Globallaşuv asrida butun dunyo böylab tarbiya borasidagi milliy anʼanalarga eʼtiborni kuçaytiriş bugunning dolzarb vazifasiga aylanmoqda. Aslida, dunyo bilan böylaşiş va integratsiya jarayonlari aslo salbiy holat sifatida baholanmaydi, ammo agar xalqaro tajribalarni özlaştiriş jarayonida milliy mafkura va milliy manfaatlar ikkinçi darajali bölib qolsa, bu xavotir uçun dastlabki signaldir.
Şarq xalqlari, ayniqsa, özbek oilalarida bobo-buvilar bilan yaşaş farzandlar tarbiyasida muhim omil bölib kelgan. Sababi, keksa avlod vakillari köpni körgani, dunyoga hikmat közi bilan qaray olişi, nevaralarga alohida eʼtibor qaratib, ularning köngliga yöl topa olişi bilan tarbiyada ibratli maktabga aylanadi. Şu sababdan jamiyatimizda “Buvijonlar maktabi” faoliyatiga alohida eʼtibor qaratilmoqda.
Maktabgaça taʼlim muassasalarida buvijonlar bolajonlar bilan uçraşib, ular iştirokida maʼrifiy soatlar taşkil etilmoqda. Xususan, özbek xalqi azal-azaldan uluğlagan anʼana va qadriyatlar, özbekona turmuş tutumlari, urf-odatlar interaktiv usulda örgatilmoqda.
Jumladan, poytaxtimizning Yunusobod tumanida joylaşgan “Toyçoq” nomli 1-sonli davlat maktabgaça taʼlim taşkilotida milliy qadriyatlar, urf-odat va anʼanalarni yoş avlod ongiga singdiriş, bolalarni milliy ruhda tarbiyalaşga qaratilgan “Buvijon ögiti” maʼnaviy-maʼrifiy tadbiri taşkil etildi. “Non — aziz neʼmat” mavzusida suhbat taşkil etilib, “Buvijonlar maktabi” guruhi aʼzosi bolajonlarga nonning inson hayotidagi örni, uni eʼzozlaş, isrof va uvolga yöl qöymaslik haqida hayotiy misollar asosida sözlab berdi. Şuningdek, non tayyorlaş jarayoni amaliy tarzda namoyiş etilib, bolalar bu jarayonda bevosita iştirok etdilar.
Bunday tadbirlar orqali bolalarda nonni qadrlaş, mehnatga hurmat, tejamkorlik kabi fazilatlarni şakllantiriş bilan bir qatorda, milliy urf-odat va qadriyatlarga mehr uyğotişga alohida eʼtibor qaratilmoqda.
Şu kabi tadbirlar mazkur tumanning 460-, 554-, 555-sonli davlat maktabgaça taʼlim muassasalarida ham taşkil etilib, unda bolajonlar milliy musiqa asboblari, milliy matolar, milliy hunarmandçilik haqida qiziqarli maʼlumotlarga ega böldilar.
Qolaversa, şunga öxşaş maʼnaviy-maʼrifiy tadbirlar poytaxtning Şayxontohur tumani, Farğona viloyatining Buvayda tumani, Toşkent viloyati Quyi Çirçiq tumani, Xorazm viloyatining Xiva tumanida ham taşkil qilinib, bolalarning nutq madaniyati tekşirilmoqda, xususan, töğri talaffuz va sport maşğulotlari nazorat qilinmoqda.
Söğdiyona Sobirova.