-sinfda öqiydigan vaqt ösmirlar uçun ötiş davri bölib, ularda fiziologik, hissiy, emotsional özgarişlar kuzatiladi. Bunday şaroitda ularni yaxşi anglaydigan, töğri yöl körsata oladigan, masalani yotiği bilan tuşuntiradigan, kengfeʼl keksa otaxonu onaxonlarga har qaçongidan köproq ehtiyoj seziladi.
Buvijonlar va nuroniylar öquvçilar bilan suhbat ötkazarkanlar, har bir öğil-qizning ruhiy-psixologik holati, içki dunyosiga eʼtibor berib, kuzatilayotgan özgarişlar töğrisida sinf rahbari va maktab psixologiga xabar berişi kerak. Şuning barobarida öquvçining uy şaroiti, oilaviy muhiti, maktabdan taşqari qanday maşğulotlar bilan band bölişini nazoratga olişi, ota-onasi bilan hamkorlikni kuçaytirişi pirovardida har qanday ehtimoliy ziddiyatli vaziyatlar, noxuş voqealarning oldini olişga xizmat qiladi. Taşabbusning asl maqsadi ham şu, yaʼni yoşlarning har tomonlama xavfsiz muhitda kamol topişiga erişiş, qolaversa, keksalar va yoşlar muloqotini kuçaytirib, ularning tarbiyasini yaxşilaş, jinoyatçilik, erta turmuş va qarindoşlar örtasidagi nikohning oldini oliş.
Öquvçilarni keksalarning boy hayotiy tajribasi, ibratli umr yöli bilan taniştiriş maqsadida, Samarqand şahridagi 9-umumtaʼlim maktabida “Nuroniylar ibrati — hayot maktabi” mavzusida tadbir taşkil etdik. Unda “Buvijonlar maktabi” vakillari, uzoq yillar turli sohalarda samarali mehnat qilgan faxriylar, mazkur maktab öqituvçilari iştirok etdilar.
— “Nuroniylar kengaşi” qoşida taşkil etilgan “Buvijonlar maktabi”ning ahamiyati juda katta, — deydi Jomboy tumani “Buvijonlar maktabi” rahbari Hafiza Ösarova. — Bugungi kunda uning aʼzolari hududlarda, mahallalarda joylaşgan maktab va maktabgaça taʼlim muassasalariga borib, qizlarni hayotga tayyorlaş, ularni milliy qadriyat va anʼanalarimizga munosib ruhda tarbiyalaş uçun qator işlarni amalga oşiryaptilar. Muhtaram Prezidentimizning 2025 yil 26 dekabrdagi Oliy Majlis va xalqimizga yöllagan Murojaatnomasida ham yoşlar tarbiyasiga yanada köproq masʼuliyat bilan qaraşimiz zarurligi taʼkidlandi. Bugungi kunda “Kelajak soati” darslari uşbu harakatning amaldagi ifodasi bölib, ularda iştirok etayotgan faol nuroniylar özlari erişgan yutuqlar, körgan-keçirganlaridan çiqargan xulosalarini bayon etiş bilan birga, yoşlar qanday yöl tutsalar öz maqsadlariga erişişlari mumkinligi töğrisida körsatmalar bermoqdalar.
Xulosa qilib aytganda, “Buvijonlar maktabi” faoliyati doirasidagi işlar yoşlarning ertangi istiqboliga bugundanoq mustahkam poydevor qöyişga yönaltirilgan. Bu nafaqat kelajagimiz vakillarining porloq istiqbolini yaratiş, balki nuroniylarning ijtimoiy özgarişlarning faol iştirokçisi, jamiyat hayotiga oid yangilanişlar taşabbuskoriga aylanişiga ham xizmat qilmoqda.
Gulbahor Husainova,
“Nuroniy” jamğarmasi Samarqand viloyati bölimi
“Buvijonlar maktabi” rahbari.