nurobodlik faol nuroniylar sayohat zavqidan mamnun

Samarqand viloyati Nurobod tumani faol nuroniylari iştirokida  hokimlik va “Nuroniy” jamğarmasi tuman bölimi raisi Doniyor Xuşvaqtov masʼulligida Samarqand şahriga  sayohat va ziyorat tadbirlari uyuştirildi.

Dastlab nuroniylar sohibqiron Amir Temur asos solgan “Boği Baland” turizm maskanining Anjirzorida “Bir piyola çoy” ustida taşkil qilingan “Anjir sayli”da iştirok etdilar.

Boğ negizida “Boği Baland” fermer xöjaligi taşkil etilgan bölib, ayni paytda uşbu turizm maskaniga xorijiy sayyohlar, yurtimizning turli manzillaridan mahalliy sayohatçilar  taşrif buyurmoqdalar.

Gözal tabiat, sölim göşa bugungi kunda taşrif buyuruvçilarni hayratga solib kelayotganligi rost. Yam-yaşil tabiat qöynida hordiq çiqargan nuroniylar madaniy dasturdan zavqu şavq oldilar.

Uşbu tadbirdan söng nuroniylar Samarqand şahridagi mustaqil Özbekistonimiz tarixida muhim iz qoldirgan siyosiy arbob — Özbekiston Respublikasining Birinçi Prezidenti Islom Karimov mangu qönim topgan qadamjoga ziyoratga borib, ruhi poklariga qurʼon tilovat qildilar. Yurtimizga tinçlik-xotirjamlik, xalqimizga farovonlik tilab,   duolarga qöl oçdilar.

Nuroniylar sayohat tadbirlari doirasida hazrati Doniyor maqbarasiga ham ziyorat uyuştirdilar. Bir söz bilan aytganda, nurobodlik nuroniylar Samarqand şahrining diqqatga sazovor qadamjolari va sölim göşalarini ziyorat qiliş bilangina çeklanib qolmasdan, özaro bir-birlari bilan tajriba almaşib, Vatanimiz tarixiga oid bilimlarini yanada oşirib, olam-olam taassurotlarga ega böldilar.

Xursand Boyçayev,

Nurobod tumanidagi “Jom” mahallasi

faol nuroniysi. 

By Behzod

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan