Çoy xuşxör içimliklardan biri, ayniqsa, yoşi kattalar orasida uning şinavandalari köp. “Bir piyola çoy ustida gurunglaşamiz”, “kiring, bir piyola çoyimiz bor” kabi iboralardan biliş mumkinki, çoy allaqaçon  turmuş tarzimizning bir qismiga aylanib ulgurgan. Çoyni köpçilik hamyurtlarimiz sevib isteʼmol qilsa-da, mamlakatimizda bu mahsulotga bölgan ehtiyoj, asosan, import hisobidan qoplanadi.

Xalqaro çoy işlab çiqarişning deyarli yarmi Xitoy hissasiga (3,74 million tonna) töğri keladi. Şuningdek, uşbu sanoatda yirik beşlikka Xitoydan taşqari, Hindiston, Keniya, Turkiya va Şri-Lanka ham kiradi..

Har uç kişining kamida ikkitasi sevib isteʼmol qiladigan bu mahsulot, Xitoy kamelliyasi yoxud  Camellia sinensis ösimligidan tayyorlanadi. Işlab çiqariş, quritiş va fermentlaş jarayonidagi tafovutga köra, uning qora, yaşil kabi turlari farqlanadi.

Çoyning sevimli içimlikka aylanişi şunçaki hodisa emas. Uning inson salomatligi uçun qator foydasi bor. Camellia sinensis ösimligining minglab yillardan beri yetiştirilayotgani va ilgarilari uning bargidan tibbiy maqsadlarda foydalanilgani mazkur fikrni tasdiqlaydi. Keksalarni bilgani bilgan, degan gap ham bejizga aytilmagan, zamonaviy tadqiqotlarga köra, çoy yalliğlanişga qarşi va antioksidant xususiyatga ega ekani, şuningdek, yurak kasalliklari, yuqori qon bosimi, diabet xavfini, stressni kamaytiriş, aqliy faoliyatni yaxşilab, qon quyuqlaşişi xavfini kamaytiriş kabi xususiyatlarga ega ekanini tasdiqlamoqda.

By Behzod

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan