Davlatimiz mustaqilligining qutluğ 35 yillik bayrami oldidan Andijon şahrining muhtaşam saroylaridan biri — “Köhinur” restoranida viloyatning eng faol va ibratli nuroniylarining bir guruhiga “Mehnat faxriysi” kökrak nişonlarini tantanali topşiriş marosimi bölib ötdi.
Unda “Nuroniy” jamğarmasi respublika Boşqaruvi raisining birinçi örinbosari Şarof Ubaydullayev hamda viloyat hokimining örinbosari Komiljon Komilov iştirok etib, bugungi kunda yurtimizda nuroniylarni qöllab-quvvatlaş, ularni ijtimoiy himoya qiliş, faolligini oşiriş, oltinga teng tajriba va bilimlaridan yoş avlodni kamol toptiriş, aholi farovonligini oşirişda samarali foydalanişga katta eʼtibor berilayotganini alohida taʼkidladilar. Öz navbatida, kökrak nişonlari bilan taqdirlanganlarni çin dildan muborakbod etdilar.
Özbekiston Respublikasi Prezidentining 2016 yil 28 dekabrdagi “Özbekiston faxriylarini ijtimoiy qöllab-quvvatlaş “Nuroniy” jamğarmasi faoliyatini yanada takomillaştiriş çora-tadbirlari töğrisida”gi 4906-sonli Farmoni hamda 2017 yil 14 iyuldagi “Mehnat faxriysi” kökrak nişonini taʼsis etiş töğrisida”gi 3133-sonli qarori ijrosini taʼminlaş böyiça mamlakatimizda tizimli işlar amalga oşirilyapti. Xususan, turli sohalarda uzoq yillar samarali mehnat qilgan nuroniylar “Mehnat faxriysi” kökrak nişonlari bilan taqdirlanayotganligi keksa avlod vakillari könglini toğdek kötarmoqda.
Viloyatimizda köp yillar turli sohalarda samarali mehnat qilib, hozirgi kunda ham yurtimiz rivojiga munosib hissa qöşib kelayotgan taşabbuskor, fidoyi nuroniylarimizdan 61 nafari “Mehnat faxriysi” kökrak nişonlari bilan taqdirlandi. Mukofotlanganlarning 35 nafariga I, 19 nafariga II va 7 nafariga III darajali “Mehnat faxriysi” kökrak nişonlari hamda viloyat hokimligining sovğalarini “Nuroniy” jamğarmasi respublika Boşqaruvi raisining birinçi örinbosari Şarof Ubaydullayev, viloyat hokimining örinbosari Komiljon Komilovlar tantanali ravişda topşirdilar.
“Nuroniy” jamğarmasi Andijon viloyati bölimi jamoatçilik Kengaşi aʼzolari hamda faol yoşlar taklif etilgan “Nuroniylarga hurmat va izzat” deb nomlangan maʼnaviy-maʼrifiy tadbir bir piyola çoy ustida nuroniylarning dilkaş suhbatlari asosida ötkazilganligi nur ustiga aʼlo nur böldi.
Yuqori saviyada taşkil etilgan uşbu tadbirda sanʼatkorlar özlarining kuy-qöşiqlari bilan davraga fayz kiritdilar.
Maʼmurjon Ikromov,
“Nuroniy” jamğarmasi Andijon viloyati
bölimi raisi örinbosari.