Bugun özbek jurnalistikasi, adabiyot, madaniyat va maʼnaviyat sohasida fidoyilik va mahorat bilan qalam tebratayotgan ijodkorlar köpçilikni taşkil qiladi. Özbekiston Yozuvçilar uyuşmasi aʼzosi şoir va yozuvçi Öktam Mirzayor ham ana şunday qalam sohiblaridan biridir.

Kamina Öktamjonni ön ikki-ön uç yoşlaridan buyon taniyman. Öşa paytlarda u maktabning yettinçi sinfida öqirdi. Özining kiçik-kiçik xabar va maqolalarini olib, muharririyatga tez-tez kelib turardi. Men gazetaning madaniyat bölimida işlardim. Keyinçalik u şeʼrlar ham maşq qila boşladi. Oradan köp ötmay negadir u körinmay qoldi,  aniqroği, yozmay qöydi. Öşanda obuna bahonasi bilan u öqiydigan maktabga bordim va  kiçik jamoatçi muxbirimiz bölib qolgan olov qalb yigitni ham suriştirdim. Maktab direktori Rahmon aka Obilov u haqda juda iliq gaplarni aytdi. Aʼlo baholarga  öqişi, jamoat işlarida faolligi, hatto maʼrifat maskani devoriy gazetasini ham çiroyli va sermazmun qilib çiqarib kelayotganligini taʼkidladi. Ayniqsa, uning yaqinda “Muştum” jurnalida bosilib çiqqan “Zirabuloq” temir yöl stansiyasi vokzalidagi ayançli ahvol haqidagi tanqidiy maqolasi ança şov-şuvga sabab bölganligi, öşa maqoladan söng vokzaldagi yölovçilarning poyezdga çiqiş joyidagi kamçiliklarga barham berilganligini  aytdi.

Öz örnida, men ham Öktamjon tuman “Paxtakor ovozi” (hozirgi “Navqiron Narpay”) gazetasining faol jamoatçi muxbiri ekanligi, biroq keyingi paytlarda gazetaga yozmay qöyganligini taʼkidladim. Maktab direktori uni çaqirtirdi. Oradan köp ötmay, u  iymanibgina direktor xonasiga kirib keldi. Maʼlum bölişiça, tahririyat xodimlaridan biri uning gazetaga taqdim etgan şeʼrlarini tanqid qilgan ekan, xafa bölibdi. Biz unga tanqid kelajakning mevasi ekanligi, aksinça, undan töğri xulosa çiqarib, dadil olğa intiliş orzuga yetaklaşini yotiği bilan tuşuntirdik. Şunda uning yuz-közlarida umid uçqunlari paydo  böldi. Adaşmagan ekanmiz. Ertasi kuniyoq u maktab hayotidan kattagina maqola yozib, olib keldi. Şundan söng Öktamjon bilan qadrdon bölib ketdik. Ayniqsa, ular yaşaydigan mahallaga köçib borganimizdan keyin u xonadonimizga ham tez-tez kelib, qaysi mavzularda köproq maqolalar yoziş kerakligi haqida tavsiyalar olardi. Özining kiçik-kiçik şeʼr va hikoyalarini ham olib keladigan böldi. Yuqori sinflarda öqiyotganda uning nafaqat maktab hayoti, balki, xöjalik, korxona va taşkilotlar faoliyatidan yozgan sermazmun maqola va lavhalari, tanqidiy materiallari, şuningdek, şeʼr va hikoyalari nainki tuman gazetasi, balki viloyat va respublika gazeta-jurnallarida ham bosilib çiqa boşladi.

Bular, öz navbatida, ijodkorning köplab kitoblarni öqişi, tinimsiz izlanişi, taniqli özbek yozuvçi va şoirlari bilan bir qatorda, jahon adabiyoti klassiklarining ijod namunalari bilan qiziqişi, ularning asarlarini astoydil  mutolaa qilişi  samarasi edi, albatta. Örta maktabni bitirgaç, u heç ikkilanmasdan Toşkent davlat universiteti (hozirgi ÖzMU)ning jurnalistika fakultetiga hujjat topşirib, talabalik baxtiga muyassar böldi. Bir qator taniqli ijodkorlar,  jumladan, şoir Mirtemirdan qimmatli maslahatlar oldi. Dorilfununni bitirgaç, dastlab “Toşkent oqşomi” gazetasi, keyinçalik Özbekiston Milliy axborot agentligi, “Guliston” jurnali, Özbekiston Jurnalistlar uyuşmasi, “Özbekiston adabiyoti va sanʼati”, “Hurriyat” gazetalari, Özbekiston  kinematografiya davlat qömitasida samarali faoliyat körsatiş bilan bir qatorda, “Ogoh köngil”, “Yaxşi kunlar quvonçi”, “Tuproq hidi”, “Amakimning kasali”, “Söz işqi”, “Soğinç daftari” singari  kitoblar yozib, keng kitobxonlar ommasi eʼtiboriga sazovor böldi.

Adabiyotning katta yöliga tuşib olib, ijodi gurkirayotgan bir paytda oilaning boşiga  oğir musibat tuşdi. Oliy öquv yurtini imtiyozli tugallab, köpçilik tengdoşlaridan ança ilgarilab ketgan yolğiz qizi Umidaxon va öğli Muzaffarjonlar avtohalokat tufayli hayotdan köz yumdilar. Öktamjon va turmuş örtoği Ölmasxon öşa oğir kunlar sinovini, bu taqdir zarbasini ham boşdan keçirdilar. Öğli Mahkamjon opasi va ukasining örnini bildirmaslikka harakat qiladi. Öktamjon ayni paytda “Guliston” va “Teatr” jurnallari birlaşgan tahririyatida boş muharrir örinbosari sifatida faoliyat körsatiş bilan bir qatorda, Özbekiston jurnalistika va ommaviy kommunikatsiyalar universitetida bölajak jurnalistlarga ijod sirlaridan saboq bermoqda. Uning adabiyotimiz, xususan, özbek jurnalistikasi rivojidagi xizmatlari munosib taqdirlangan. Öktam Mirzayor jurnalistika sohasidagi bir qator körik-tanlovlar sovrindori, “Şuhrat” medali va “Mehnat şuhrati” ordeni sohibi.

“Şoirning könglidan uçib çiqqan söz va ohanglar bahor qaldirğoçlari singari sizning ham qalbingizga qönib ötsa, mehringizni uyğotsa, hislaringizga qanot bağişlasa, ijodkor uçun bu katta baxtdir. Öktam Mirzayorning şunday baxtga doimo sazovor bölib yurişini çin dildan istayman”, — degan edi Özbekiston xalq şoiri, Özbekiston Qahramoni Abdulla Oripov uning “Söz işqi” deb nomlangan kitobiga yozgan sözboşisida.

Uning asarlari, kitoblarini qölimga olganiimda yoşligida uni ijodga ruhlantirgan ustoz sifatida qalbim ğururga töladi. Axir ustoz uçun şogirdining yutuqlaridan ortiq baxt bormi?!

Rizo XUDOYQULOV,

Özbekiston Respublikasida

xizmat körsatgan jurnalist,

birinçi darajali

“Mehnat faxriysi”

 kökrak nişoni  sohibi.

By Behzod

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan