Davlat va jamoat işlarida fidokorona mehnat qilib, el-yurt hurmatiga sazovor bölgan fidoyi inson — “Nuroniy” jamğarmasi Xorazm viloyati Hazorasp tumani bölimi raisi Ğafarbergan Rahimov 76 yoşida  vafot etdi.

Ğafarbergan Rahimov 1972 yilda Toşkent irrigatsiya va qişloq xöjaligini mexanizatsiyalaştiriş muhandislari institutini tamomlab, uzoq yillar davomida davlat va jamoat taşkilotlarida, qişloq xöjaligi sohasida masʼul va rahbar lavozimlarda xizmat qilib, el-yurt manfaatlarini taʼminlaş yölida jonbozlik körsatgan yurtdoşlarimizdan biri edi.

U kişi 2010–2017 yillarda “Piçoqçi” qişloq fuqarolar yiğini  maslahatçisi, 2017 yildan umrining sönggi kunlariga qadar “Nuroniy” jamğarmasi Hazorasp tumani bölimi raisi lavozimida samarali faoliyat yuritdi.

Ğafarbergan Rahimov özining boy hayotiy tajribasi, kamtarligi, samimiyligi va el-yurt farovonligi, yoş avlod kamoloti yölidagi fidoyiligi bilan hamkasblari hamda keng jamoatçilik eʼtiborini qozondi.

“Nuroniy” jamğarmasi respublika Boşqaruvi, “Nuroniy” gazetasi va “Keksalik gaşti” qöşma tahririyati jamoasi marhumning oila aʼzolari, farzandlari, yaqinlari va qadrdonlariga çuqur taʼziya izhor etadi.

Ğafarbergan Rahimovning yorqin xotirasi qalblarimizda mangu saqlanib qoladi.

Otaxonimizning oxiratlari obod, joylari jannatdan bölsin!

By Behzod

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan