“Xudo umrin bersa, yaşayversa töq, Aytgin, kimning yuz yil yaşagisi yöq”, — deydi şoir. Çindan ham, umrning uzoq, mazmunli bölişini har kim istaydi. Ezgu işlar, el-yurt koriga yaraş baxti va insoniylik hayotning ikkinçi şavkatli davrini bezaydi. Yuqori Çirçiq tumanidagi “Sohil” majmuasida Yozuvçilar uyuşmasi aʼzosi, taniqli publitsist, adib va muharrir Jamoliddin Abdiyev tavalludining 70 yilligiga bağişlangan xotira keçasi ana şunday ehtirom va şukronalik ruhida ötdi.
U “Yuqori Çirçiq hayoti” va “Parkent tongi” gazetalarida musahhihlikdan tortib boş muharrirlikkaça bölgan yölni bosib ötdi. Respublika böyiça birinçilardan bölib tuman gazetasi idorasi binosini qurib bitkazişga boş-qoş böldi, tahririyatni zamonaviy körinişga keltirdi. Adib sifatida “Burgut baland uçadi” va “Yaxşilar köp dunyoda” kabi qissa va hikoyalar töplamlarini xalqimizga taqdim etdi.
Tadbirni kiriş sözi bilan oçgan Yuqori Çirçiq tumani hokimi, “Mehnat şuhrati” ordeni sohibi Uskenbay Atemov J. Abdiyevning tuman ijtimoiy va madaniy hayotiga qöşgan hissasi, gazetani xalq va hokimiyat örtasidagi mustahkam köprikka aylantira olganini taʼkidladi. Özbekiston xalq şoiri, senator, Yozuvçilar uyuşmasi viloyat bölimi rahbari Mahmud Toir adibning publitsistik asarlarida samimiyat, hayot haqiqati va sözga bölgan masʼuliyat yuksak darajada namoyon bölganini qayd etdi.
Özbekistonda xizmat körsatgan yoşlar murabbiysi, Jurnalistlar uyuşmasi viloyat bölimi rahbari Rahmatulla Şeraliyev esa J.Abdiyevning ustozlik maktabi, köplab yoş qalamkaşlarga töğri yöl körsatib, ularni matbuot va adabiyotga yetaklaganini alohida aytib ötdi. Şuningdek, xotira keçasida şoira, tarjimon Lola Jömanova, “Niso” nashriyot va matbaa uyi” direktori Abduvahob Yormuhammedov, “Yuqori Chirchiq hayoti” gazetasi boş muharriri Hulkar Uralova marhum publitsistning gazetani naşrga tayyorlaşdagi kasbiy masʼuliyati, har bir sonni yuqori sifatda çiqarişdagi fidoyiligi, xodimlarga bölgan ğamxörligiga töxtalib ötdilar.
Ilhomjon ABDUSALOMOV.