Şahar özining köp yillik tarixi, boy madaniy merosi va sanʼati bilan dunyo sivilizatsiyasi va madaniyatiga bebaho hissa qöşib kelayotgan Şarq gavharidir. Azaldan Buyuk Ipak yölining eng muhim va gavjum nuqtalaridan biri bölib kelgan, asrlar davomida karvonlar kesişgan, savdo va madaniyat gullab-yaşnagan bu zamin bugungi kunda ham dunyo ahlini öziga ohanrabodek tortişda davom etmoqda.

Qadimiy Içan-Qalʼa köçalarida tarixiy uluğvorlik va bugungi kunning şiddatli nafasi bir-biri bilan uyğunlaşib, zamonaviy infratuzilma loyihalari hamda turizm va xizmatlar sohasidagi izçil islohotlar qadimiy şaharning mutlaqo yangi qiyofasini yaratdi. Bu özgarişlar tarixiy obidalarga şunçaki ötmiş yodgorligi sifatida emas, balki kelajak avlodlar  uçun xizmat qiladigan tirik manba sifatida qaralayotganidan dalolat.

Xiva jahon turizm sanoatida özining mutlaqo innovatsion loyihasi bilan tarixga kirmoqda. Içan-Qalʼa dunyodagi birinçi yagona immersiv “aqlli” şahar-muzeyga aylantirilmoqda. Sayyohlar uçun raqamli navigatsiya, interaktiv ekskursiyalar va zamonaviy axborot xizmatlari joriy etilib, butun Içan-Qalʼa tom maʼnoda jonli va interaktiv madaniy muhitga aylanadi.

Biz, nuroniylar, şahrimizdagi özgarişlarga yillar davomida guvoh bölib kelyapmiz. Ayniqsa, keyingi yillarda Xivaning nafaqat tarixiy qiyofasi, balki zamonaviy infratuzilmasi ham tubdan yangilanayotganini körib turibmiz. Bu özgarişlar sayyohlar uçungina emas, avvalo, Xiva aholisi uçun ham yangi imkoniyatlar yaratayotgani bilan ahamiyatlidir.

Joriy yil 17 avgust kuni Prezidentimiz Xivada yirik tadbirlar ötkazilişi uçun qad rostlagan yangi infratuzilmalar bilan tanişib, 90 yoşga yaqinlaşgan nuroniy otaxonlarimiz Atanazar Pirnazarov va Şavkat Jumaniyozovlar bilan dildan suxbatlaşdi. Şuningdek, şaharda yangi xalqaro turistik şaharça barpo etiş loyihasi taqdim etildi. Sönggi töqqiz yilda Xorazmda 280 ta mehmonxona va mehmon uylari barpo etildi, mehmonxona fondi tört barobar oşib, ön ming öringa yetkazildi.

Menimça, bu jarayonning eng muhim jihati — Xivaning tarixiy merosi zamonaviy imkoniyatlar bilan uyğunlaşayotganidadir. Turizm rivojlansa, bu — hunarmandçilik, savdo, xizmat körsatiş va oilaviy tadbirkorlik uçun ham yangi imkoniyat degani. Demak, bugungi bunyodkorlik işlarining samarasi ertangi avlod hayotida yanada yaqqol namoyon böladi.

Turizm infratuzilmasini  rivojlantiriş  maqsadida “Farovon-Xiva” 5 yulduzli zamonaviy mehmonxona milliy meʼmoriy uslub va zamonaviy xizmat körsatiş standartlari doirasida qurib bitkazilib, 106 ta turli toifadagi xonalar mehmonlar uçun barça zarur qulayliklar bilan jihozlangan. Mehmonxonada 3 ta restoran va bar, yopiq basseyn, fitnes markazi, banket zali, konferensiya zali va uçraşuv  xonalari faoliyat körsatadi.

Keyingi ön yilda şahrimizda ijtimoiy hayotning barça jabhalarida beqiyos yangilanişlar, özgarişlar, şuningdek, yaratuvçanlik ğoyalarining amalga tatbiq etilayotgani yurtdoşlarimizni benihoya quvontirmoqda. Ayniqsa, 2025 yil xivaliklar uçun ulkan quvonçlarga boy yil böldi. Çunki Özbekiston Respublikasi Prezidenti Şavkat Mirziyoyevning taşabbusi bilan Xiva şahrida turizm yönalişidagi eng yirik loyiha “Ğovuk” köli atrofida 1,2 trillion söm investitsiyalar özlaştirilişi hisobiga 26 gektar maydonda 200 dan ortiq turizm obʼyektlarini öz içiga olgan, özida tarix va zamonaviylikni mujassam etgan “Arda Xiva” yirik turistik majmuasi barpo qilindi.

Majmuada 17 ta mehmonxona va mehmon uylari, 9 ta restoran, har biri kuniga 2 ming sayyohga xizmat qiladigan oçiq va yopiq akvaparklar, 3 ming örinli amfiteatr, 5 ta kino va konsert zali, körgazmalar paviloni, 70 ta dökon, 300 ta savdo rastasi, 11 ta hunarmandlar uyi, şarq bozori va zargarlik markazi, musiqali favvoralar, bolalar öyingohlari, sohil böyi yölaklari,  bir qança xordiq çiqariş uçun maskanlar barpo etildi. “Arda Xiva” Xalqaro turizm markazining tantanali oçiliş marosimida Prezidentimiz sözlagan nutqida “Bunday işlar hisobidan viloyatga turistlar oqimi qöşimça ravişda 1 million nafarga oşadi, xizmatlar 1,2 trillion sömga qöpayadi, kamida 2 mingta iş örni yaratiladi. Işonçim komil,  “Arda Xiva” Xorazmdagi turizm rivojida yangi sahifa oçadi, viloyatning ikkinçi “taşrif qoğozi”ga aylanadi. Uşbu betakror maskan Xorazmga, butun xalqimizga muborak bölsin”, deya  alohida qayd etdilar.

Keyingi yillarda Xiva şahrida amalga oşirilayotgan bunyodkorlik işlari, aholi turmuş şaroitini yaxşilaşga qaratilgan xalqçil islohotlar hayotimizda özining amaliy ifodasini topmoqda. Biz, nuroniylar, bu yangilanişlarni nafaqat kuzatib, balki ularni keng jamoatçilikka yetkazişga ham öz hissamizni qöşib kelyapmiz.

Xususan, nuroniylar ommaviy axborot vositalarida mamlakatimizda, jumladan, Xiva va Xorazmda amalga oşirilayotgan islohotlar, yaratilayotgan şaroit va imkoniyatlar haqida munosabat bildirmoqda. Ularda xalqimiz hayotidagi ijobiy özgarişlar, şahrimizning obodonlaşib, zamonaviy qiyofa kasb etayotgani, turizm, tadbirkorlik, transport va ijtimoiy sohalardagi yangilanişlar haqida fikr-mulohazalar qayd etilmoqda.

Ayniqsa, mahallalarda ötkazilayotgan “Uç avlod uçraşuvi”, “Qöşa qariş saodati”, “Bir nuroniy — ön yoşga masʼul” kabi qator tadbirlarda bugungi özgarişlarning mazmun-mohiyatini yoşlarga, umuman, keng jamoatçilikka yetkazişga alohida eʼtibor qaratyapmiz. Eng muhimi, mazkur saʼy-harakatlar orqali avlodlar örtasidagi maʼnaviy boğliqlik mustahkamlanib, yoşlarda Vatan taqdiriga daxldorlik, yurt taraqqiyotiga işonç va şukronalik tuyğulari yanada kuçaymoqda.

Qurbonboy XOLIQOV,

“Nuroniy” jamğarmasi Xiva şahar bölimi raisi.

By Behzod

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan