Yurtimizda keksa avlod vakillari iştirokida taşkil qilinayotgan “Nuroniylar kuylaganda” nomli körik-tanlovi faxriy otaxonu onaxonlarning sanʼatga oşufta qalbi, musiqa va qöşiqqa nisbatan nozik didi, ijroçilik isteʼdodlarini yangitdan kaşf etmoqda. Ularni tinglar ekansiz, ijrolarining manaman degan sanʼkatorlardan qolişmasligi, kerak bölsa, bellaşa oladigan darajada ekanligidan hayratga tuşasiz. Ikkinçidan, tobora unutilayozgan qöşiq va aşulalarning sahnalarda öziga xos uslubda jarang soçayotganligidan quvonasiz.

Namangan viloyati tumanlarida ötkazilayotgan uşbu körik-tanlov jarayonlari öziga xos taassurotlarga boy bölmoqda.

Jumladan, Uyçi tumanida mahalliy hokimlik, “Nuroniy” jamğarmasi tuman bölimi,  Respublika Maʼnaviyat va maʼrifat markazi  hududiy bölinmasi hamda madaniyat bölimi hamkorligida taşkil etilgan tadbirni fikrimizga yaqqol misol deyiş mumkin. Tanlov havaskoru professional ijroçilar iştirokidagi konsert dasturiga aylanib ketdi. Unda faxriy nuroniylar va ustoz sanʼatkorlar milliy maqom hamda özbek milliy qöşiqçilik sanʼatining betakror namunalarini ijro etdilar.

Bellaşuv yakuniga köra, maqom yönalişida “Hurriyat” mahallasi vakili Mahammadjon Nişanov,  milliy qöşiqçilik yönalişida “Istiqlol” mahallasi vakili Hamidjon Mallaboyevlar ğolib deb topildilar.

Ular endi tanlovning viloyat bosqiçida Uyçi tumani şarafini himoya qilişadi. Tanlov ğolib va sovrindorlariga esdalik sovğalarini Xalq deputatlari viloyat Kengaşi deputati, “Nuroniy” jamğarmasi tuman bölimi raisi Tohirjon Ismatillayev tantanali topşirdi.

Mingbuloq tumanida taşkil etilgan tanlovda ham muxlislar nuroniylarning ajoyib ijrolariga guvoh böldilar. Körik-tanlovda tumanning turli mahallalaridan qatnaşgan nuroniylar milliy, mumtoz va xalq qöşiqlarini yuksak mahorat bilan ijro etib, tomoşabinlarga kötarinki kayfiyat ulaşdilar. Tanlov yakuniga köra, maqom ijroçiligi böyiça “Nayman” mahallasi vakili Şerali Töyçiyev, milliy  qöşiqçilik yönalişi böyiça “Qöşqişloq” mahallasi vakili Ğofurjon Qoraboyevlar ğolib deb topildilar.

Töraqörğon tumani madaniyat markazida taşkil etilgan tanlov ham öz saviyasiga köra ajralib turdi. Unda 60 yoşdan oşgan erkaklar va 50 yoşdan oşgan ayollar uçun sahna, çinakam maʼnoda, mahorat va isteʼdod maydoniga aylandi. Tadbirda 7 nafar nuroniy öz isteʼdodini namoyiş etib, maqom va milliy yönalişdagi qöşiqlarni ijro etdilar.

— Yoşim 77 da, uzoq yillar taʼlim sohasida faoliyat olib borganman, — deydi tanlov iştirokçisi Sobitxon Ayupov. — Hozir keksalik gaştini suryapman. Töğrisi, qölimga tor çolğusini olmaganimgayam yigirma yildan oşibdi. Tanlov bahona yoşlik yillarimga qaytgandek böldim. Taşkilotçilarga katta rahmat, ajoyib tadbir böldi. Biz, nuroniylarga qaratilayotgan yuksak eʼtibor uçun muhtaram Prezidentimizga ulkan minnatdorlik bildiramiz.

Hakamlar hayʼati xulosasiga köra, Mahmudjon Kenjayev va Abdumutal Akramovlar birinçi örinni qölga kiritib, viloyat bosqiçida qatnaşiş imkoniyatiga ega böldilar.

Yangi Namangan tumanida taşkil etilgan tanlov ham çinakam sanʼat işqibozlarini özida jamladi, desak mubolağa qilmagan bölamiz. Tanlovda iştirokçilar milliy musiqa sanʼatining betakror namunalarini ijro etib, maqom anʼanalarini asraş va keng tarğib etişga öz hissalarini qöşdilar. Tadbir yakunida ğolib va sovrindorlar munosib taqdirlanib, tanlov ğoliblari viloyat bosqiçida iştirok etiş huquqini qölga kiritdilar.

Darhaqiqat, sanʼat — çegara ham, yoş ham, köngil ham tanlamaydi. Musiqa, sanʼat, adabiyot kirib borgan har qanday davra fayzga töladi, sanʼat insonlarga huzur bağişlaydi, dilga orom beradi. Şu maʼnoda, aytiş kerakki, yoşi uluğ nuroniylarimiz ham sanʼatda öz isteʼdodlarini namoyon etib, örta va yoş avlod vakillariga ibrat hamda namuna bölayotgan ekanlar, ularga omad va muvaffaqiyatlar tilab qolamiz. “Nuroniylar kuylaganda” loyihasi hamişa bardavom va boqiy anʼana bölib qolişiga şubha yöq, albatta.

Abduraşid Boltaboyev,

Namangan viloyati.

By Behzod

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan