Bu voqeaga ança yillar böldi. Tuman röznomasi tahririyatida mehnat qilayotgan paytlarim Xatlar bilan ham işlardim. Bir kuni qirq yoşlarga borib qolgan odam ruxsat sörab, xonamga kirdi. Uni ötirişga taklif qilib, hol-ahvol söradim.
— Gazetangizda eʼlon bermoqçi edim, — dedi u qimtinib.
— Velosipedda ketayotib, yöldan yelim xalta topib oldim. Uning içida katta miqdorda pul bor ekan. Kimdir tuşirib qöygan bölsa kerak…
Unga nazar taşlab, yaxşi tarbiya olgan, halol inson ekanligini his qildim.
— Rahmat sizga, qani edi, hamma ham sizdek bölsa, endi siz pulning miqdorini heç kimga aytmang, hatto mengayam, — deya maslahat berdim. Uy manzilini sörab oldim.
— Eʼlonni qaçon çiqarasiz? Uyda sakson yoşli dadam bor. U juda bezovta bölyapti. Pulini yöqotgan odam juda qiynalayotgandir, tezroq egasini topiş çorasini kör, bolam, deyapti. Hatto gazetaga eʼlon berişniyam u kişi tayinladi, — dedi bezovtalik bilan.
— Bunday eʼlonlarni navbatsiz beramiz, keyingi sonda, albatta, çiqaramiz. Egasi topilganda, sizni ham, uni ham taxririyatga çaqiramiz, savol-javoblaringizni eşitib, birgalikda xulosa çiqaramiz…
Oradan köp ötmay, xonamga tuşkun kayfiyatdagi ellik-ellik beş yoşlar atrofidagi bir kişi kirib keldi:
— Pul yöqotgandim, eʼloningizni öqidim, balki öşa pullar menikidir, — dedi umid töla közlari javdirab.
— Ertalab uçraşaylik, men pul topgan yigitni çaqirib qöyaman,— dedim unga javoban.
Öşa kuni xonamga tahririyat xodimlariniyam bir zumga taklif qildim.
— Öğlimni uylantirmoqçi edim, bozorda hökiz sotib, pullarni yelim xaltaga joylab, velosipedning orqa qisqiçiga qöyib kelayotgan edim. Uyga yetgaç, qarasam, xaltaça yöq, ortimga qaytib borib, pulni topa olmadim, —dedi pul yöqotgan kişi.
— Qança boğlam, qança pul edi? — söradi pul topib olgan kişi.
— Ön boğlam, jami 300 ming söm edi, — javob berdi yöqotuvçi.
— Pullar nima bilan boğlangan edi? — söradi yana pul topgan odam.
— Qora ip bilan, – javob berdi u.
Pul topib olgan odam sumkani stolning ustiga ağdardi. Manzara va holat pul yöqotgan odamning körsatmalari bilan bir xil edi.
Hammamiz quvondik!
Pulidan ayrilgan kişining közlari quvonçdan porlab ketgandi.
U kela solib, najotkorini bağriga bosib körişarkan, tinmay rahmat aytar, közlarida esa beixtiyor yoş miltillardi.
Erkin Ermatov,
Özbekiston Jurnalistlar va
Yozuvçilar uyuşmalari aʼzosi.