davlat va jamoat arbobi Halima Muhitdinova tavalludiga 110 yil töldi
Özbek huquqşunos ayollaridan biri, köp millatli xalqimizning qalbida öçmas iz qoldirgan zabardast siymo Halima Muhitdinova ana şunday bukilmas iroda va adolat timsoli edi.
Davrlar özgaradi, zamon tölqinlari insonlarni qançadan-qança qiyin va murakkab vaziyatlarga duçor etadi. Bunday pallalarda boşqalarga nisbatan qonun va adolat sohasida faoliyat olib borayotganlarga bir neça barobar oğir böladi. Biroq bu soha kişisi öz aqidasiga, halollik, vijdon va adolat tamoyillariga butun umri davomida sodiq qolsa, beayov tölqinlar uni aslo öz domiga torta olmaydi.
Özbek huquqşunos ayollaridan biri, köp millatli xalqimizning qalbida öçmas iz qoldirgan zabardast siymo Halima Muhitdinova ana şunday bukilmas iroda va adolat timsoli edi.
Halima Muhitdinova 1916 yilda Namanganning Yastepa qişloğida dunyoga kelgan. Uning butun hayotini bir söz bilan ifodalaş kerak bölsa, bu — intilişdir. Unga yana bir söz qöşiş kerak bölsa, bu — mehnat. Çunki u har bir yutuğiga maşaqqatli mehnat, yuksak masʼuliyat va öz kasbiga sadoqati bilan erişgan.
Işga vijdon bilan munosabatda bölişi, yuqori taşkilotçilik salohiyati va masʼuliyatni yelkasiga olişdan çöçimasligi uni tez orada rahbariyat eʼtiboriga tuşirdi. Şunday bölsa-da, Halima Qodirovna uçun mansab heç qaçon birinçi galdagi maqsad bölmagan. Halima opa har bir lavozimga taniş-bilişçilik yoki boşqa yöllar bilan emas, özining halol mehnati, bilim va benuqson obrösi bilan erişgan.
1942 yilda yuksak salohiyati va qonunga bölgan sadoqati inobatga olinib, Namangan viloyat prokuraturasining sud nazorati bölimi boşliği etib tayinlanadi. Ammo oldinda uni bundan-da katta sinovlar kutayotgan edi.
Ikkinçi jahon uruşi avj olgan, yurtning har bir xonadoni oğir sinovlarni boşidan keçirayotgan eng murakkab kunlarda Halima Muhitdinova Toşkentga çaqiriladi. Sobiq Markazqömning tegişli qarori bilan Özbekiston Ministrlar Soveti qoşidagi frontga ketganlarning oilalarini moddiy va maişiy jihatdan davlat taʼminoti bilan taʼminlaş boş boşqarmasining boşliği hamda Ministrlar Soveti raisining örinbosari lavozimiga tayinlanadi.
Bu vazifa oddiy rahbarlik emas edi. Frontda otasi, akasi, turmuş örtoği yoki farzandi jang qilayotgan minglab oilalar taqdiri, ularning tirikçiligi, ehtiyojlari va ertangi kuni bilan boğliq ulkan masʼuliyat edi.
Halima Qodirovna bu yukni ham yelkasiga oldi. Masʼuliyat oğirligi uni çöçitmadi. Aksinça, odamlarning dardi uning öz dardiga aylandi.
1944 yil — uruşning eng oğir damlarida Jizzax viloyatining çekka qişloqlarida xavfli ensefalit epidemiyasi avj oldi. Kun sayin yuzlab odamlar oğir kasallikka çalinar, köplab xonadonlarga kulfat kirib borar edi. Ofatga qarşi kuraş komissiyasi rahbari etib Halima Muhitdinova tayinlandi. Bu vazifa uning uçun yana bir ulkan sinov edi. U xavf-xatarga qaramay, epidemiya öçoğiga şaxsan yetib bordi. Bemorlar yotgan xonadonlarga birma-bir kirdi. Vaziyatni öz közi bilan örgandi. Muammoni qoğozda emas, odamlar orasida körişni istadi. Şundan söng zudlik bilan keskin çoralar körildi.
Uning yuksak taşkilotçilik qobiliyati tufayli markaz va poytaxtdan eng tajribali akademiklar hamda şifokorlar zudlik bilan safarbar etildi. Qişloqlarga uzluksiz ravişda oziq-ovqat, kiyim-keçak va dori-darmon yetkazib berildi. Eng oğir taqdir esa çin yetim qolgan bolalarniki edi. Ular yurtimizning boşqa hududlaridagi qarindoşlari xonadonlariga joylaştirildi. Şu tariqa bolalarning hayoti saqlab qolindi. Halima Muhitdinovaning fidoyi mehnati va qatʼiyati tufayli ön minglab vatandoşlarimiz omon qoldi.
Masʼuliyatdan sira qoçmagan, bosim oldida çekinmagan, manfaat yölida vijdonini sotmagan huquqşunos Halima Muhitdinovaning hayot yöli zamondoşlarimiz, ayniqsa, sud-huquq tizimiga endigina qadam qöyayotgan yoş sudya va yuristlar uçun çinakam jasorat va kasbiy sadoqat maktabidir. Bu maktab faqat nazariy bilimlar majmui emas. Bu — hayotning eng oğir sinovlarida toblangan bukilmas iroda, pok vijdon va adolatga bölgan mustahkam eʼtiqod saboğidir!
Bu yil davlat va jamoat arbobi Halima Qodirovna Muhitdinovaning tavalludiga 110 yil töldi. Şu munosabat bilan Namangan şahrida xotira tadbiri ötkazildi.
Tadbirda Prezident Administratsiyasi, Özbekiston Sudyalari Assotsiatsiyasi, Oliy sud, Sudyalar oliy kengaşi, Adliya vazirligi rahbarlari, Namangan viloyati sudlari va huquqni muhofaza qiluvçi idoralar vakillari, faxriylar, soha xodimlari hamda öquvçi-yoşlar iştirok etdi.
Toşkent davlat yuridik universitetining Namangan şahridagi akademik litseyida bölib ötgan tadbirda davlatimiz rahbarining taşabbusi bilan mazkur taʼlim muassasasiga Halima Muhitdinovaning nomi berilgani maʼlum qilindi.
Şuningdek, litsey hududida Halima Muhitdinovaning byusti oçildi. Taʼlim muassasasining maʼmuriy binosida esa uning hayoti va faoliyatiga bağişlangan xotira muzeyi taşkil etildi. Tadbir iştirokçilari muzeydagi ekspozitsiyalar bilan tanişdilar.
Xotira tadbiri Namangan viloyati musiqali drama teatrida davom etdi. Unda Özbekiston Sudyalari Assotsiatsiyasi raisi Ubaydulla Mingboyev sözga çiqib, Halima Muhitdinovaning huquq sohasidagi köp yillik faoliyati, adolat tamoyillariga sadoqati, kasbiga fidoyiligi va xalqqa xizmat qiliş borasidagi ibratli hayot yöli haqida fikr bildirdi.
Tadbir doirasida Halima Muhitdinovaning hayoti va faoliyatiga bağişlangan “Matonat malikasi” kitobining hamda şu nomdagi hujjatli filmning taqdimoti ham ötkazildi.
Xotira tadbirida Halima Muhitdinovaning boy kasbiy merosi va hayot yöliga bölgan ehtirom yana bir bor namoyon böldi. Uning adolatga sadoqati, kasbiga fidoyiligi va insonlarga xizmat qiliş borasidagi faoliyati bugungi va kelajak avlod huquqşunoslari uçun ibrat manbai bölib xizmat qilişi taʼkidlandi.
Darhaqiqat, davlat arbobi, huquqşunos va sudya Halima Muhitdinova bosib ötgan yöl bizga inson huquqlarini himoya qiliş yölida, eng avvalo, vijdonni asraş kerakligini örgatadi. Oradan qança yillar ötmasin, halollik, adolat, jasorat va inson qadrini uluğlaş kabi tuşunçalar öz ahamiyatini heç qaçon yöqotmasligini anglatadi.
Özbekning eng matonatli va adolatli huquqşunosi Halima Muhitdinova ana şu ezgu qadriyatlarni öz hayoti bilan tasdiqlagan fidoyi ayol edi. Uning sinmas irodasi, yuksak insoniy fazilatlari va adolatga sadoqati aslo unutilmaydi!
Şerzod Daminov,
Özbekiston Sudyalari Assotsiatsiyasining matbuot kotibi.