Bugun jamiyat oldida turgan eng katta masalalardan biri — maʼnaviy barqarorlik va avlodlar uzviyligini taʼminlaşdir. Axborot tezkorligi, global madaniyat bosimi va ijtimoiy munosabatlar özgarib borayotgan bir şaroitda, asrlar davomida xalqni asrab kelgan tarbiya maktablari qaytadan eʼtibor markaziga çiqmoqda. Şunday maʼnaviy tayançlardan biri — “Buvijonlar maktabi”dir.
Toşkent şahar Yangihayot tumanida ham “Buvijonlar maktabi” guruhi öz faoliyatini jamoatçilik asosida izçil davom ettirib, yoşlar tarbiyasi, oila mustahkamligi va maʼnaviy qadriyatlarni asraş yölida samarali iş olib bormoqda.
Ayni jarayonda faol buvijonlarimizu otaxonlarimiz asrlar davomida şakllangan hayotiy tajriba va ögitlari asosida yoş avlod, yangi turmuş qurgan kelin-kuyovlar ongida soğlom dunyoqaraş hamda masʼuliyat hissini şakllantirişni maqsad qilib olganlar.
Ayniqsa, yoşlar tarbiyasiga alohida eʼtibor qaratgan holda, maktablar, kollejlar va mahallalarda qator maʼrifiy tadbirlar taşkil etmoqdalar. “Jaholatga qarşi maʼrifat”, “Zöravonlikka qarşimiz!”, “Uç avlod uçraşuvi” kabi tadbirlar şular jumlasidandir.
Uçraşuvlarda yoşlar tarbiyasi, oila mustahkamligini taʼminlaş, ajrimlarning oldini oliş masalalari dolzarb ekanligi, ayni yönalişda buvijonlarimiz jon kuydirib iş olib borayotganligi va ijobiy natijalarga erişayotganliklari qayd etib boriladi. Öz navbatida, jamoatçilik işlarida faol nuroniylar, buvijonlar mahalla faollari hamda profilaktika inspektorlari bilan hamjihatlikda, hamkorlikda iş olib borib, bu tajriba amalda kutilgan natijalarga olib kelişiga özlari guvoh bölmoqdalar.
Yangi hayot tumanida 30 ta mahalla bölib, 289 nafar buvijonlar faoliyat olib bormoqdalar. “Yangi Çoştepa”, “Oriyat”, “Yangi hayot”, “Taşabbus”, “Yangi turmuş” kabi mahallalarda buvijonlarimiz oilalarni asraş, yoşlarni milliy va umuminsoniy qadriyatlarga hurmat ruhida tarbiyalaşda tizimli işlarni yölga qöyişgan. Lolaxon Qosimova, Dilorom opa Ahmedova, Mahmuda Yakubova, Robiyaxon Malikova, Xatiraxon Mahmudova kabi faol buvijonlarimiz özlarining ibratli faoliyati bilan barçaga birdek örnak bölib kelişmoqda.
Ular bugungi kunda yoşlar tarbiyasi, oila mustahkamligi va ajrimlarning oldini olişdek masalalarda kuyunçaklik bilan natijadorlikka erişmoqdalar. Bu jarayonda “Keksalar maslahati” guruhi faollari, “mahalla yettiligi” hamda profilaktika inspektorlari bilan hamjihatlikda iş olib boriş katta samara bermoqda.
Başorat HAKIMOVA,
Yangihayot tumani
“Buvijonlar maktabi” rahbari.