Özbekiston Qahramoni, Fan arbobi, adabiyotşunos olim, tarjimon, Yozuvçilar uyuşmasi aʼzosi, xalqimiz maʼnaviyati va maʼrifatini oşirişda ulkan jonbozlik namunasini körsatgan ijodkor Ibrohim Ğafurov 89 yoşida vafot etdi.
Ibrohim Ğafurov 1937 yil 27 dekabrda Toşkent şahrida hunarmandlar oilasida tuğilgan. 1956-1961 yillarda SAGU (hozirgi ÖzMU)ning filologiya fakultetini tamomlagan.
1961-1982 yillarda Davlat badiiy adabiyot naşriyotida kiçik muharrir, tahririyat mudiri, boş muharrir örinbosari lavozimlarida işlagan. 1995 yilda “Milliy tiklaniş” demokratik partiyasini taşkil qilişda taşabbuskor bölib, mazkur partiyaning raisi (1996 yildan) vazifasida faoliyat yuritgan, “Milliy tiklaniş” gazetasiga boş muharrirlik qilgan.
Olimning köplab adabiy-tanqidiy, badia kitoblari, jahon adabiyotining durdona asarlaridan qilgan tarjimalari allaqaçon xalqimiz maʼnaviy xazinasining bebaho mulkiga aylanib bölgan.
Ibrohim Ğafurovning özi ham “Yonar söz sohibi” bölib, asarlarida özbek xalqining yuksak maʼnaviyati, qadriyatlarini hassoslik bilan talqin etgan edi.
Bugun u yaratgan asarlar, çinakam maʼnoda, yoş avlodni yuksak insoniy fazilatlar ruhida tarbiyalaşda noyob javohir vazifasini ötaydi desak, aslo mubolağa qilmagan bölamiz.
“Nuroniy” jamğarmasi respublika Boşqaruvi Ibrohim Ğafurovning vafoti munosabati bilanuning oilasi, yaqinlari va yaşogirdlariga çuqur hamdardlik bildiradi.