Usta Döstyor şoirni yod etib…

Baxşiçilik qadim sanʼat turlaridan bölib, xalqimiz maʼnaviyati va madaniyatining ajralmas qismlaridan hisoblanadi. Bugunga qadar köplab dostonlar, bir-biridan gözal asarlar xalq baxşilari tomonidan maromiga yetkazib kuylab kelinmoqda.

Mamlakatimiz Prezidenti Şavkat Mirziyoyev taşabbusi bilan 2018 yilning 1 noyabr kunidagi 3990-sonli “Xalqaro baxşiçilik sanʼat festivalini ötkaziş töğrisida”gi va 2019 yilning 15 may kunidagi 4320-sonli “Baxşiçilik sanʼatini yanada rivojlantiriş çora-tadbirlari töğrisida”gi Prezident qarorlarining qabul qilinişi bilan Xalqaro baxşiçilik sanʼati festivalining har ikki yilda ötkazilişi yölga qöyildi. Bu, öz navbatida, yurtimizda baxşiçilik sanʼatini rivojlantiriş yölida öziga xos tarixiy sahifa oçdi.

Ayni taşabbuslar doirasida Samarqand viloyatining Iştixon tumanida kitobxonlik festivali  ötkazildi. Festivalda  Hasan hoji Aliyev va Şavkat Bobomurod hammuallifligidagi “Usta Döstyor şoir” nomli dostonining taqdimoti ham taşkil etildi. Taqdimotda bulunğurlik baxşi Usta Döstyor şoir va uning xalqimiz madaniyati va sanʼatida tutgan örni xususida fikr yuritilib,  u kişiga bağişlangan doston haqida özaro fikr almaşildi.

Nurobodlik baxşiçilik maktabi yoşlari uşbu dostonni öqib, yod olib, dömbira jörligida kuyladilar. Dostonni baxşi-şoir Şavkat Bobomurod yoşlarga örgatib, ustozlik qilib kelmoqda.

— Prezidentimiz Şavkat Mirziyoyev taşabbuslari bilan sönggi ön yillikda xalqimizning milliy özligi, qadimiy tarixi, tili, uning hayot tarzi, anʼana va urf-odatlarini özida mujassam etgan baxşiçilik sanʼati, atoqli baxşi-şoirlarimizning hayoti va ijodini örganiş, ular tomonidan qoldirilgan boy madaniy merosni kelajak avlodga  yetkaziş, uşbu noyob sanʼatni  asrab-avaylaş va rivojlantiriş böyiça mamlakatimizda  tizimli işlar amalga  oşirilmoqda. 2022 yilning 15 dekabrida yurtimizning atoqli baxşisi Fozil Yöldoş öğli  tavalludining 150 yilligi munosabati bilan ötkazilgan tadbirda Nurobod tumanidan taklif etilgan baxşi-şoir  Şavkat Bobomurod  bilan tanişdim.  Şavkat baxşi bilan bobomiz Usta Döstyor baxşi haqida suhbatlaşdik va u kişi haqida  doston yaratişga kirişdik, — deydi “Usta Döstyor şoir” dostoni mualliflaridan biri Hasan hoji Aliyev.

Mualliflar “Usta Döstyor şoir” nomli dostonni yozişga kirişişdan avval baxşi bobo haqidagi maʼlumotlarni jamladilar. Bu jarayonda baxşiçilik tarixi haqidagi kitoblar bilan tanişib, Usta Döstyor şoirni taniydigan yoşi uluğ keksalardan sörab-suriştirdilar. Bulunğur tumanidagi, Samarqand viloyatidagi va Toşkent şahridagi arxivlar, şuningdek, ÖzFA Özbek tili, adabiyoti va folklori institutlari hamda kutubxonalardan hujjatlar töpladilar. Şuningdek, asarni yaratişda ÖzFA akademigi, filologiya fanlari doktori, professor, Özbekiston Respublikasi fan arbobi, Özbekiston Yozuvçilar uyuşmasi aʼzosi Töra Mirzayevning 1979 yilda çop etilgan “Xalq baxşilarining epik repertuari”, 1980 yilda eʼlon qilingan “Özbek xalq oğzaki poetik ijodi” kitoblari va yana qator olimlarning tadqiqot işlari juda qöl keldi.

Döstyor Xöjayorov (Usta Döstyor şoir) 1868 yilda  Samarqand viloyati Bulunğur tumanining Loyqa Öray qişloğida tuğilgan. Usta Döstyor şoir ajdodlari kasbi bölmiş duradgorlik bilan şuğullangan. Doira, dutor, rubob, dömbira milliy çolğu asboblarini ham yasaydi.  Qöbiz ohangiga maftun bölib, baxşiçilik yöliga kiradi. Uning yoğoçni sayratadigan çolğu asboblari yasaşini eşitgan baxşi, oqinlar Usta Döstyor bobodan soz yasab berişini iltimos qilib kela boşlaşadi. Ular orasida maşhur baxşi Fozil Yöldoş öğli ham bor edi. Usta Döstyor bobo dösti Fozil Yöldoşga özi möʼjazgina, ammo ovozi baland dömbira yasab beradi. Usta Döstyor bobo “Baxşilarning ustasi — ustalarning baxşisi” degan eʼtirofga erişib, el-yurtda hurmat-eʼtibor qozongan edi.

— Kerakli maʼlumotlar töplab bölingaç, baxşi-şoir Şavkat Bobomurod bilan hamkorlikda bobomiz haqidagi dostonni ijod qildik. Farzandlarim, nevaralarim, çevaralarim, şunday şoir-baxşi bobongiz borligidan faxrlaning, şularga munosib, xalqqa, Vatanga xizmat qiladigan öqimişli, bilimli inson bölib ulğaying, — deydi doston muallifi — Usta Döstyor baxşining avlodi bölgan Hasan hoji Aliyev kitobning kiriş qismida.

Darhaqiqat, ajdodlar saboği — aql qayroğidir. Ularning şonli va şarafli hayot yölini örganib, bebaho hikmatlaridan xulosa çiqarar ekanmiz, baxtli avlod sifatida kamol topişimiz şubhasiz.

Maysara Nazarova. 

By Behzod

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan