deydi 64 yoşli gilamdöz Ortiqoy aya Xodjamqulova
Xalqimizda “Hunar — hunardan rizqing unar” degan dono naql bor. Azaldan elimiz öz farzandlarini kasb-hunarli etib tarbiyalaşga muhim eʼtibor qaratgan. Hunarli xor bölmas deganlaridek, oilalarda takomil bosqiçiga çiqqan maʼlum hunar avlodlardan avlodlarga meros bölib ötgan. Şu tariqa oilalarning farovonligi taʼminlangan. Tariximiz sahifalariga nazar taşlaydigan bölsak, beşikçilar, sandiqçilar, temirçilar va şunga öxşaş maʼlum hunarmandlikka ixtisoslaşgan mahallalarning bejiz qaror topmaganligiga guvoh bölamiz.
Bugun Yangi Özbekistonimizda ana şunday öziga xos anʼanalarni tiklaş va davom ettirişga bölgan eʼtibor zamirida xalq farovonligi, mamlakat taraqqiyotini taʼminlaşdek uluğvor maqsad mujassam, albatta. Bu jarayonda yurtimizda faoliyat yuritib kelayotgan mohir hunarmandlar hamda ularning olamşumul işlari fikrimizga yaqqol misol böla oladi.
Özining qölda töqigan betakror va rango-rang gilamlari bilan nafaqat yurtimiz, balki jahon eʼtiborini öziga qaratib kelayotgan onaxonimiz — Xodjamqulova Ortiqoy Jumadilovnani ana şunday mohir hunarmand nuroniylarimizdan biri, deyiş mumkin.
Onaxon 1962 yil 14 noyabrda Tojikiston Respublikasi Leninobod viloyati Xöjand tumanida tavallud topgan. Millati — özbek. Oilali, uç nafar farzandning onasi.
Ortiqoy ayaning oilasi 1999 yilda Özbekiston Respublikasining Toşkent viloyati Bekobod tumani Paxtakor qişloğiga köçib kelgan. Onaxon 2012 yildan 2018 yilga qadar tuman Hunarmandlar uyuşmasi aʼzosi sifatida faoliyat yuritgan. Mazkur oila 2018 yilda Toşkent viloyati Olmaliq şahriga köçib ötgan bölib, hozirgi kunga qadar “Mahmudxöja Behbudiy” MFYda istiqomat qiladi.
— Onaxonga 2024 yil yanvar oyidan Olmaliq şahar “Nuroniylar maskani”dan joy ajratilib, tögarak taşkil etilgan. Hozirda Ortiqoy opa keksa onaxonlar va ularning nabiralariga gilam töqiş sirlarini örgatib kelmoqdalar, — deydi “Nuroniy” jamğarmasi Olmaliq şahar bölimi raisi Muhitdin ota Abdullayev. — Mohir hunarmand onaxonimiz 2019, 2023 yillarda Farğona viloyatining Qöqon şahrida, 2025 yilda Xorazm viloyatining Xiva şahrida ötkazilgan “Gilam jilosi” hamda 2019 yil Qöqon şahrida ötkazilgan Xalqaro hunarmandlar festivallarida faol iştirok etganlar.
— Uç nafar farzandim bilan şu kunga qadar Özbekiston Respublikasida fuqaroligi bölmagan şaxs sifatida yaşab kelayotgan edik. 2025 yil dekabr oyida Özbekiston Respublikasi fuqarosi pasportini oliş uçun belgilangan tartibda hujjatlar topşirdik, murojaatimiz hozirda ijobiy yeçim topiş arafasida. Bu xabar bizni quvontirdi, — deydi Ortiqoy aya bugungi kunlar uçun şukrona aytar ekan. — Yangi Özbekistonda inson qadrini uluğlaşga alohida eʼtibor qaratilmoqda. Buning samarasi har birimizning orzu-niyatlarimizda, hayotimizda aks etyapti. Hunarmandçilikni rivojlantiriş yölidagi imkoniyatlar va hunarmandlarga körsatilayotgan eʼtibordan şaxsan özim va oilamiz bahramand bölyapmiz. Har bir yurtdoşimiz özi qiziqqan sohalarda yutuqlarga erişyapti. Faqat har bir odam öz ustida işlasa, öqib-örgansa, halol va fidoyi mehnat qilsa bölgani… Yana bir gapni aytmasam bölmaydi, qöşni mamlakatlar bilan yölga qöyilgan oçiqlik, bağrikenglik siyosati sababli Tojikiston Respublikasidagi qarindoş-uruğlarimiz yoniga heç qanday tösiqlaru qiyinçiliklarsiz borib kelmoqdamiz. Köngil xotirjamligi, tinçlik, omonlik bölsa, odam yangidan kuçga tölib, atrofidagilarga yaxşilik qiliş uçun intilaverar ekan.
Ortiqoy ayaning gilamdözlik faoliyati tarixi bilan qiziqdik.
— Bu iş bilan bolalikdan band bölganmiz, — deydi onaxon. — Goh bizning hovlida, goh boşqa qizlarning hovlisida gilamlar töqirdik. Özbek, qirğiz, tojik qizlari juda ahil dugonalar bölib, birga işlardik. Bitta gilamni 27-28 kunda bitirardik. 7 gulli, 8 gulli,
10 gulli gilamlar töqirdik. Tayyorlangan gilamlar bozorlarga olib çiqib sotilardi. Mehnatimizga yaraşa haq olardik. Şu bilan rözğorimizga baraka kirardi.
Ortiqoy ayadan 60 ga yaqin yurtdoşimiz gilamdözlik hunarini örgangan bölib, hozirgi kunda onaxonning tögaragida 10 nafarga yaqin yoş qölda gilam töqiş saboqlarini olmoqdalar. Onaxon, asosan, qirğiz gilami, qurama gilam, baraq, patgilam va yana qator qöl mehnati namunalarini yaratib, xalqimiz xonadonlariga körk ulaşib kelmoqdalar. Kelinlari ham gilam töqişni örganganlar. Dilmurod öğillari esa gilamdözlik uskunalarini yasaşning hadisini olgan. Vaqti kelsa, yoğoçdan, zarur bölganda, temirdan dastgohlar yasab berib, gilamdözlarning mehnatini yengillaştiradi.
Ortiqoy ayaning turmuş örtoği Rahmonali Xodjamqulov 1959 yilda tuğilgan. Otaxon 27 yil davomida çöponlik işi bilan band bölib, el-yurt koriga yaragan. Hozirda pensioner. Katta öğil — Dilmurod Xodjamqulov 1982 yilda tuğilgan. Olmaliq şahridagi “Texnopark” işçisi. Qizi Zarifa Xodjamqulova 1984 yilda tuğilgan. Hozirda tadbirkorlik bilan maşğul. Kiçik öğli Bobomurod Xodjamqulov 1988 yilda tuğilgan. U ham “Texnopark” işçisi. Tört nafar nevara — xonadonning quvonçi. Ular bobosi va buvisining erkatoylari.
Onaxon bilan suhbatlaşgan inson borki, özgaça taassurot oladi. Ha, qalbi ezgulikka töla, nurday xayoli insonlarga yaxşilik sari yöğrilgan, qöllari esa deyarli sanʼat asari yaratiş bilan band bölgan onaxondan ibrat olmaslikning mutlaqo imkoni yöq. Mana şunday buvijonlarimiz bor ekanlar, millatimiz qizlari çevaru çeçan, qöli gul, öz xonadonlarining baxtli malikalari bölib ulğayaveradilar. Baxtimizga ular hamişa omon bölsinlar!
Bahodir Valiyev.