Özbekiston sport taşkilotlari faxriylar kengaşining navbatdagi hisobot-saylov konferensiyasi bölib ötdi. Unda mamlakatimiz sport sohasida katta tajribaga ega faxriylar faoliyatini yanada qöllab-quvvatlaş, ularning jamiyat hayotidagi örni va nufuzini mustahkamlaş masalalari muhokama markazida böldi.
Konferensiya işida Özbekiston Respublikasi Sport vazirligi, Özbekiston Milliy olimpiya qömitasi, “Nuroniy” jamğarmasi hamda Özbekiston sport taşkilotlari faxriylar kengaşi rahbariyati va aʼzolari iştirok etdilar.
Tadbirda “Nuroniy” jamğarmasi respublika Boşqaruvi raisining birinçi örinbsari Şarof Ubaydullayev sözga çiqib, Özbekiston sport taşkilotlari faxriylar kengaşi faoliyatiga alohida töxtalib ötdi.
— Faxriylar kengaşlari faoliyati nafaqat ijtimoiy qöllab-quvvatlaş, balki jamiyatimizda soğlom turmuş tarzini şakllantiriş, maʼnaviy-maʼrifiy barqarorlikni taʼminlaşda ham muhim örin tutadi. Ayniqsa, bugungi kunda faxriylar kengaşlari bilan “Nuroniy” jamğarmasi örtasidagi hamkorlik jamiyat hayotida sezilarli ijobiy natijalar bermoqda. Faxriylar kengaşlari jamğarmaning joylardagi asosiy tayançi hisoblanadi. “Nuroniy” jamğarmasi faoliyatining samaradorligini oşirişda faxriylar kengaşlarining alohida örni bor. Xususan, Özbekiston sport taşkilotlari faxriylar kengaşi “Nuroniy” jamğarmasi bilan hamkorlikda faol iş olib borayotgan taşkilotlardan biridir, — dedi Şarof Ubaydullayev
Tadbir davomida sönggi beş yil mobaynida amalga oşirilgan loyihalar, hududlarda olib borilgan taşkiliy işlar, şuningdek, faxriy sportçilarni ijtimoiy jihatdan qöllab-quvvatlaş, ularning hayot sifati va faolligini oşirişga qaratilgan çora-tadbirlar atrofliça tahlil qilindi. Kengaşning ötgan davrdagi faoliyati yuzasidan batafsil hisobot tinglanib, erişilgan natijalar bilan birga mavjud muammolar va kelgusidagi vazifalar belgilab olindi.
Muhokamalar jarayonida faxriy sportçilarning boy tajribasini yoş avlodga yetkaziş, sportda vorisiylik anʼanalarini mustahkamlaş, şuningdek, soha rivojida faxriylarning maslahatçi va tarbiyaviy rolini kuçaytiriş muhim ekani alohida taʼkidlandi.
Konferensiyaning asosiy masalalaridan biri — Özbekiston sport taşkilotlari faxriylar kengaşi raisligiga saylov ötkaziş böldi. Saylov natijalariga köra, amaldagi rahbar — Bahodir Maxsitov nomzodi iştirokçilar tomonidan bir ovozdan qöllab-quvvatlandi va u navbatdagi muddatga Özbekiston sport taşkilotlari faxriylar kengaşining raisi etib saylandi.
Yangi muddatda ham kengaş tomonidan faxriy sportçilarni har tomonlama qöllab-quvvatlaş, ularning jamiyatdagi ijtimoiy faolligini oşiriş, sport sohasidagi islohotlarga faxriylar tajribasini keng jalb etişga qaratilgan işlar izçil davom ettirilişi belgilandi.
Özbekiston sport taşkilotlari faxriylar kengaşi raisi, Özbekiston kasaba uyuşmalari Federatsiyasi tasarrufidagi jismoniy tarbiya va sport-soğlomlaştiriş işlari boşqarmasi rahbari maslahatçisi, Özbekiston Respublikasida xizmat körsatgan yoşlar murabbiysi, Qoraqalpoğistonda xizmat körsatgan madaniyat xodimi, “Mehnat şuhrati” ordeni, 1-darajali “Mehnat faxriysi” kökrak nişoni sohibi Bahodir Maxsitov, çin maʼnoda, Özbekiston sporti faxriylarining haqiqiy yetakçisidir.
U Toşkent davlat universiteti (hozirgi ÖzMU)ning huquqşunoslik fakultetini tamomlagan, 1980-82 yillarda Toşkent şahar sudining aʼzosi, 1082-1984 yillarda Özbekiston Respublikasi Adliya vazirligi bölim boşliği, 1984-1986 yillarda Sirdaryo viloyati Adliya boşqarmasi boşliği, Toşkent şahar advokatlar hayʼati, Özbekiston Respublikasi Oliy sudi aʼzosi, Özbekiston Respublikasi Adliya vazirining örinbosari, Toşkent viloyati hokimi örinbosari, Böka tumani hokimi, 1995-2002 yillarda Özbekiston Respublikasi Davlat jismoniy tarbiya va sport qömitasi raisi, 2002-2003 yillarda Özbekiston Respublikasi Prezidenti devoni taşkiliy-nazorat xizmati inspektori kabi masʼul lavozimlarda xizmat qilgan Bahodir Maxsitov nafaqaga çiqqaç, özi yaşayotgan “Ahil” mahallasiga raislik qilgan.
Tadbirda Bahodir Maxsitov sözga çiqib, bildirilgan yuksak işonç uçun minnatdorlik bildirdi va kelgusida kengaş faoliyatini yanada takomillaştiriş, hududlardagi işlarni tizimli ravişda kuçaytiriş hamda sport faxriylarini har tomonlama qöllab-quvvatlaş mexanizmlarini kengaytiriş ustuvor vazifa bölib qolişini taʼkidladi.
Konferensiya işida kelgusidagi vazifalar yuzasidan özaro kelişib olindi.
Hamroxon Musurmonova.