Katta avlodning şarafli hayot yöli va boy tajribasi yoşlar uçun ibrat, ezgu anʼanalar davomiyligini taʼminlovçi eng muhim mezondir. Respublikamiz böylab ötkazilayotgan “Uç avlod uçraşuvi” tadbirlarining asosiy maqsadi ham ana şu ezgu ğoyaga asoslanadi. Muloqotlarda turli avlod vakillari bir davrada jam bölib, samimiy suhbat qurişi, ustozlar ögitidan bahramand bölişi alohida ahamiyatga ega.

Ana şunday uçraşuvlar doirasida mehnat faxriylarini munosib taqdirlaş ezgu anʼanaga aylangan. Yillar davomida halol mehnati, fidoyiligi bilan el-yurt hurmatini qozongan insonlarga körsatilayotgan ehtirom yoşlar qalbida vatanparvarlik va mehnatsevarlik tuyğularini yanada mustahkamlaydi.

Toşkent şahridagi “Tabassum” tantanalar majmuasida ötkazilgan navbatdagi “Uç avlod uçraşuvi” hamda mehnat faxriylarini mukofotlaş marosimi ham ibratli muloqot va eʼtiroflarga boy böldi. Tantanali tadbirda yurt taraqqiyotiga munosib hissa qöşgan, farzand va nabiralarini elu yurtga sodiq insonlar etib tarbiyalagan fidoyi nuroniylarga yuksak ehtirom körsatildi.

Guvohi bölmoqdamiz, bir oğiz samimiy söz, ibratli voqea yoşlarga baʼzan yuzlab sahifali kitoblardan köra köproq taʼsir qiladi. Şu maʼnoda, “Nuroniy” jamğarmasi Toşkent şahar bölimi taşabbusi bilan Yoşlar işlari agentligi va boşqa hamkor taşkilotlar tomonidan joriy yilning ötgan davrida 1 ming 426 marotaba “Uç avlod uçraşuvi” taşkil etildi.

Uşbu tadbirlarda 35 mingdan ziyod keksa va örta avlod vakillari, xususan, 33,5 mingdan ortiq yoşlar iştirok etdi. Uçraşuvlarda yozuvçi-şoirlar, olim va sanʼatkorlar, 260 nafar “Özbekiston Qahramoni” unvoni hamda turli davlat mukofotlari sohiblari, şuningdek, taniqli sportçilar, hunarmandlar va tadbirkorlarning faol qatnaşgani muloqotlar mazmuni va saviyasini oşirişga xizmat qildi.

Eʼtiborlisi, 2018 yildan buyon Toşkent şahrida yaşovçi 603 nafar nuroniy “Mehnat faxriysi” kökrak nişoni bilan taqdirlangan. Bugalgi tadbirda esa turli sohalarda uzoq yillar halol mehnat qilgan, oilalar mustahkamligi va yoşlar tarbiyasiga munosib hissa qöşgan yana 55 nafar faxriyga uşbu mukofotlar topşirildi. Nuroniylarning 21 nafari 1-darajali, 23 nafari 2-darajali, 11 nafari 3-darajali kökrak nişoniga sazovor böldi.

— Keçagina ota-onalarimiz, ustozlarimiz izidan yurgan, ularning maslahatlariga tayanib iş tutgan yoşlar edik, — deydi Yaşnobod tumanida yaşovçi 95 yoşli Muborak opa Nuritdinova. — Bugun esa özimiz yoşlarga yöl-yöriq körsatadigan yoşga yetdik. 43 yil xalq taʼlimi tizimida işlab, öquvçilar bilan birga, öqituvçilarga ham saboq berdim. Bugun 1-darajali “Mehnat faxriysi” kökrak nişoni bilan taqdirlanganimdan boşim kökka yetdi. Insonga mehnat qilgan yillari emas, balki ularning fidoyilik, halollik bilan ötgani keksalikda şaraf va izzat keltirişini yana bir bor angladim.

Umrini halollik va fidokorona mehnatga baxşida etgan bunday insonlar bugun davlatimiz eʼtirofida, xalqimiz eʼzozida. Ular bundan buyon ham yoş avlodni ezgu yöllarga boşlaşda, keça bilan bugunni, bugun bilan ertani boğlovçi maʼnaviy köprik bölişda sobit turadilar.

Hojiakbar VAPAYEV,

“Nuroniy” jamğarmasi Toşkent şahar bölimi boş mutaxassisi.

By Behzod

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan