Buxoro viloyatining qadimiy va navqiron Romitan zaminida fayzli tadbirlardan biri bölib ötdi. Bu — nuroniylar uçraşuvi.

Muhtaram Prezidentimiz taşabbuslari bilan yölga qöyilgan hududlararo tajriba almaşinuvi doirasida Qoraköl tumanidan 100 nafardan ziyod nuroniy Romitan tumaniga taşrif buyurdilar.

Mehmonlarni Romitan tumani darvozasida mahalliy hokimlik mutasaddilari hamda bir guruh faol nuroniylar samimiy kutib oldilar.

Mehmonlarning sayohati öziga xos ziyoratdan boşlandi.

Ular yetti pir silsilasining uluğ namoyandalaridan bölgan Xöja Ali Romitaniy va Boboyi Samosiy kabi uluğlarimizning muqaddas qadamjolarini ziyorat qilib, ajdodlarimizdan qolgan bebaho maʼnaviy merosga hurmat bajo keltirdilar.

Ayni taşabbus ikki tuman nuroniylarini bir maskanda, muştarak qadriyatlar va ezgu anʼanalar atrofida birlaştiribgina qolmadi. Uçraşuv davomida nuroniylar bir-birlarining faoliyat mazmuni bilan tanişdilar, tajriba almaşdilar, örgandilar va örgatdilar. Ilğor tajriba va takliflarini öz hududlarida, mahallalarida, oilalarda tarğib etişni maqsad qilib oldilar.

Bunday taşabbuslar joylarda qizğin davom ettirilayotganligi natijasida faol nuroniylarning şijoati va qatʼiyati yanada ortayotgani bor gap.

Öz muxbirimiz. 

By Behzod

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan