Soğlom turmuş tarzi va sport faqat yoşlargagina emas, balki yoşi uluğ nuroniylarimizga ham birdek kuç-ğayrat va kötarinki kayfiyat bağişlaydi. Şu bois, mahallalarda keksalarning soğliğini mustahkamlaş, ularni ommaviy sportga keng jalb etişga alohida eʼtibor qaratilmoqda.

Prezidentimizning 2024 yil 25 noyabrdagi “Kambağallikdan —farovonlik sari” dasturini amalga oşirişga faol nuroniylarni jalb etiş çora-tadbirlari töğrisida”gi qarori ijrosi doirasida Nukus şahridagi “Yoşlar markazi”da sportning turli yönalişlari böyiça hududiy musobaqa taşkil etildi.

“Nuroniy” jamğarmasi Qoraqalpoğiston Respublikasi bölimi tomonidan “Ğayratli keksalar” şiori ostida ötkazilgan respublika turnirida şahar va tuman bosqiçlarida ğoliblikni qölga kiritgan eng mahoratli otaxon va onaxonlar iştirok etdi.

Musobaqaning oçiliş marosimida “Nuroniy” jamğarmasi Qoraqalpoğiston Respublikasi bölimi rahbari T. Abdijabbarov va boşqalar sözga çiqib, keksalarni doimiy qöllab-quvvatlaş va ularning jamiyatdagi faolligini oşiriş borasida amalga oşirilayotgan xayrli işlarga töxtaldi hamda bellaşuv qatnaşçilariga omad tiladi.

Olimpiya tizimi asosida 4 bosqiçda keçgan musobaqa kutilganidan ham qizğin va murosasiz kuraşlarga boy böldi. Bahslar yakuniga köra, ğolib va sovrindorlar aniqlandi. Ularga “Nuroniy” jamğarmasi Qoraqalpoğiston Respublikasi bölimi tomonidan faxriy yorliqlar va qimmatbaho sovğalar topşirildi.

Jarayon Nukus şahridagi “Oltin asr” restoranida tadbir iştirokçilari va mehmonlar uçun yozilgan dasturxon atrofida samimiy suhbat bilan davom etdi.

Şavkat SULTONOV,

“Nuroniy” muxbiri.

By Behzod

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan