Yurtimiz nuroniylari örtasida “Ğayratli keksalar” şiori ostida ötkazilayotgan sport musobaqalari nafaqat ularning sihat-salomatliklarini muhofaza qiliş, jismoniy faolliklarini oşiriş, balki faxriy keksalar örtasida özaro mehr-oqibat, jamoaviylik munosabatlarini yanada mustahkamlaşda asosiy omillardan bölmoqda.

Sportning şaxmat-şaşka turi böyiça ötkazilgan bellaşuvlarning Toşkent şahar bosqiçi bahslari fikrimizning yaqqol isbotidir.

Alişer Navoiy nomidagi Özbekiston Milliy kutubxonasida ötkazilgan tadbirda “Nuroniy” jamğarmasi Toşkent şahar bölimi raisi, senator Rustam Kalonov sözga çiqib, bugungi kunda mamlakatimizda nuroniylarga qaratilayotgan yuksak eʼtibor, ularga yaratilayotgan şart-şaroit, özgaça hurmat-ehtirom haqida alohida töxtalib ötdi. Öz navbatida, musobaqa iştirokçilariga  omad tiladi.

Bellaşuv olimpiya tizimida ötkazildi. Bahslar ğoyat qizğin, murosasiz, ayni paytda döstona va samimiy keçdi. Şaxmat-şaşka işqibozlari bellaşuvlar jarayonida mahoratli öyinçilarni kaşf etdilar.

Musobaqa yakuniga köra, hakamlar hayʼati tomonidan ğolib va sovrindorlar eʼlon qilinib, mutasaddilar ğoliblarga galdagi bosqiçda ulkan muvaffaqiyatlar tiladilar.

Tadbir yakunida musobaqa ğolib va sovrindorlariga diplom, medal va esdalik sovğalari tantanali ravişda topşirildi.

Hojiakbar Vapayev,

Toşkent şahri.

By Behzod

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan